O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakul‘teti



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə17/46
tarix29.11.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#140241
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   46
O`zbekiston respublikasi oliy-fayllar.org

Foydalanilgan adabiyotlar: 
1. Karimov I. Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch. –T., 2008. 
2. Karimov I. A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q. "Muloqot" 11. 5-son. 1998y.
3. Karimov.I. A. O`zbekiston XXI asr bo`sag’asida: xavfsizlikka taxdid.barqarorlik shartlari 
va taraqqiyot kafolatlari. T.1997.
4. Aminjonova I E. Qadimiy yodgorliklar qissasi. T. 1968. 
5. Ashirov A. Atadjanov SH. Etnologiya. T. 2007 y.
6. Ashirov A. O`zbek xalqining qadimiy e`tiqod va marosimlari. T. 2007 y. 
7. Abdullaev M. Madaniyatshunoslik. Farg’ona. 1998 y.


4-Mavzu: O’zbek xalq og’zaki ijodida latifa, lof va askiyaning tutgan o’rni.
REJA: 
1. Latifa haqida ma`lumot.
2. O`zbek latifalarining mavzulari. 
3. Loflarning badiiy xususiyatlari.
4. Latifa va loflarning tarbiyaviy ahamiyati. 
5. Askiyaning maydonga kelishi.
6. Askiya turlari. 
7. Mashhur askiyachilar.

Latifa - og`zaki janrning ma`lum va mashhur janrlaridan biri. U hajman kichik, 


mazmunni lo`nda ifodalovchi bir yoki ikki epizoddan tashkil topgan bo`lib, asosida o`tkir
hajv yoxud engil yumor yotadi. Tanqid yoki yumor esa so`z o`yini yoki turli xildagi 
qochirimlar vositasida yuzaga keladi.
Latifa atamasi arabcha «lutf» so`zidan olingan bo`lib, muloyimlik, yaxshi muomala, 
yaxshilik qilmoq, marhamat ko`rsatmoq, sharaflamoq ma`nolarini anglatadi. Ammo latifa
janrining mohiyatida o`rtaga tashlangan biron fikrning tinglovchi o`ylamagan, o`ziga xos 
echimini topish ma`nosi kuchliroqdir. SHu o`rinda «Sizni lutfan taklif qilamiz» iborasi
noo`rin ekanligini ta`kidlash lozim. Aksincha lutfan tashrif buyurishingizni so`raymiz bo`lishi 
kerak. Latifa janrning yuzaga kelgan davri qadim zamonlarga borib taqaladi. Uning alohida
janr sifatida shakllanib, gullagan davri taxminan IX-XI asrlarga to`g`ri keladi deb 
ta`kidlashadi folklorshunos olimlar.
Latifalar satira va yumorga asoslanadi. Bu uning o`ziga xos belgilaridan biri. 
Darhaqiqat, voqea va hodisalar echimida satira va yumor hal qiluvchi rol’ o`ynaydi -
qahramonning g`alabasini, ayni paytda qarshi tomondagi kulgili holatning mag`lubiyatini 
ta`minlaydi.
Latifalar asosan kichik maishiy mavzularga bag`ishlangan bo`ladi. Ular ko`pincha 
maishiy hayotdagi kamchiliklarni bo`rttirib ko`rsatish maqsadida yaratiladi. Ularda nutqiy




21


dialog ko`rinishi etakchilik qiladi. SHarq xalqlari og`zaki ijodidagi latifalarning o`z
qahramonlari mavjuddir. O`zbeklarda Nasriddin Afandi yoki Xo`ja Nasriddin, qozoqlarda 
Aldarko`sa, tojiklarda Nasriddin Afandi va Jo`xi, turkmanlarda, Mirali ismlari mashhur.
SHuni ta`kidlash lozimki, SHarq xalqlari yaratgan latifalar mohiyati jihatidan bir-biriga 
o`xshaydi. Bir latifaning o`zi o`zbeklarda Nasriddin, hindlarda Birbol, qozoqlarda Aldarko`sa
nomi bilan yuritiladi. Bunday vaziyatning vujudga kelishi sharq xalqlarining tarixan bir-biriga 
yaqin yashaganliklari izohlanadi. O`zbek xalq og`zaki ijodida Nasriddin obrazining vujudga
kelishi asosan XIX asrning ikkinchi yarmida matbaaning rivojlanishi bilan bog`liqdir. Qrimda 
nashr etilgan «Tarjumon» gazetasida kichik-kichik latifalarning asosiy qahramoni Xo`ja
Nasriddin Afandi edi. Turkistonda litografiyaning paydo bo`lishi natijasida xalq kitoblarini 
nashr etish ham ommaviy tus oladi. Bundan yuz yil muqaddam o`zbek latifalari «Nasriddin
Afandi latifalari» nomi ostida kitob holida nashr etiladi. SHundan so`ng bu nom qadimgi 
latifalardagi qahramonlar ismi -Mashrab, Kal, Aldarko`salarni siqib chiqardi.
O`zbek latifalaridagi Nasriddin obrazini ikki tomonlama talqin qilish mumkin: 
birinchidan, Nasriddin Afandi har qanday og`ir hayotiy vaziyatlarda aqli, tadbirkorligi, tez
fikrlashi natijasida echim topa oladigan dono faylasufdir. U shoh saroyidagi kamchiliklarni 
tanqid qila oladi, boylarni, amaldorlarni, yomon xulqli odamlarni keskin kulgi ostiga oladi,
o`zining xaq ekanligini isbotlaydi. 
Ikkinchidan, Nasriddin Afandi - o`ta sodda, hayot tajribasiga ega bo`lmagan, landavur
inson. Bu Nasriddin o`zining go`lligi bilan tinglovchini lol qoldiradi. Echimini topish talab 
qilingan vaziyatlarda noo`rin harakat qiladi. O`zining mazkur harakatini beo`xshov
mulohazalari bilan asoslaydi. Agar talabchan podsho oldida mantiqiy fikr yuritish bilan uni 
mot qilgan Afandi birinchi talqinga mos kelsa, ko`cha bolalarini aldamoqchi bo`lib, keyin
ularning ketidan o`zi ham chopib, o`zining gapiga o`zi aldangan Afandi ikkinchi talqinni esga 
soladi.
Latifalar turmushdagi hamma sohalar haqida yaratilishi mumkin. Latifalarning 
mazmuniga qarab qadimgi latifalar va zamonaviy latifalarga ajratamiz. SHuni ham ta`kidlash
joizki, hozirga qadar nashr etilgan «Afandi latifalari», «Latifalar» kitoblariga kiritilgan 
aksariyat namunalarda zamonasozlik ko`zga tashlanadi, ya`ni Afandi boylarga, qozilarga,
domla-imomlarga, podsho-vazirlarga qarshi qo`yiladi. 
Latifalar ba`zan anekdod tarzida ham qo`llanadi, bu atama ko`proq so`zlashuv nutqida,
asosan, Evropa hayotiga oid latifalarga nisbatan ishlatiladi.
Latifalar ayni kunlarimizda eng ko`p yaratiladigan folklor janri xisoblanadi. CHunki
zamonning kamchiliklarini oshkora aytish, yozish mumkin bo`lmagan bir paytda latifa tarzida 
tanqid qilish mumkin. Keyingi kuzatishlar shuni ko`rsatmoqdaki, eng mushkil davrlarda,
hatto, repressiya, qatli om davrida ham latifalar to`qish va aytish davom etgan: 
37-yilda qamalgan bir kishidan so`rashdi:
- Senga necha yil berishdi? 
- Yigirma yil.
- Nima qiluvding? 
- Hech narsa.
- Bekor aytibsan, hech narsa qilmaganlarga 15 yil berishadi. 
Lof - o`zbek xalq nasrining mustaqil janrlaridan biri bo`lib, o`zining tuzilishi, hajv va 

yumorga asoslanishi bilan latifa va askiya janrlariga yaqin turadi. SHuning uchun ham u yoki


bu lofbozning so`zga chechanligi, zukkoligi va hozirjavoblik fazilati mazkur janrning tashkil 
topishida hal qiluvchi rol’ o`ynaydi. Loflar syujeti dialog asosiga qurilgan bo`lib, hajv va
engil yumorga moyilligi, voqea va hodisalar o`ta mubolag`ali tasvirlanishi bilan ajralib turadi. 
Lof janri, asosan, qiziqchi va askiyabozlar orasida shakllangan va ijro etilgan. Binobarin, 

har bir lofda notabiiy voqealar, salbiy belgilar kulgu ostiga olinadi. Lof aytish mubolag`ali






22


epizodga mantiqiy javob qaytarish, so`zga chechanlik musobaqasi shaklida o`tadi. Masalan:
Paxsakash lofchi narvonchi lofchiga: 
- Bir joyda shunday paxsa urayapmanki, balandligi ettinchi qavat osmon bilan barobar
keladi, - deb maqtanibdi. 
- Men ham shunday bir narvon yasayapmanki, u o`n to`rtinchi qavat osmonga etadi, -
debdi narvonchi lofchi. 
- Qo`ying-e, - debdi paxsakash lofchi.
- Rost, rost, bo`lmasa siz urayotgan paxsa uyning devoriga narvonlarsiz chiqib 
bo`ladimi, - debdi narvonchi lofchi.
Bu lofda lofboz raqiblar o`zaro bir-birlarini noshudlikda aylab, kamsitish orqali engil 
yumor hosil qiladi. Lof kompozitsiyasi nihoyatda sodda bo`lib, bahslashuvchi tomonlarning
so`zamollik bobida tortishuvi bevosita asarni yuzaga keltiradi. Syujet ixcham, savol-javob 
tarzida kechgan, ikki qismning mantiqiy birikuvidan tashkil topadi va hech qanday kirishsiz
boshlanadi. Syujet echimi latifalarda bo`lganidek favqulodda yuz beradi. 
Syujetning birinchi qismida voqea yoki hodisa boshlovchi lofchi tomonidan
bo`rttirilgan holda bayon qilinadi. Ikkinchi qismida esa zukko lofchi o`z javobida aytmoqchi 
bo`lgan voqea va hodisalarni yanada oshirib-toshiradi. Demak, savol tarzida aytilgan lofga
javob so`zga chechanlik, hozirjavoblikni talab etadi. Lof syujetining ikkinchi qismi birinchi 
qism voqealari bilan birikkan holda o`ziga xos yaxlit kompozitsiya yaratadi. Ko`rinadiki,
syujet voqealari savol-javob shaklida kechadi va asarda ilgari surilgan g`oya zukko lofchi 
javobida oydinlashadi.
Loflarning mavzu doirasi ham rang-barang bo`lib, ijtimoiy hayotning barcha 
tomonlarini qamrab oladi. Bu o`rinda ijobiy fazilat ulug`lansa, ikkinchi o`rinda salbiy belgilar
fosh etiladi. 
Voqealikni mubolag`alash asosida bayon etish lof janriga xos badiiy -tasviriy usul
hisoblanadi. CHunki mubolag`a u yoki bu narsa yoki hodisani oshirib, bo`rttirib 
tasvirlashning o`ziga xos usulidir.
Loflar tuzilishi yumorga asoslanishi, voqea va hodisalarning favqulodda echilishiga 
ko`ra latifalarga o`xshab ketadi. Bu o`xshashlik har ikki janrning o`zaro ta`siri natijasida
yuzaga kelgan. Lofning belgilari, xususan, mubolag`alash usuli ertak va dostonlarda ham 
uchrab turadi.
Xulosa qilib aytganimizda, o`zbek latifalari va loflari o`zining uzoq yillik tarixi 
davomida xalqimiz ma`naviyatining o`sishiga barakali ta`sir qilib keladi. Hayotda uchrab
turadigan ayrim nuqson va kamchiliklarni, yomon odatlarni tuzatishda, yosh avlodni 
umumbashariy qadriyatlar, insoniylik ruhida tarbiyalashda latifa va loflarning, shubhasiz,
o`rni beqiyosdir. 



Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə