O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti


O`zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy prinsiplari



Yüklə 1,1 Mb.
səhifə25/108
tarix19.06.2022
ölçüsü1,1 Mb.
#89753
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   108
КОНСТИТУЦИЯНИ ЎРГАНИШ

8. O`zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy prinsiplari
Mustaqil O`zbekiston Konstitutsiyasining tashqi siyosatga bag`ishlangan moddasida mamlakat tashqi siyosati davlatlarning suveren tengligi tamoyiliga asoslanishi belgilab qo`yilgan Chunki xalqaro huquq-tartibotni faqatgina davlatlarning yuridik jihatdan tengligini to`liq hurmat qilish asosidagina amalga oshirish mumkin. Har bir davlat boshqa ishtirokchilar suverenitetini hurmat qilishga majbur. Buning ma'nosi shundan iboratki, hech bir davlat o`zga davlatlarning hududlaridagi qonunchilik, ijro va sud hokimiyatmning faoliyatiga hamda o`sha davlatning mustaqil tashqi siyosiy faoliyat yuritishiga aralashimasliklari va o`z tashqi siyosatlarini mustaqil ravishda yurita olishlari lozim. Ushbu qoida BMT Nizomining birinchi bo`lim 2-moddasida o`z ifodasini topgan. Unda shunday ta'rif beriladi: "Tashkilot unga a'zo bo`lgan barcha davlatlarning suveren tengligi tamoyiliga asoslanadi." Shunday qoidalar BMT tizimidagi xalqaro tashkilotlar nizomlarida, aksariyat mintaqalararo xalqaro tashkilotlarning nizomlarida ko`p tomonlama va ikki tomonlama davlatlararo hamda xalqaro tashkilotlar tomonidan tuzilgan hamkorlik kelishuvlarida hamda xalqaro tashkilotlarning huquqiy aktlarida ya'ni Xelsinki Kengashining yakunlovchi hujjatlari, Parij va Madrid xartiyalarida o`z ifodasini topgan.
Suveren tenglik tamoyilining asosiy ijtimoiy moxdyati davlat-larni iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va boshqa xarakterdagi farqlaridan qat'iy nazar xalqaro munosabatlarda yuridik jihatdan teng ishtirokini ta'minlashdan iborat. Chunki davl-atlar xalqaro munosabatlarning teng huquqli qatnashchmlaridmr va ular bir xil huquq hamda majburiyatlarga ega.
1970 yilgi Deklaratsiyaga asosan suveren tenglik prinsipi tushunchasi quyidagi asosiy qoidalarni o`z ichiga oladi:
a) davlatlar yuridik jihatdan tengdirlar;
b)har bir davlat to`la suvere-nitetga xos bo`lgan huquqlardan to`liq foydalanadi;
v) har bir davlat boshqa dav-latlarni huquq subyekti sifatmda hurmat qmlishga majbur;
g)har bir davlatning yaxlitligi, xududiy va siyosiy mustaqilligi daxlsizdir;
d) har bir davlat o`zining siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy tizimini erkin tanlash va ularda mavjud munosabatlarni tartibga so-lish huquqiga ega;
ye) har bir davlat o`zimning xalqaro majburiyatlarini to`liq va vijdonan bajarish hamda boshqa davlatlar bilan tinchlik va osoyish-talikda yashashga majburdir.
YEXHQning 1975 yilgi Yakuniy aktidan o`rin olgan tamoyillar Deklaratsiyasiga binoan davlatlarning suveren tengligi prinsipi quyidagilarni anglatadi:

  • – Davlatlar o`z munosabatlarida tarixiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlanishlardagi farqlarni hurmat qilishlari lozim;

  • – Yo`nalishlar va qarashlarning har hilligi, ichki qonunlar hamda ma'muriy qoidalar suverenitetga rioya qilish yo`lida g`ov bo`lmasligi kerak;

  • – Har bir davlat boshqa davlatlar bilan munosabatini o`z xoxishicha va xalqaro huquqqa muvofiq belgilash va amalga oshirish huquqiga ega;

  • – Davlatlar halqaro tashkilotlarga kirish, ikki yoki ko`p tomonlama shartnomalarga a'zo bo`lish hamda betaraflik huquqlariga ega.

Shunday qilib, har bir davlat suveren tenglik tamoyilining asosiy
qoidalari nafaqat davlat suverenitetini taqozo etibgina qolmay,
balki uni hurmat qilishni ham talab etadi. Davlatlar o`zaro munosabatlarda bir birlarining tarixiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlanishiga, ulardagi turli yondashuv va qarashlarni shakllanishiga, ichki qonun va qoidalarini yaratishlariga, xalqaro hukuk ta'sirida boshqa davlatlar bilan bo`ladigan munosabatlarini o`z nuqtai nazari bilan amalga oshirishlariga to`sqinlik qilmasligi lozim.
Davlatlarning yuridik jihatdan tengligi ularning faktik jihatdan xalqaro munosabatlarda tengligini bildirmaydi. Chunki BMT Xavfsizlik Kengashining a'zolari alohida huquqiy holatga ega ekanligi bunga misol bo`la oladi. Muayyan bir davlat, davlatlararo ittifoqlar yoki xalqaro tashkilotlar tomonidan yaratilgan normalar boshqa davlatlarga tazyiq bilan o`tkazilishi mumkin emas.
Xalqaro hukuk subyektlarini har qanday xalqaro xuquqiy munosabatlar tizimiga kiritish, faqatgina uning erkinligiga asosan amalga oshiriladi.
Shunday qilib, suveren davlatlar bor ekan, suveren tenglik tamoyili xalqaro huquq tizimidagi asosiy qoidalardan biri bo`lib qoladi.
Xalqaro huquqning kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan taxdid
qilmaslik tamoyili ham mamlakat konstitutsiyasda o`z ifodasini topgan.
Xalqaro munosabatlarda kuch ishlatishdan yoki kuch bilan tahdid qilishdan voz kechish tamoyili tomonlarni boshqa davlatlarga qarshi bevosita yok bilvosita kuch ishlatishni ifodalovchi har qanday xarakatlardan o`zini tiyib turishini anglatadi. Kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik to`g`risidagi masala ilk bor Ikkinchi jahon urushi yillarida yuzaga keldi va xalqlarning urushdan keyin xalqaro munosobatlarni adolatli asosda qurishga bo`lgan intilishlari va umidlarni aks ettirdi. Bu obyektiv qonuniyat birinchi marta xalqaro huquq prinsipiga aylandi va BMT Nizomida mustahkamlab qo`yildi.
BMT Nizomining IV bo`lim 2-moddasiga asosan xalqaro huquq subyektlari kuch ishlatmaslik va kuch bilan tahdid qilmaslik prinsipi asosida faoliyat ko`rsatishini o`z zimmasiga oladilar. BMT Nizomidagi me'yorga asosan qabul qilingan 1970 yilgi xalqaro huquq prinsiplari to`g`risidagi Deklaratsiya va Xelsinki Kengashining yakunlovchi hujjatlari kuch ishlatmaslik va kuch bilan taxdid solmaslik prinsipini mazmunan boyitadi.
Kuch ishlatmaslik majburiyati barcha davlatlarga taalluqlidir, chunki xalqaro xavfsizlik va tinchlikning saqlanishi, nafaqat BMT ga a'zo bo`lgan davlatlarga, balki barcha a'zo bo`lmagan davlatlarga ham ushbu tamoyilga amal qilishni shart qilib qo`yadi. Biroq BMT Nizomining na 2-moddasida va na boshqa bandlarida davlatlar tomonidan shu tamoyilga asosan qanday faoliyat ko`rsatmasligi yoki ularga qanday xatti-harakating taqiqlanganligi aniq tavsiflab berilmagan.
BMT Nizomiga muvofiq, nafaqat qurolli kuchlarning, balki har qanday kuchning haq-huquqlarga qarshi qo`llanilishi, ya'ni qurol ishlatmasdan qilinadigan zulm-zo`ravonliklar ham taqiqlanadi. "Kuch" atamasiga aloxida urg`u berib, kuch ishlatishning tinchlikka o`ta katta xavf-tahdid solishini e'tirof etmoq lozim. Nizomnmng 2-modda, 4-bandida, avvalombor, qurolli kuch ishlatishning man etilganligi xaqida so`z boradi.
YEXHTning yakunlovchi hujjatida a'zo davlatlarning "boshqa a'zo-davlatni majburlash maqsadida kuch ishlatishning barcha ko`rinishlaridan tiyilishi", har qanday iqtisodiy majburlash ta'siridan o`zini tiyib turishi" kerakligi to`g`ridaq-to`g`ri ko`rsatib qo`yilgan. Bularning barchasi shubhasiz, hozirgi zamon xalqaro huquqi normalari tomonidan har qanday ko`rinishdagi g`ayriqonuniy kuch ishlatishni qat'iyan man etilayotanligidan dalolat beradi. BMT Nizomining 42-47 va 51-moddalarida qurolli kuchning qonuniy ravishda qo`llash holatlari haqida, 41-va 50-moddalarida esa qurolsiz kuchlarning qonun doirasida qo`llanilishi haqida aytib o`tilgan. Bu moddalarda quyidagi usullar sanab o`tiladi: "iqtisodiy munosabatlar, temir yo`l, dengiz, havo, pochta, telegraf, radio va boshqa aloka vositalarini to`la yoki qisman uzib qo`yish, diplomatik aloqalarni to`xtatib qo`yish".
Nizomda qurolli kuchlarni davlatlar tomonidan ikki holatdagina, ya'ni o`zini-o`zi mudofaa qilish (51-modda) va BMT Xavfsizlik Kengashining qaroriga asosan, dunyo xavfsizligiga tahdid, tinchlik, sulh buzilgan yoki agressiya holatlarida (39 va 42-m.m) qonuniy ravishda qo`llash mumkinligi ta'kidlanadi.
Ma'lum davlatning o`zini-o`zi mudofaa qilishi, shu davlatga qurol bilan bostirib kirilganidagina huquqiy asosga ega bo`ladi. Bir davlat boshqasiga qarshi iqtisodiy yoki siyosiy chora ko`rganida, birinchi davlatga qarshi qurolli kuch ishlatish 51-moddaga binoan to`g`ridan-to`g`ri taqiqlangan.
Bunday vaziyatlarda yoki hatto qurol bilan davlat hududiga bostirib kirish holati namoyon bo`lganida, himoyalanuvchi davlat unga nisbatan teng o`lchov tamoyiliga amal qilgan holda javob tadbirini qo`llash mumkin.
BMT Nizomi aniq majburiy choralarning to`la ro`yxatini o`zida ifodalamagan. Xavfsizlik Kengashi Nizomda maxsus sanab o`tilmagan boshqa chora-tadbirlarni ham ko`rishi mumkin.
Kuch ishlatmaslik tamoyili, eng avvalo agressiv urushlarning taqiqlanishini ko`zda tutadi. Chunki ma'lum bir davlat tomonidan qurolli kuch ishlatilishi, avvalo agressiv urush deb tan olinadi va xalqaro jinoyat sifatida davlatlarning xalqaro-huquqiy javobgarlikka tortilishiga, shuningdek bunga aybdor shaxslarnmng xalqaro jinoiy javobgarlikka tortilishiga sabab bo`ladi.
Agressiya harakatlari Nyurnberg va Tokio xalqaro harbiy tribunallarining nizomlarida xalqaro jinoyatlar deb yuridik jihatdan tasniflangan. Urushdan keyingi ymllarda, ushbu tamoyilning mazmuniga davlatlarning agressiv urushlarni tashviq qilmasliklarm majburiyati ham kiritilgan.
Agressiya tushunchasidan tashqari xalqaro huquqda "qurolli hujum" tushunchasi ham e'tirof etilgan. Har ikkala o`xshash holatda ham ularning oqibatlari turlicha talqin qilinadi. BMT Xavfsizlik Kengashining ta'rificha, bevosita qurolli xujum bilan bog`liq bo`lmagan harakatlar agressiya deb nomlangan.
Ushbu tamoyilning mazmunmga, 70-yillardan boshlab davlatlarning kuch bilan taxdid solish yoki boshqa davlat chegaralarini buzish maqsadida kuch ishlatish yoki bo`lmasa hududiy ixtiloflar va davlat chegaralari bilan bog`liq masalalarni hal etish vositasi sifatida kuch ishlatilishidan o`zini tiyishi lozimligi alohida kiritilgan.
Kuch ishlatmaslik tamoyilining mazmuniga ko`ra xalqaro huquq me'yorlarining buzilishi orqali boshqa davlat hududlarini bosib olish, kuch ishlatish bilan bog`liq repressaliya harakatlari man etiladi, shu jumladan uchinchi bir davlatga qarshi agressiyani amal oshirmoqchi bo`lgan ikkinchi davlat ixtiyoriga foydalanish uchun o`z hududlarini berish, boshqa bir davlatdagi fuqarolar urushi yoki terroristik harakatlarda ishtirok etish yoki yordam ko`rsatish, gijgijlash uyushtirish, bir davlat hududiga bostirib kirish uchun qurolli to`dalar, muntazam kuchlar, yollanma jangari guruhlarni tashkil etish yoki bunday harakatlarni rag`batlantirish kabilar taqiqlanadi.

Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə