42
Yo’l bo’ylama kesimini loyihalashda atrof muhit muxofazasi talablari ichida
mavjud landshaftni saqlab qolish masalasi muhim o’rin tutadi.
CREDO-CAD kichik tizimida bo’ylama kesimni loyihalashning 2
ta usuli
foydalaniladi:
1) optimallashtirish rejimida avtomatlashgan loyihalash;
2) tayanch nuqtalarini splayn-interpolyatsiyasi. Bular yordamida hosil qilinadigan
loyiha chizig’i to’g’ri chiziqli va egri chiziqli elementlar yig’indisidan tashkil topadi.
Bunda ikkita egri chiziqli elementlar birlashish nuqtasida ular umumiy urinuvchiga
ega bo’ladi, birlashish nuqtasidagi to’g’ri ularga urinma hisoblanadi. Elementlardan
biron birini yoritish uchun tenglama quyidagi ko’rinish olishi mumkin:
Z = A + x(B + x(C + Dx/3)/2)
Bu
erda Z-element nuqtasi belgisi, uning boshidan x masofaga
uzoqlashtirilgan;
A-element boshida loyiha chizig’i belgisi, Z=A x=0 bo’lganda;
V-element boshidagi urinma qiyaligi, z=B x=0 bo’lganda;
C-element boshida loyiha chizig’i egrilik koeffitsenti;
D-element chegarasida loyiha chizig’i egriligining o’zgarish tezligi.
Optimallashtirish tarzida yo’l bo’ylama kesimini avtomatlashgan loyihalashda
dinamik dasturlash usuli qo’llanilgan.
21-rasm. «Проектирование продолного профиля» menyusi