O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta Maxsus Ta’lim vazirligi Mehnat va Ijtimoiy Munosabatlar akademiyasi


Inson huquqlariga oid xalqaro va milliy qonunchilik tahlili



Yüklə 39,12 Kb.
səhifə2/4
tarix11.12.2023
ölçüsü39,12 Kb.
#147620
1   2   3   4
Inson huquqlari va xalqaro huquqning rivojlanishi.

Inson huquqlariga oid xalqaro va milliy qonunchilik tahlili.

Deklaratsiyada quyidagi umum e’tirof etilgan inson huquqlarining to‘liq ro‘yxati keltirib o‘tilgan: Shaxsiy huquq va erkinliklar: yashashga bo‘lgan huquq, erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqi (3-modda); qullikning ta’qiqlanishi (4-modda); qiynoqlarning ta’qiqlanishi, inson qadr-qimmatini kamsituvchi yoki noinsoniy muomalar va jazolashlarning ta’qiqlanishi (5-modda); har bir insonning huquqiy sub’ekt bo‘la olishining tan olinishi (6-modda); asosiy huquqlarini buzilishiga sabab bo‘lgan harakatlarga qarshi sud himoyasiga bo‘lgan huquq (7-modda); huquqlarni sud tomonidan samarali tiklanishiga bo‘lgan huquq (8-modda); o‘zboshimchalik bilan qamoqqa olish, ushlab turish yoki surgun qilishdan himoya qilishga bo‘lgan kafolat (9-modda); mustaqil va betaraf sudga bo‘lgan huquq (10-modda); aybsizlik prezumpsiyasi, qonunning orqaga qaytish kuchining yo‘qligi (11- modda). Insonning uni o‘rab turgan guruhi va tashqi dunyo bilan bo‘lgan munosabatlari doirasidagi huquqlari: shaxsiy hayotga bo‘lgan huquq (12-modda); erkin ko‘chib yurishga va yashash joyini erkin tanlashga bo‘lgan huquq (13- modda); boshpanaga bo‘lgan huquq (14-modda); fuqarolikka bo‘lgan huquq (15-modda); nikoh munosabatlarida erkak va ayolning teng huquqliligi; Oilaning jamiyat va davlat tomonidan himoya qilinishiga bo‘lgan huquq (16- modda); mulkka individual va o‘zaro egalik qilish huquqi (17-modda). Diniy erkinliklar, fuqarolik va siyosiy huquqlar: fikr, vijdon va din erkinligi (18-modda); e’tiqod erkinligi va uni erkin ifodalash. Ma’lumotlarga erkin ega bo‘lish (19- modda); tinch yig‘ilishlar va assotsiatsiyalar tuzish erkinligi (20-modda); o‘z mamlakatini boshqarishda ishtirok etish huquqi; muayyan muddatlarda o‘tkaziladigan saylovlarda ishtirok etish huquqi (21-modda). Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy sohalardagi huquqlar: ijtimoiy ta’minotga va munosib hayot darajasiga bo‘lgan huquq (22-modda); mehnat qilish huquqi; ish tanlash erkinligi; teng mehnat uchun teng haq olish; kasaba uyushmalariga nisbatan erkinlik (23-modda); dam olish va bo‘sh vaqtga bo‘lgan huquq (24-modda); farovonlikka va sog‘liqni saqlashga bo‘lgan huquq (ovqat, kiyim-kechak, uy-joy, tibbiy muolaja, ijtimoiy xizmat ko‘rsatish); onalik va bolalikni ijtimoiy himoyasi huquqi (25-modda); ta’lim olishga bo‘lgan huquq (26-modda); madaniy va ilmiy hayotda ishtirok etish, shuningdek, mualliflarning ma’naviy va moddiy manfaatlarini himoyalashga bo‘lgan huquqi (27-modda). Shuni ta’kidlash joizki, Deklaratsiyaning uchta moddasi BMT prinsiplari va shaxsning jamiyatga nisbatan majburiyatlariga bag‘ishlangan: har bir shaxsning ijtimoiy va xalqaro tartibga bo‘lgan huquqi. Bunda Deklaratsiyada mustahkamlangan huquq va erkinliklar to‘liq amalga oshirilishi mumkin (28-modda); jamiyat oldidagi majburiyatlar; boshqalar huquq va erkinliklarini tan olish. Bu huquq va manfaatlarni BMT maqsadlariga muvofiq amalga oshirish (29-modda); Bundan tashqari Birlashgan Millatlar Tashkiloti doirasida inson huquqlari sohasida ya’na bir qancha fundamental xalqaro shartnomalar va xalqaro-huquqiy hujjatlar qabul qilingan bo‘lib, bular quyidagilardan iborat: - 1976 yilda qabul qilingan Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro Pakt. - Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro Pakt va 1976 yilda qabul qilingan birinchi Fakultativ bayonnoma; 1989 yilda qabul qilingan ikkinchi Fakultativ bayonnoma; - 1948 yilda qabul qilingan Genotsid jinoyatlarining oldini olish va jazolash to‘g‘risidagi konvensiya; - 1965 yilda qabul qilingan Irqiy kamsitishning barcha shakllariga barham berish to‘g‘risidagi xalqaro konvensiya; - 1979 yilda qabul qilingan Ayollarga nisbatan kamsitishlarning barcha shakllariga barham berish to‘g‘risidagi konvensiya; - 1989 yilda qabul qilingan Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiya; - 2006 yilda qabul qilingan nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiya Shuningdek inson huquqlari borasida BMT huzurida Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissar boshqarmasi ham faoliyati yuritib, mazkur tashkilot inson huquqlari bo‘yicha xalqaro sa’y-harakatlarni olib boradi va butun dunyo bo‘ylab inson huquqlarining buzilishi holatlarini fosh qiladi. U fikr almashish, tahlil qilish va zamonaviy inson huquqlari muammolariga javob berish uchun forum bo‘lib xizmat qiladi. Tashkilot inson huquqlari sohasidagi tadqiqotlarni, shuningdek, ushbu tizim bo‘yicha ta’lim, xabardorlik va axborot tadbirlarini BMT tizimida muvofiqlashtirib boradi. Inson huquqlarini ta’minlash va himoya qilishning asosiy majburiyatlari davlatlar hukumatlari zimmasiga yuklanganligi sababli, Oliy komissar ularga inson huquqlari sohasidagi xalqaro me’yorlar va standartlarni amalda qo‘llash maqsadida adolatni boshqarish, qonunni isloh qilish va saylov jarayonlarini tashkil etish kabi yo‘nalishlarda o‘qitishda texnik yordam ko‘rsatmoqda. Shuningdek, Oliy komissar inson huquqlarini himoya qilish bilan shug‘ullanuvchi boshqa organlar va tashkilotlarga o‘z vazifalari va vakolatlarini bajarishda yordam beradi va shaxslarga o‘z huquqlarini amalga oshirishda yordam beradi. [5] O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, qo‘shilgan birinchi xalqarohuquqiy hujjat bu — Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi edi. Bu,

Yüklə 39,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə