|
O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti
|
səhifə | 72/108 | tarix | 19.06.2022 | ölçüsü | 1,1 Mb. | | #89753 |
| КОНСТИТУЦИЯНИ ЎРГАНИШMajoritar saylov tizimi fransuzcha “majorite” (ko`pchilik ) degan so`zdan olingan bo`lib, bunda saylovda ovozlarning ko`pchiligini olgan nomzodlar saylangan hisoblanadi.
Bu tizim qoidalariga binoan, tegishli saylov okrugida belgilangan ko`pchilik ovozni olgan nomzod yoki nomzodlar ro`yxatigina saylovda g`olib chiqqan hisoblanadi. Majoritar saylov tizimi o`z navbatida mutloq, malakali va nisbatan ko`pchilik ovozga asoslangan turlarga bo`linadi.
Mutlaq ko`pchilik saylov tizimi talabi shundan iboratki, nomzod saylangan deb hisoblash uchun u saylovchilarning yarmidan ko`pining qo`llab-quvvatlashishiga, ya'ni 50%+1saylovchilar ovozini olishi lozim. Masalan, saylov okrugida saylanish uchun 3 ta nomzod qo`yilgan deylik (A,B,V). Berilgan 10.000 ovoz quyidagicha taqsimlandi: A- 3000, B- 1990, V -5010. Bunda 5010 ovoz olgan V mutlaq ko`pchilik ovozini olgan hisoblanib, saylovda g`olib chiqadi.
Ushbu tizim amalda bo`lgan mamlakatlarda, odatda saylovlar bo`lib o`tganligini tasdiqlash uchun asos bo`ladigan saylovda saylovchilarning qatnashganligining quyi foizi belgilangan bo`ladi. Agar qonun yoki boshqa normativ xujjatlarda belgilangan miqdordagi ovoz beruvchilarni saylovlarda qatnashmasa, saylovlar bo`lib o`tmagan hisoblanadi yoki natijalari yuridik kuchga ega bo`lmaydi.
Mutlaq ko`pchilik saylov tizimining yana bir o`ziga xos kamchilik tomoni shundaki, u doim ham birgina turda natija beravermaydi. Bunda gap ko`rsatilgan nomzodlardan birortasi ham belgilangan miqdordagi ovoz to`play olmaganlaridagi holatlar haqida bormoqda. Bunday vaziyatlar yuzaga kelgan holatlarda ko`pchilik mamlakatlarda saylovlarni bir necha bosqichlarda o`tkazilishiga sabab bo`ladi. Bu esa saylovchilarni saylovlarda faol qatnashishlarini susaytirishiga, oxir oqibat saylovlarni soxtalashtirish holatlariga olib kelishi mumkin.
Yuqoridagi kamchiliklarga qaramasdan, mutlaq ko`pchilik ovozga asoslangan bu saylov tizimining afzalligi ham mavjud. Bu tizim parlamentdagi ko`pchilik qo`llaydigan barqaror hukumatni tashkil etish imkoniyatini beradi.
Dostları ilə paylaş: |
|
|