O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti



Yüklə 1,1 Mb.
səhifə51/108
tarix19.06.2022
ölçüsü1,1 Mb.
#89753
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   108
КОНСТИТУЦИЯНИ ЎРГАНИШ

1. Xususiy mulk.
2. Ommaviy mulk.
Shu bilan birga xususiy mulk ham bir necha turlarga bo`linadi: a) yakka shaxsga tegishli mulk.b)nodavlat yuridik shaxslar mulki. Ommaviy mulk esa: a) O`zbekiston Respublikasi mulki. b) ma'muriy tuzilmalar mulki.(munitsipal mulk).
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 53-moddasiga muvofiq, xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasidadir. Mulkdor faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibdagina mulkidan mahrum etilishi mumkin. Demak davlat barcha mulk shakllarini himoyalaydi, ularga keng imkoniyatlar yaratib beradi. Agar mulkdor qonundan chetga chiqqan holda faoliyat olib borsa, o`ziga tegishli bo`lgan mulkdan mahrum bo`lishi mumkin. Fuqaro mulki xususiy mulkning o`ziga xos ko`rinishi bo`lib, mulkning boshqa turlariga nisbatan quyidagi afzalliklariga ega:
1. Mulkdor har doim konkret shaxs bo`ladi.
2. Mulkdor mulkka nisbatan eng yaqin bo`ladi.
3. Bunday mulk tashmachilik, o`g`rilik, xo`jasizlikning qurboni bo`lish ehtimolidan uzoq bo`ladi.
O`zbekiston Respublikasi FK ning 209-moddasiga asosan xususiy mulkning subyektlariga quyidagilar kiradi:
-uy-joylar, xonadonlar, dala hovlilar, ekinlar, hayvon va parrandalar, uy-ro`zg`or buyumlari;
- aksiyalar, obligatsiyalar va boshqa qimmatbaho qog`ozlar;
-ishlab chiqarish; xizmat ko`rsatish , savdo va boshqa xo`jalik faoliyati sohasidagi korxonalar, mulkiy komplekslar, binolar, inshooatlar, uskuna, transport va boshqa ishlab chiqarish vositalari;
-ixtirolar, seleksiya yutuqlari, sanoat namunalari va intellektual faoliyatining boshqa natijalari;
- iste'mol qilishga va ishlab chiqarishga mo`ljallangan har qanday boshqa mol-mulk qonunlarga muvofiq xususiy mulk bo`lishi mumkin, ayrim mol-mulk turlari bundan mustasno.
O`zbekiston Respublikasida ommaviy mulkning, xususiy mulk singari bir qancha turlari mavjud. Bularga:
a) O`zbekiston Respublikasi mulki.
b) ma'muriy –hududiy tuzilmalar mulki ( munitsipal mulk)
O`zbekiston Respublikasi mulkiga quyidagilar kiradi: davlatga tegishli bo`lgan mol-mulk, yer, yer osti boyliklari, suv, havo bo`shlig`i, o`simlik va hayvonat dunyosi hamda boshqa tabiiy boyliklar.
O`zbekiston Respublikasi ma'muriy –hududiy tuzilmalar mulkiga esa quyidagilar kiradi: mahalliy budjet mablag`lari, munitsipal uy-joy fondi va komunal xo`jalik korxonalar va boshqa mulkiy komplekslar, xalq ta'limi, madaniyat, sog`liqni saqlash massasalari.
O`zbekiston Respublikasida yuridik shaxslarning mulk turlari quyidagicha turlanadi:
a) mahalla mulki. b) ijara korxonasining mulki.v) xo`jalik shirkati mulki.g) diniy tashkilotlarining mulki.ye) jamoat birlashmalarining mulki.
Chet el fuqarolariga O`zbekiston Respublikasi hududidagi mulklariga egalik qilish huquqi beriladi. Davlat bu mulkning daxlsizligini va boshqa davlatlarga erkin o`tkazilishini kafolatlaydi. O`zbekiston iqtisodiyotiga chet el investitsiyalarini jalb qilish borasida amalga oshirilayotgan keng miqiyosdagi islohatlar shu kafolatlar mavjud ekanligidan kelib chiqib olib borilmoqda7.
3. Jamoat birlashmalari tushunchasi va tizimi
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 56-moddasiga asosan kasaba uyushmalar, olimlarning jamiyatlari, xotin-qizlar, faxriylar va yoshlar tashkilotlari, ijodiy uyushmalar, ommaviy harakatlar va fuqarolarning boshqa uyushmalari jamoat birlashmasi sifatida e'tirof etilgan.
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi jamoat birlashmalariga o`z ustavlarida nazarda tutilgan asosiy maqsad va vazifalarni bajarish imkonini kafolatlaydi. Bu kafolat fuqarolarning ixtiyoriy uyushishga bo`lgan huquqlarini ro`yobga chiqarish uchun huquqiy asos bo`lib xizmat qiladi.
O`zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalarining huquqiy asosi yaratilgan- Konstitutsiyaning XIII MAVZUi hamda fuqarolarning jamiyat va davlatni boshqarishda ishtirok etish (32-modda), kasaba uyushmalariga, siyosiy partiyalarga, jamoat birlashmalariga uyushish, ommaviy harakatlarda qatnashish (34-modda) huquqi kafolatlangan
O`zbekiston Respublikasining 1991 yil 15 fevralda qabul qilingan “O`zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to`g`risida”gi Qonunida jamoat birlashmasi tushunchasi, maqsadi, shakllari, faoliyat doirasi va huquqlari, maqomi va ro`yxatga olinishi kabi normalar o`z ifodasini topgan.
O`z huquqlari, erkinliklarini hamda siyosat, iqtisodiyot, ijtimoiy rivojlanish, fan, madaniyat, ekologiya va hayotning boshqa sohalaridagi qonuniy manfaatlarini birgalikda ro`yobga chiqarish uchun birlashgan fuqarolarning xohish-irodalarini erkin bildirishlari natijasida vujudga kelgan ixtiyoriy tuzilma jamoat birlashmasi hisoblanadi.
Jamoat birlashmalari ustavida belgilangan maqsad va vazifalarni amalga oshirish uchun tashkil etiladi. “Jamoat birlashmalari to`g`risida”gi Qonunning 3-moddasiga ko`ra, “Jamoat birlashmalari fuqarolik, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar hamda erkinliklarni ro`yobga chiqarish va himoya qilish, fuqarolarning faolligi va tashabbuskorligini, davlat va jamiyat ishlarini boshqarishda ularning ishtirok etishini rivojlantirish kasbkor va havaskorlik qiziqishlarini qondirish; ilmiy, texnikaviy va badiiy ijodkorlikni rivojlantirish; aholining sihat-salomatligini saqlash, xayriya faoliyatida qatnashish; madaniy-ma'rifiy, fizkultura-sog`lomlashtirish va sport ishlarini o`tkazish; tabiatni, tarix va madaniyat yodgorliklarni muhofaza qilish; vatanparvarlik va insonparvarlik tarbiyasi; respublikalararo va xalqaro aloqalarni kengaytirish, xalqlar o`rtasida tinchlik va do`stlikni mustahkamlash; qonunda taqiqlanmagan boshqa faoliyatni amalga oshirish maqsadida tuziladi”.
Jamoat birlashmasi deganda uning mohiyatiga e'tibor berish kerak bo`ladi. Jamoat birlashmasi biron-bir shaxsni yoki oilani yoxud ayrim guruhlarning shaxsiy foyda olish istagini ifodalamaydi. Jamoat birlashmalari odatda g`oya, iroda bilan harakatga keladi, ularning yagona maqsadi-jamiyatni takomillashtirish. Ular o`z oldiga nazorat qilish yoki foyda olish vazifasini qo`ymaydi, balki ular jamiyatni mukammallashtirish yo`nalishi va istagida faoliyat yuritadi. Demak, jamoat birlashmalari fuqarolarga o`zlariga o`zlari yordam berishlari, o`z hayotlarini jamiyatni takomillashtirish orqali yaxshilashlari imkonini beradi.
Jamoat birlashmalari o`z a'zolarining ixtiyoriyligi, teng huquqliligi, o`zini-o`zi boshqarish, qonuniylik va oshkoralik tamoyillari asosida tuziladi va faoliyat ko`rsatadi.
Jamoat birlashmalari o`zlarining ustav faoliyatiga hamda tashkiliy-huquqiy maqomiga ko`ra uchta turga bo`linadi:
1. Xalqaro miqyosdagi jamoat birlashmasi
2. Respublika miqyosdagi jamoat birlashmasi
3. Mahalliy miqyosdagi jamoat birlashmasiga

Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə