O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti



Yüklə 1,1 Mb.
səhifə62/108
tarix19.06.2022
ölçüsü1,1 Mb.
#89753
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   108
КОНСТИТУЦИЯНИ ЎРГАНИШ

Siyosiy prinsip. Ma'muriy hududiy birliklar davlatning siyosiy strategik maqsadlaridan kelib chiqib tuzilishi shart. Har bir ma'muriy-hududiy birlik davlat hokimiyatini vazifa va funksiyalarini amalga oshirishda alohida ahamiyatga ega bo`ladi va yagona siyosiy hokimiyatni o`rnatish hamda saqlab turish uchun kumaklashadi.
Milliy - madaniy prinsip. Ma'muriy-hududiy bo`linishda tegishli hudud aholisining milliy va etnik tarkibi, madaniyati, ijtimoiy xususiyatlari inobatga olinadi. Davlat sarhadlarini ma'muriy-hududiy birliklarga ajratib, chegaralarini belgilashda bir millatga mansub aholini har xil ma'muriy – hududiy birlikda qolib ketmasligi ta'minlanib, ularni o`z madaniyati, urf-odatlari va tilini saqlab qolish uchun sharoit yaratiladi. Bunday tadbirlar O`zbekiston Respublikasida ham milliy qadriyatlarimizning o`ziga xos xususiyatlarini inobatga olish, madaniy, diniy, tarixiy tomonlarga e'tibor berishni ta'minlaydi. Jumladan, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 4-moddasi, 2-bandida quyidagi normalar mustahkamlangan: “O`zbekiston Respublikasi o`z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an'analari hurmat qilinishini ta'minlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi”.
Fuqarolarning huquq va erkinliklarini bir xilda ta'minlash. Ma'muriy –hududiy tuzilishni amalga oshirishda, fuqarolar uchun teng demokratik sharoitlarni ta'minlab berish va ularning ehtiyojlarini qondirish, prinsiplari va omillari ham hisobga olinadi. Mazkur prinsip har bir ma'muriy-hududiy birlikda madaniy - oqartuv, tibbiy, savdo, maishiy xizmat mavjud bo`lishini taqozo etadi.26[26]
Davlat apparatini ommaga yaqinlashtirish. Ushbu prinsipning mazmuni aholi qatlamini davlat boshqaruviga keng jalb etish, davlat bilan fuqarolar o`rtasidagi aloqani mustahkamlashdan iborat bo`lib, davlat boshqaruvini osonlashtiradi.
3. O`zbekiston Respublikasida ma'muriy-hududiy va davlat tuzilishi masalalarini hal etish tartibi
Har bir mustaqil va suverin davlatlar singari O`zbekiston Respublikasi ham o`z ma'muriy-hududiy va davlat tuzilishiga oid masalalarini mustaqil hal etadi. O`zbekiston Respublikasi uch pog`onali ma'muriy-hududiy bo`linishga asoslanadi.
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining
XVI MAVZUida O`zbkiston Respublikasining ma'muriy-hududiy tuzilishini tartibga soluvchi normalar mustahkalangan. Konstitutsiyaning 68-moddasida “O`zbekiston Respublikasi viloyatlar, tumanlar, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar, ovullar, shuningdek Qoraqalpog`iston Respublikasidan iborat” ekanligi ko`rsatilgan.
O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlis tomonidan 1996 yil 30 avgustda qabul qilingan “O`zbekiston Respublikasining ma'muriy-hududiy tuzilishi, toponomik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini o`zgartirish, masalalarini hal qilish tartibi to`g`risida”gi qonuni viloyatlar, tumanlar, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar, ovullarni tuzish, tugatish, ularning chegaralarini o`zgartirish, ma'muriy markazlarni ko`chirish hamda aholi punktlarini shahar, shaharchalari turkumiga o`tkazish, ma'muriy-hududiy birliklar, aholi punktlari va ularning tarkibiy qismlariga, shuningdek korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, fizik-jo`g`rofiy, geologik va boshqa obyektlarga nom berish va ularning nomini o`zgartirish tartibini belgilaydi. Buning konstitutsiyaviy asosi O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 69-moddasida “Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahrining chegaralarini o`zgartirish, shuningdek viloyatlar, shaharlar, tumanlar tashkil qilish va ularni tugatish O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining roziligi bilan amalga oshiriladi” deyilgan.
Viloyat –Ma'muriy-hududiy birlik sifatida O`rta asrlardan ma'lum. Sharqning ayrim mamlakatlari (Afg`oniston, Turkiya va boshqalar), shuningdek O`rta Osiyo xonliklari tarixda viloyatlarga bo`lingan. 1924 yil sho`rolar o`tkazgan milliy davlat chegaralanishi arafasida Turkiston ASSR 6 ta viloyatga: Sirdaryo, Samarqand, Farg`ona, Zakaspiy (Turkmaniston), Yettisuv, Amudaryo viloyatlari, Xorazm xalq Sovet Respublikasi (XXSR) 3 ta viloyatga, Buxoro xalq Sovet Respublikasi (BXSR) esa 15ta viloyatga bo`lingandi. 1925 yil 13 yanvardan uyezd deb yuritila boshlandi. Keyinchalik ruscha oblast nomi bilan qayta tashkil etildi. O`zbek tili davlat tiliga aylanishi bilan tarixiy ma'muriy-hududiy birlik nomi sifatida viloyat so`zi qayta tiklandi.27[27]
O`zbekiston Respublikasi ma'muriy-hududiy tizimidagi eng yuqori bo`g`indir va eng yirik bo`linma sifatida alohida ahamiyat kasb etadi. Ma'muriy- hududiy birliklarning qolgan bo`g`inlari –tuman, shahar, shaharcha, qishloq, ovul, viloyatning tarkibiy qismlari, ichki bo`g`inlari bo`lib, shu tariqa u muhim tashkiliy funksiyani bajaradi. Chunki u orqali O`zbekiston Respublikasi davlat vakillik hokimiyat organi va boshqaruv idoralari bilan aloqa bog`lashning butun tizimi amalga oshiradi. Bunday holat viloyat quyi hokimiyat vakillik va ijroiya organlari faoliyatiga nafaqat rahbarlik qilishni, balki ularni umumdavlat va mahalliy manfaatlardan kelib chiqib birlashtirilishini anglatadi.
Viloyat yirik ma'muriy-hududiy bo`linma sifatida barqaror bo`lmog`i lozim. Uning tuzilishi, mustahkamlanishi, yiriklashuvi yoki bo`linishi iqtisodiy jihatidan asoslantirilishi lozim, bu mazkur ma'muriy-hududiy birlikda xalq xo`jaligining barcha tarmoqlarining kompleks rivojlanishiga olib kelmog`i lozim va bu viloyat barcha tarkibiy bo`g`inlarining mavjud iqtisodiy va madaniy aloqalariga tayanmog`i shart.28[28]
O`zbekiston Respublikasi hududini viloyatlarga bo`linishi tarixiy an'analarimizga sodiq qolgan holda tarixiy ma'muriy- hududiy bo`linish holatini qayta tikladik. Mavjud viloyatlarga bo`linish, mamlakatimiz daxlsizligini saqlashda muhim rol o`ynaydi. So`nggi yillarda viloyatlar soni barqaror saqlanib qolmoqda. Hozirgi kunda O`zbekiston respublikasi tarkibida 12 ta viloyat mavjuddir. O`zbekiston Respublikasining poytaxti, Toshkent shahri respublikaga bo`ysunuvchi shahar bo`lganligi uchun unga viloyat maqomi berilgan.
“O`zbekiston Respublikasining ma'muriy-hududiy tuzilishi, toponomik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini o`zgartirish, masalalarini hal qilish tartibi to`g`risida”gi qonuniga ko`ra viloyatlarni tuzish va tugatish O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifiga muvofiq Oliy Majlis tomonidan amalga oshiriladi.
Viloyatlar chegaralarini o`zgartirish tegishli viloyatlar (shuningdek, Toshkent shahri) hokimlarining iltimosnomasiga asosan O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifiga muvofiq Oliy Majlis tomonidan amalga oshiriladi.
Viloyatlarning ma'muriy markazlarini belgilash va ko`chirish tegishli viloyat hokimlarining iltimosnomasiga asosan O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifiga muvofiq Oliy Majlis tomonidan amalga oshiriladi.
Viloyatlarga nom berish va ularning nomini o`zgartirish tegishli viloyat hokimlarining iltimosnomasiga asosan Oliy Majlis tomonidan amalga oshiriladi.

Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə