O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi n. N. Zaripov



Yüklə 5,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/94
tarix08.06.2023
ölçüsü5,59 Mb.
#116037
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   94
Kompyuter grafikasi o\'quv qo\'llanma

Monochrome Display Adapter
(displeyning monoxrom 
adapteri) standarti paydo bo`ldi. MDA platasi ekranga faqat alfavit-raqamli 


19 
informatsiya – harflar va raqamlarni chiqarish qobiliyatiga ega edi. Bunda hech 
qanday grafika va rang yo`q edi. 
MDAni almashtirgan CGA – 
Color Graphics Adapter
(rangli grafika 
adapteri) nafaqat matnli, balki grafikaviy rejimda ham ishladi va berilgan o`n oltita 
rangdan to`rttasi chiqishini ta`minlab turdi. 
EGA – 
Enhanced Graphics Adapter
(yaxshilangan grafika adapteri) 64 rang 
palitrasidan ekranga chiqadigan ranglarni 16 tagacha yetkazdi va ekranga 
chiqariladigan grafika sifatini sezilarli yaxshiladi. 
EGA
standarti paydo bo`lishi 
bilan grafikaviy dasturlardan, jumladan birinchi Microsoft Windows operatsion 
tizimlaridan, keng foydalanish boshlandi. 
VGA – 
Video Graphics Array
videostandarti eng qulay, bugungi kungacha 
foydalanilayotgan 
bo`lib, asta-sekin 
SVGA
(
Super-VGA

standartiga 
o`tdi.
VGA
ning birinchi platalari 262144 rang palitrasidan 256 rangni ekranga 
chiqardi. Keyinchalik 
VGA
bilan birga mos keladigan juda ko`p platalar paydo 
bo`ldi, ularda mumkin bo`lgan rang tuslari 16,8 milliongacha etdi (
True 
Color
rejimi). 
Videoadapterlarni ishlab chiquvchilarning umumiy intilishi – monitor ekranida 
asliga maksimal yaqinlashgan mumkin qadar sifatliroq tasvirni olishdir. Bunda 
quyidagi: aks ettirilayotgan ranglar sonini ko`paytirish; aniq va har xil tasvirlash 
qobiliyatini orttirish; tasvirni ekranga chiqarish tezligini tezlashtirish vazifalari doim 
bo`ladi. [5] 
Zamonaviy videoadapterlar bundan ham yuqori razryadga egalar, masalan bir 
nuqtaga 32 bit, lekin bunda ko`rinadigan ranglar soni ortmaydi. Qo`shimcha 
razryadlarda saqlanadigan informatsiya maxsus dasturlar tomonidan grafikani aks 
ettirish operatsiyalarini tezlashtirish uchun yoki poligrafiya mahsulotini 
tayyorlashda kompyuterdan foydalanilganda rangni uzatishni yaxshilash uchun 
foydalaniladi.
Zamonaviy videokarta – o`z xotirasida ekran obrazini saqlaydigan va monitor 
uchun signalni shakllantiradigan oddiy qurilma emas. Hozirgi paytda bu o`zining 
mikroprotsessorlariga ega bo`lgan miniatyuradagi kompyuter bo`lib, o`zi hisoblarni 


20 
bajarish va ekranda nima va qanday qurilayotganini boshqarish qobiliyatiga ega. 
Videokartalarning hisoblarni va tasvirlarni qurish qobiliyatini apparatli 
videotezlanish deb ataladi (agar videokartada bunday qobiliyat bo`lmasa, yuk asosiy 
protsessorga tushadi va bu holda dasturaviy videotezlanish haqida gapirishadi). 
Zamonaviy kompyuter o`yinlari uchun videoadapterda tezlanish funktsiyalarining 
bo`lishi zarur. 
Grafik informatsiyani kiritish qurilmalari. Grafikaviy informatsiyani raqamli 
shaklga o`zgartirish jarayoni quyidagi ikki bosqichda amalga oshiriladi: 

O`qish; 

Kodlash. 
O`qish
– grafikaviy elementni (nuqta, chiziq, elementar fragment) va qabul qilingan 
koordinatalar 
tizimida 
uning 
koordinatalarini 
aniqlash. 

Yüklə 5,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə