O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakul‘teti



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə16/46
tarix29.11.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#140241
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   46
O`zbekiston respublikasi oliy-fayllar.org

Foydalanilgan adabiyotlar: 
1. Karimov I.A. Istiqlol va ma`naviyat .T.: O`zbekiston. 1994 y.
2. Karimov I.A. O`zbekiston XXI asrga intilmoqda. -T.: Ma`naviyat. 1998 y.
3. Karimov I.A. Ma`naviy yuksalish yo`lida. -T.: Ma`naviyat, 1998 y.



17


4. Karimov I.A. YUksak ma`naviyat – engilmas kuch. -T.: Ma`naviyat, 2008 y.
5. Abdullaev M. Abdullaev A. Ma`naviyat va madaniyat tarixi. Farg’ona. 1998 
y.
6. Imomnazarov M. Milliy ma`naviyatimizning takomil bosqichlari. T. 1996 y. 

7. Ashirov A. Atadjanov SH. etnologiya. T. 2007 y.


8. Ashirov A. O`zbek xalqining qadimiy e`tiqod va marosimlari. T. 2007 y. 
9. Abdullaev M. Madaniyatshunoslik. Farg’ona. 1998 y.
10. Murodov. M. Qorabaev U. Rustamova R . etnomadaniyat.. T.: Adolat. 2003 y. 
11. SHoniyozov K. O`zbek xalqining shakllanish jarayoni. T.: SHarq. 2001y.


3-MAVZU: O`ZBEK MAROSIM FOLKLORI
REJA:

1. O`zbek folklori tarixini davrlashtirish.


2. Qadimgi davr folklori. 
3. Qadimgi mif va afsonalar.
4. Turkiy xalqlarning qadimgi ishonchlari. 
5. Qadimgi davr folklorining ahamiyati.
Folklor taraqqiyotining bunday bo`linishi, albatta, shartlidir, chunki folklor asarlari o`z 

xususiyatidan kelib chiqib barcha davrlar uchun umumiylik kasb etadi. SHuningdek, ma`lum


folklor asarining yaratilgan davri aniq bo`lmaydi. Ammo davrlashtirilganda ko`proq 
umumiylik nazarda tutiladi, ya`ni ayrim yozma manbalar, tarixiy voqealar hisobga olinadi.
Qadimgi davr folklori deganda qadim zamonlardan to X asrga qadar yaratilgan va ijro 
etilgan folklor asarlarini nazarda tutamiz. Tabiiyki, bu davrda yaratilgan folklor asarlarini
qaysi manba orqali o`rganamiz yoki boshqalardan qanday ajratamiz degan savol tug`iladi. 
Qadimgi davr folklori haqidagi ma`lumotlarni bizga qadar etib kelgan ayrim yozma
manbalardan, arxeologik topilmalardan o`rganamiz.
Qadim zamonlarda bugungi kunda qozoq, qirg`iz, turkman, tatar, boshqird,
ozarbayjon, o`zbek, turk va h.k. deb atalayotgan turkiy xalqlar bir qavm hisoblanganlar. 
SHuning uchun XVII asrgacha «turkiy» deb nomlangan atama ilmiy adabiyotlarda ko`p
uchraydi. «Avesto», «O`g`uznoma», «Kitobi Dadam Qurqut» kabi asarlar qadimgi turkiy 
xalqlar og`zaki ijodining yodgorliklaridir. To`g`ri, «Avesto»da forsiy xalqlar hayoti ham o`z
ifodasini topgan. Ammo bu kitobda qadimga ajdodlarimiz ijodi ham aks etgan. «Avesto»ning 
muallifi esa Xorazmlik yurtdoshimiz Zardusht bo`lganligi diqqatga sazovordir. «Avesto»
yubileyining YUNESKO miqyosida nishonlanishi munosabati bilan bu haqdagi 
bilimlarimizga yanada aniqlik kiritildi va uning o`zbekchaga o`girilishi katta yutuq bo`ladi.
XI asrdan boshlab «Qutadg`u bilig», «Hibat - ul haqoyiq», «Devonu lug`atit-turk» 
kabi yozma yodgorliklar ham vujudga kela boshladi. Bu asarlarga o`sha davr folklori ta`siri
juda kuchli bo`lganligi yaqqol bilinib turadi. Ayniqsa, Mahmud Koshg`ariyning «Devonu 
lug`atit-turk» asari, qadimgi davr turkiy xalqlar folklorini o`rganishda katta ahamiyatga ega.
Yuqorida ta`kidlab o`tilgan manbalar asosida qadimgi davr folklorida quyidagi janrlar 
mavjudligi aniqlanadi: mif, afsona, rivoyat, qo`shiq, maqol va marosim qo`shiqlari.
Mif - ibtidoiy jamoa a`zolari tomonidan olam va odamning paydo bo`lishi haqida 
to`qilgan eng qadimgi hikoyalar hisoblanadi. Islom dinidan avval ajdodlarimiz tasavvurida
ezgulik va yovuzlik ruhlari, shuningdek, quyosh, hosil, urush va boshqa narsalarning ma`bud 
hamda ma`budalari bo`lgan. Natijada miflarda insonning inson sifatida shakllanish jarayoni
o`z ifodasini topadi. SHarq ilmiy adabiyotlarida miflar arabcha asotir, forscha afsona, turkiy 
tilda sav atamalari bilan ham yuritiladi. Ammo jahon folklorshunosligida «mif» atamasini
qo`llash an`ana bo`lganligi uchun ham biz qadimgi hikoyalarni ana shu nom bilan ataymiz. 



18


Miflar qadimgi ajdodlarimizning quyidagi qarashlari natijasida paydo bo`lgan:
1. Totem. 
2. Fetish.
3. Anim. 
1. Totem - ajdodlarimiz qadim zamonlardan topinib kelgan hayvonlar, qushlar,
o`simliklar.
Totemizm - ibtidoiy jamiyatda paydo bo`lgan dinning alohida shakli bo`lib, odamning
ko`pincha bir hayvon yoki o`simlik bilan aloqasi borligi haqidagi ishonch - e`tiqodini 
anglatadi. Turkiy xalqlar, jumladan, o`zbek urug`larining ota-bobolari burgut, ilon, ot, tuya,
ayiq, bo`ri, yo`lbars, arhar, qaldirg`och, g`oz, chinor, tut kabi jonli va jonsiz predmetlarga 
e`tiqod qo`yganlar. Ular bo`rini balo-ofatlardan saqlovchi, himoya qiluvchi va ezgulik
yaratuvchi jonzod deb bilganlar. 
Qadimgi manbalarda keltirilgan turk afsonalarida bo`ri turk urug`ining ajdodi sifatida
namoyon bo`ladi. Afsonada tasvirlanishicha, qadimgi turklar ona bo`ridan va dushman 
tomonidan qirilgan urug` ichida tirik qolgan 10 yoshli o`g`il boladan tarqalgan. Hatto Ashina
ismli turk urug`larining birida bo`ri kallasi tasvirlangan bayroq ham bo`lgan. 
Bo`ri bilan bog`liq bo`lgan e`tiqodning asosida yangi tug`ilgan bolani salomat saqlash,
yaxshi hayot kechirish, chorvani ehtiyotlash, ekinlarni yovuz kuchlar ta`siridan saqlash kabi 
ishonchlardan iborat bo`lgan. Bo`ri totemiga aloqador «Bo`ri qiz», «CHo`loq bo`ri» kabi
ba`zi ertaklar hozirgi kunga qadar xalq orasida aytib kelinadi. 
Ot totemi ham qadimgi kishilarning turmushi - tirikchiligi bilan bevosita bog`liq
bo`lib, otlarni xonakilashtirish, ulardan ish hayvoni sifatida foydalanish davomida yuzaga 
kelgan. Arxeologik qazishmalarda topilgan yarim ot, yarim odam ko`rinishidagi maxluqlar
rasmi, hozirgacha ekin maydonlarining chetida otning kalla suyagini qo`riqchi sifatida 
qo`yilishi va boshqalar ibtidoiy kishilar ongida saqlanib qolgan ot totemi haqidagi e`tiqodning
timsolidir. O`zbek xalq dostonlarida G`irot, Boychibor, Jiyronqush, Majnunko`k, Ko`kdo`nan 
kabi epik ot timsollarining g`oyat katta o`rin tutishi ham shundan.
2. Fetish - qadimgi ajdodlarimiz topingan jonsiz narsa - predmetlardan iborat bo`lib, 
quyosh, oy, tog`, suv, non, tandir, supra, o`t (olov), yoy, qilich, raqam, rang-tus, so`z, kitob
kabilar turkiy xalqlarda fetish hisoblangan. Binobarin, xalq doston va ertaklarida bu narsalarni 
uchrashi bejiz emas.
Xalqimiz qadimdan o`t, suv, tuproqni muqaddas deb bilgan: o`t va suvga axlat
umuman, iflos narsalarni tashlamaslik, erni urmaslik, tepmaslik, maboda bu narsalarni qilsa
yomon bo`lishi haqidagi o`gitlar fikrimizning dalilidir. insonning tabiatdagi g`ayri tabiiy 
voqea-hodisalarga ishonch bildirish xususiyati bilan bog`liq e`tiqoddir. Masalan, qadimgi
paytlarda safarga chiqqan yo`lovchi oq tuyali karvonga duch kelsa, o`z safarining 
muvaffaqiyatli tugashiga ishongan bo`lsa, tushida egarlangan oq ot minib sayr qilib yurganini
ko`rgan kishi hayot tashvishlaridan ozod bo`lishiga ishongan.
«Oq bilakxon» ertagida yigitning toshga aylanib qolishi, «Ochil, ochil, qamishlar»da
qizning qamish orasiga kirib ketishi, «YOriltosh»da toshning yorilishi va qizning bag`riga 
olib yana yopilishi, «YAlmog`iz kampir» ertagida odamlarning toshga aylanib yotishi,
«Qilich botir»da qahramonning joni qilichida ekanligi kabilar bevosita animistik 
tushunchalardir.
«YOriltosh», «Ochil, ochil qamishlar», «Sim-sim, och eshigingni» kabi iltijoli 
yolvorishlar o`sha narsada jon bor degan tushunchaning obrazli ifodasidir. Bunday
tushunchalar va qarashlar qadimgi dunyodaning boshqa xalqlarida ham mavjud bo`lgan. 
Masalan, hindlarda va SHarqning boshqa xalqlarida hozir ham sigir, ilon, ot kabi
hayvonlarga, olov, tog`, o`rmon va suvga sig`inish mavjud.



19


Mifologiyada totem, fetish, anem tushunchalar ko`pincha bir-birini to`ldirgan holda
uyg`un ifodalanadi.
Qadimgi kishilar dunyoni ikki qismga: yaxshilik va yomonlik kuchlariga ajratib
tasavvur qilganlar.
«Avesto»da ikki yaratuvchi kuch - yaxshilik va yomonlik Axuramazda (Xurmuzd) va
Ahriman (Angra Manyu) qiyofasida namoyon bo`ladi. Mazkur kitob g`oyasiga ko`ra, tabiat 
va jamiyatdagi hodisalar ikki yaratuvchining o`zaro kurashidan kelib chiqqan.
Axuramazda yaxshilik, yorug`lik, obodonchilik va ezgulik kuchlarining ma`budidir. 
Unga qarashli narsalar inson turmushini yaxshilashga xizmat qiladi. U o`z yordamchilari
orqali olov, chorva, metall, er - suv va o`simliklar dunyosini boshqaradi.
Ahriman (Angra Manyu) barcha yozuvlik va yomonlikning rahnamosidir. U
Axuramazdaga qarshi kurashadi va o`ziga qarashli devlar yordamida odamlarga azob-uqubat 
mashaqqat, kulfat keltiradi. Ahriman zo`r kuch va qudratga ega bo`lsa-da, biroq Axuramazda
kabi har narsaga qodir va qobil emas, shu sababli yomonlik kuchlari yaxshilik oldida doim 
mag`lubiyatga uchraydi.
«Avesto»da yorug`lik manbai quyosh deb ko`rsatiladi. Quyosh nuri insonga hayot 
bag`ishlaydi. Olov quyoshning bir parchasi bo`lganligi uchun ham inson olovni muqaddas
hisoblaydi.
Mitra - quyosh va yorug`lik ma`budi, Noxit (Noxid) obodonchilik va farovonlik
ma`budi, Humo - baxt, to`le va davlat ma`budi, Anaxita va Xubbi (Er Xubbi) - suv ma`budi, 
Mirrix-urush va g`alaba ma`budi, ezgulik esa Qayumars (Gavomard), Yima (Jamshid),
Gershasp kabi mirfologik obrazlarda mujassmalashgan.
«Avesto»da Anaxita zabardast, xushqomat, kamarini mahkam bog`lagan, to`g`ri so`z,
marhamatli go`zal qiz sifatida tasvirlangan. U - kishilarga kuch-qudrat baxsh etuvchi, suvning 
mo`l bo`lishini ta`minlovchi ma`buda. Anaxita haqidagi ma`lumotlarni ko`zdan kechirish
shuni ko`rsatadiki, u suv va hosildorlik homiysi bo`lib, o`zbeklar orasida Anbar otin shaklida 
saqlanib qolgan. Farg`ona vodiysidagi xushmanzara joylardan biri SHohimardondagi Qubbon
ko`li (ko`li Qubbon)bo`lib, u aslida «Xubbilar ko`li» degan ma`noni anglatadi. Xubbi yoki 
erxubbi qadimgi adodlarimizning tushunchalariga ko`ra suv va suv havzalari bilan bog`liq
narsalarning homiysi bo`lgan. 
Xalqimiz orasida mavjud bo`lgan Kayumars (Gayya Martan, Gavomard), Yima
(Jamshid) haqidagi afsonalr ham «Avesto» orqali bizga qadar etib kelgan. 
Turkiy xalqlar folklorida afsona va rivoyatlar juda ko`p. Olimlarning ta`kidlashicha,
real hayotda ro`y berishi mumkin bo`lmagan voqealar haqidagi hikoyalar afsonalar deb 
yuritiladi, lekin hamisha ham bu mezonga amal qilingan emas. Hayotda ro`y berishi mumkin
bo`lgan hayratli voqealar rivoyat nomi bilan yuritilgan. Ma`lum bo`ladiki, afsona va 
rivoyatlar o`rtasida aniq chegarani belgilash mushkuldir.
Qadimgi yunon faylasufi Aristotelning ta`biri bilan aytganda, «Afsonalar haqiqatdan 
xabar beruvchi yolg`on hikoyalardir».
Xalqimiz orasida bugungi kunda ham fazoviy jismlar, hudud nomlari, rasm - 
rusumlar, tarixiy voqea - hodisalar bilan bog`liq afsona, rivoyatlar yashab kelmoqda. Hatto
ular orasida hajviy ruhdagilari ham uchraydi.
Tariximizda avloddan-avlodga meros bo`lib kelayotgan To`maris, SHiroq, Rustam,
Zariadr va Odatida, Guldursun, Dalvarzin, Qonqus, Kuyganyor, CHuli-chuli kabi afsona va 
rivoyatlar madaniy merosimizning tarkibiy qismi hisoblanadi.
Vatanimiz mustaqillikka erishganidan so`ng xalqimiz tarixi bilan bog`liq 
qadriyatlarining qayta tiklanishi yo`lida bir qator ezgu ishlar amalga oshirildi.




20


Navro`z bayramining ommaviy nishonlanishi, O`zbekiston televideniyasida xalqimiz
qadimdan afsona va rivoyatlar to`qib kelayotgan Burgut, Ot, Tuya, Ilon, Qaldirg`och, G`oz, 
Laylak kabi jonivorlar hamda parrandalar haqida uyushtirilgan bir qator ko`rsatuvlar, vaqtli
matbuotda e`lon qilingan maqolalar fikrimizning dalilidir. Mif va afsonalar mohiyatini his 
qilish ularda ifodalangan voqea - hodisalarning asosini belgilash imkonini yaratadi.
Qadimgi adabiy merosimiz juda katta tarbiyaviy ahamiyatga ega, chunki har bir mif va 
afsona xalqimiz orzu-armonlarini ifodalash bilan birga biror bir tarbiyaviy g`oyani ham ilgari
suradi.
Masalan, «SHiroq», «To`maris», «Rustami Doston» afsonlarida vatanparvarlik, chet
ellik bosqinchilarga nisbatan nafrat ruhi bo`rtib turadi. «Avesto»dagi miflarda esa ezgulikning 
jaholat, zulm va zo`rlik ustidan g`alabasi muqarrar ekanligi ta`kidlanadi.



Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə