O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti


Xalq hokimiyatchiligini amalga oshirishning asosiy shakllari: bevosita va vakillik demokratiyasi



Yüklə 1,1 Mb.
səhifə20/108
tarix19.06.2022
ölçüsü1,1 Mb.
#89753
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   108
КОНСТИТУЦИЯНИ ЎРГАНИШ

5 Xalq hokimiyatchiligini amalga oshirishning asosiy shakllari: bevosita va vakillik demokratiyasi
O`zbekiston Konstitutsiyasining 9-moddasiga binoan, «Jamiyat va davlat hayotining eng muhim masalalari xalq muhokamasiga taqdim etiladi, umumiy ovozga (referendumga) qo`yiladi. Referendum o`tkazish tartibi qonun bilan belgilanadi».
Ushbu me'yor O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining xalq hokimiyatchiligi tamoyiliga asoslanganligini yana bir karra yaqqol ko`rsatadi. Xalq hokimiyatchiligi-bu butun hokimiyat amalda va yuridik jihatdan xalqqa tegishli degani. Konstitutsiyaga binoan, xalq hokimiyatni bevosita hamda o`zi saylab qo`yadigan organlari orqali amalga oshiradi. Xalq saylovlar yo`li bilan hokimiyatning vakillik organlarini tuzadi, mamlakat Prezidentini saylaydi, umumxalq muhokamasi va referendumlar orqali jamiyat va davlat hayotining eng muhim masalalarini hal qiladi.
Respublikamizda referendum o`tkazish tartibi 2001 yil 9 noyabrda kuchga kiritilgan yangi tahrirdagi «O`zbekiston Respublikasining referendumi to`g`risida»gi qonuni bilan tartibga solinadi. Unga ko`ra, O`zbekiston Respublikasi referendumi O`zbekiston Respublikasining qonunlarini va boshqa qarorlarini qabul qilish maqsadlarida jamiyat va davlat hayotining eng muhim masalalari yuzasidan fuqarolarning umumxalq ovoz berishidir.
1995 yil 26 martda o`tkazilgan referendumda respublikamiz fuqaro-larining faol ishtirokida bir ovozdan yurtboshimiz Islom Karimovning Prezidentlik vakolatlari 2000 yilgacha uzaytirildi. 2002 yil 27 yanvarda o`tkazilgan referendumda esa ikki palatali parlament va Prezident vakolati muddatini uzaytirish masalasi qo`yilib, refedrendumda ovoz beruvchilar ro`yhatiga kiritilgan 13.266.602 nafar fuqarolarning 12.113.070 nafari ishtirok etdi. Referendumda qatnashish huquqiga ega bo`lgan aholining 92 % dan ortig`i bu masalani yoqlab ovoz berdi.
Bular shuni anglatadiki, Konstitutsiyaning 9-moddasida belgilangan me'yor quruq qog`ozdagina bo`lmay, balki doimo harakatdadir.
O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasining O`zbekistonda xalq hokimiyatchiligi va uning amalga oshirilishi shakllari xususida ham muhim me'yorlar belgilaydi. Jumladan, uning 10-moddasiga muvofiq, «O`zbekiston xalqi nomidan faqat u saylagan Respublika Oliy Majlisi va Prezidenti ish olib borishi mumkin.
Jamiyatning biron-bir qismi, siyosiy partiya, jamoat birlashmasi, ijtimoiy harakat yoki alohida shaxs O`zbekiston xalqi nomidan ish olib borishga haqli emas».
O`zbekiston Oliy Majlisi bevosita xalq tomonidan tashkil etilib, uning vakillik organi hisoblanadi. Unga Qonunchilik palatasi deputatlari xalq tomonidan umumiy, teng, to`g`ridan-to`g`ri, yashirin ovoz berish yo`li bilan saylanadi. Demak, O`zbekiston xalqi o`z ichidan munosib nomzodlar tanlab, ularni Oliy Majlisga vakil sifatida saylaydi. Ularga vakolat berib qo`yadi va xuddi shu tariqa hokimiyatga egalik qiladi. Biroq faqat shugina emas. Xalqning hokimiyatga egalik qilishi boshqa vositalar orqali ham amalga oshiriladi. O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining tashkil etilishi, vazifalari, tuzilishi va faoliyati haqida Konstitutsiyaning XVIII MAVZUi, 78-88-moddalarida batafsil ko`rsatib berilgan. Biroq, shuni ta'kidlash joizki, 2002 yil 27 yanvarda o`tkazilgan referendum qarorlari asosida 4-5 aprel kunlari bo`lib o`tgan ikkinchi chaqiriq O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining sakkizinchi sessiyasida «Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyati tashkil etilishining asosiy prinsiplari to`g`risida»gi Konstitutsiyaviy qonun qabul qilindi. Unda mamlakatimiz parlamenti-Oliy Majlisning ikki palatali qilib shakllantirish prinsiplari va qoidalari belgilandi.

Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə