O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti


Sud xukmi bilan tayinlangan jazoni o`tash tartibidan yoki qonunda ko`rsatilgan boshqa hollardan tashqari majburiy mehnat taqiqlanadi”



Yüklə 1,1 Mb.
səhifə41/108
tarix19.06.2022
ölçüsü1,1 Mb.
#89753
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   108
КОНСТИТУЦИЯНИ ЎРГАНИШ

Sud xukmi bilan tayinlangan jazoni o`tash tartibidan yoki qonunda ko`rsatilgan boshqa hollardan tashqari majburiy mehnat taqiqlanadi” deb mustahkamlangan.
Mehnat huquqi birinchi bo`lib, sobiq Ittifoq Konstitutsiyasida 1936 yil va O`zbekiston SSRning 1937 yildagi Konstitutsiyasida mustaxkamlangan edi. Uning tarkibiga kura har bir shaxsning mehnat kilish va haq olishi kafolatlangan. 1992 yil O`zbekiston Konstitutsiyasida bunga qo`shimcha qilib har kimning erkin kasb tanlashi va majburiy mehnat taqiqlanishi mustahkamlangan.
Respublikamizda qonun bo`yicha to`la erkin iqtisodiy faoliyat har bir inson uchun ta'minlanadi, muhit tanlash, o`z mehnatini sarflash erkinligi, har bir shaxsning mehnat qilish huquqi, erkin ish joyini tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va ishsizlikdan himoyalanish kabi shaxslarning konstitutsiyaviy huquqlari O`zbekiston Respublikasining “Aholini ish bilan ta'minlash to`g`risidagi”gi, “Mehnat muhofazasi to`g`risida”gi qonunlari va O`zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksi bilan tartibga solinadi.10
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 39-oddasiga ko`ra, ya'ni “Har kim qariganda, mehnat layoqatini yo`qotganda, shuningdek boquvchisidan mahrum bo`lganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy ta'minot olish huquqiga ega.
Pensiyalar, nafaqalar, ijtimoiy yordam boshqa turlarining miqdori rasman belgilab qo`yilgan, tirikchilik uchun zarar eng kam miqdordan oz bo`lishi mumkin emas”.
Bular sirasiga pensiya, nafaqa va ijtimoiy nochor fuqarolarni pul va shunga o`xshash shakllardagi moddiy ta'minotlar bilan ta'minlash kiradi. Bozor iqtisodiyotiga o`tishning besh tamoyilidan biri, davlatning olib borayotgan iqtisodiy va ijtimoiy islohatlarini amalga oshirishga kuchli ijtimoiy siyosat olib borishga asoslanadi. Undan tashqari O`zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya ta'minoti to`g`risidagi” qonuni qabul qilinda.
Hozirda respublikamizning bir qator organlari va institutlari fuqarolarning ijtimoiy ta'minoti masalalari bilan shug`ullanshib, ularning konstitutsiyaviy huquqlarini davlat tomonidan ijtimoiy himoya qilish mexanizmi yaratilgan. Ijtimoiy ta'minot huquqi bilan malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqi bir-biri bilan uzviy bog`liqdir.

Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə