O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti



Yüklə 1,1 Mb.
səhifə23/108
tarix19.06.2022
ölçüsü1,1 Mb.
#89753
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   108
КОНСТИТУЦИЯНИ ЎРГАНИШ

birinchidan, O`zbekiston suveren davlat sifatida zamonaviy xalqaro huquq prinsiplari va normalari bilan bog`liq, boshqa majburiyatlar davlatimizning roziligisiz zimmamizga yuklatilishi mumkin emas;
ikkinchidan, O`zbekiston hududida davlat hokimiyati chegaralanmaydi va xalqaro huquqning hech qaysi bir subyekti bunga aralashish huquqiga ega emas, o`zining hududidan tashqarida u o`z hokimiyatini faqat boshqa manfaatdor davlat roziligi bo`lgandagina amalga oshirishi mumkin;
uchinchidan, O`zbekiston xalqaro huquqning boshqa subyektlari bilan diplomatik aloqalarni amalga oshirib, ikkitomonlama va ko`ptomonlama xalqaro shartnomalarni tuzib, bevosita davlatlararo munosabatlarda qatnashadi.
Istiqlol yillarida O`zbekiston Respublikasining mustaqil tashqi siyosatining asosiy yo`nalishlari quyidagilarda namoyon bo`ldi:
1. Mustaqillik yillarida O`zbekiston 120 dan ortiq davlat bilan diplomatik aloqalarni o`rnatdi. Toshkentda 35ta davlat elchixonasi ochildi, 19ta davlat elchilari esa O`zbekiston Respublikasida o`rindoshlik asosida faoliyat yurgizadi. Respublikada 88 ta xorijiy vakolatxonalar akreditatsiyadan o`tgan, 24 ta xukumatlararo va 13 ta xukumatlarga tegishli bo`lmagan tashkilotlar faoliyat olib boradi. Bir so`z bilan aytganda, O`zbekiston mustaqil davlat sifatida jahon hamjamiyati tomonidan tan olindi.
2. Konstitutsiya asosida O`zbekiston Respublikasini xalqaro munosabatlarning teng huquqli subyekti sifatida bildiruvchi huquqiy asoslar yaratildi. Tashqi aloqalar sohasida quyidagi muhim qonunlar qabul qilindi:
3. O`zbekistonning tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy aloqalarini ta'minlab beruvchi davlat organlari shakllantirildi. Tashqi ishlar vazirligining funksiyalari va faoliyatining yo`nalishlari tubdan o`zgartirildi. Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi va tashqi iqtisodiy faoliyat banki tashkil etildi, tashqi savdo bilan shug`ullanuvchi firmalarning maxsus tizimi shakllantirildi, horijiy firma, bank va kompaniyalarning 260 dan ortiq vakolatxonalari ochildi.
4. O`zbekiston Respublikasi tashqi siyosati va xalqaro faoliyati O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi normalari va prinsiplariga Respublikaning tashqi siyosatni tartibga soluvchi qonunchiligiga, harbiy sohadagi qonunchilikka, BMTning hamda YEHHT ning prinsiplari va maqsadlariga, O`zbekistonning xalqaro shartnomalaridan kelib chiqadigan majburiyatlariga asoslanadi. O`zbekiston dunyodaga eng nufuzli tashkilotlarga a'zo bo`ldi va muhim xalqaro shartnomalarga qo`shildi.
Diplomatiya tashqi siyosatni amalga oshirishning o`ta muhim vositasi hisoblandi. Aynan tashqi siyosat diplomatiyaning maqsad va vazifalari, ya'ni tashqi siyosatni amalga oshirishda foydalaniladigan shakllar, vositalar va usullar, amaliy tadbirlar majmuasini namoyon etadi hamda belgilab beradi. Diplomatiya bilan bir qatorda davlatning tashqi siyosati vositalari sifatida uning iqtisodiy, madaniy va boshqa muhim aloqalari hisoblanadi.
O`zbekiston tashqi siyosatining asosiy maqsadi davlat suverenitetini himoya qilish, ijtimoiy yo`naltirilgan iqtisodiyotni shakllantirishga yordam beruvchi xalqaro sharoitlarni yaratish, tinchlik, xalqaro va mintaqaviy xavfsizlikni ta'minlash maqsadida o`zaro manfaatli hamkorlikni o`rnatishdir.
O`zbekiston o`zining mustaqil tashqi siyosatini amalga oshirishda quyidagi ustuvor holatlardan kelib chiqadi:

Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə