O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakul‘teti



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə15/46
tarix29.11.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#140241
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   46
O`zbekiston respublikasi oliy-fayllar.org

Foydalanilgan adabiyotlar: 
Karimov I.A. Istiqlol va ma`naviyat .T.: O`zbekiston. 1994 y.
Karimov I.A. O`zbekiston XXI asrga intilmoqda. -T.: Ma`naviyat. 1998 y.
Karimov I.A. Ma`naviy yuksalish yo`lida. -T.: Ma`naviyat, 1998 y.
Karimov I.A. YUksak ma`naviyat – engilmas kuch. -T.: Ma`naviyat, 2008 y.
Abdullaev M. Abdullaev A. Ma`naviyat va madaniyat tarixi. Farg’ona. 1998 y. 
Imomnazarov M. Milliy ma`naviyatimizning takomil bosqichlari. T. 1996 y.
Ashirov A. Atadjanov SH. etnologiya. T. 2007 y. 
Ashirov A. O`zbek xalqining qadimiy e`tiqod va marosimlari. T. 2007 y.




15


Abdullaev M. Madaniyatshunoslik. Farg’ona. 1998 y.

3-Mavzu: O`RTA OSIYO ETNOMADANIYATINING O`RGANISHDA YOZMA 

MANBALARNING TUTGAN O`RNI. 

R E J A: 
1. Tarixiy manbalarning umumiy tavsifi. 
2. O`rta Osiyo xalqlarining eng qadimgi tarixiga oid manbalar.
Tarixiy manbalarning umumiy tavsifi. Tarixiy manba-deganda biz o`tmishdan qolgan 

xamda jamiyat xayotining ayrim bosqichi yoki tomonlarini o`zida mujassamlashtirgan moddiy


va ma`naviy yodgorliklarni tushunamiz. Tarixiy manbalar qatoriga qadimgi odamlarning 
manzilgoxlari, qadimgi shaharlar, qal`alar va ularning xarobalari, sug’orish inshoatlari qoldiqlari,
ajdodlarimizning mehnat qurollari, uy-ro`zg’or buyumlari, zeb-ziynatlar, tangalar, qoyatosh 
sur`atlari, petrogliflar, yozma xujjatlar va boshqalar kiradi.
Tarixiy manbalar insonlarning ijtimoiy faoliyati davomida yaratiladi va o`tish 
xodisalarini o`zida akс ettiradi. Tarixiy manbalarning mavjudligi tarix fani rivojlanishining
asosiy shartidir. Tarixiy manbalarsiz tarixni o`rganish mumkin emas.
Xozirgi zamon tarix fanida tarixiy manbalarni shartli ravishda quyidagi 7 asosiy guruhga
bo`linadi. 
1. ASHYOVIY MANBALAR. Ashyoviy manbalarga qadimgi odamlarning manzilgohlari,
binolar, turli inshoatlar, mehnat qurollari va turli buyumlar kiradi. Ashyoviy manbalarni qidirib 
topish va o`rganish bilan asosan arxeologiya fani shug’ullanadi.
2. ЭTNOGRAFIK MANBALAR. Xalqlarning kelib chiqishi, turmush tarzi, ma`naviy 
xayotini, sodir bo`lgan va bo`layotgan etnik jarayonlarni o`zida aks ettirgan materiallar
etnografik manbalar guruhiga kiradi. Bu manbalarni ko`makchi tarix fanlari - etnologiya fani 
o`rganadi. Etnografik manbalar ayrim xollarda uzoq o`tmishini qayta tiklashda g’oyat muhim rol'
o`ynaydi. Masalan, XIX asrda amerikalik etnograf olim L. Morgan SHimoliy Amerikada 
yashagan xindularning irokezlar qaiblasi xayotini o`rganib, o`zining "Qadimgi jamiyat" nomli
asarini yozdi. Uning bu asarini insoniyat tarixining ilk davri - ibtidoiy jamiyat tarixini tadqiq 
etishda yaqindan yordam berdi. Xozirgi kunda turli o`zbek urug’lariga mansub bo`lgan axoli
guruhlarining jamlovi. Ularning etnik xususiyatlarini o`rganish tariximizning etnik saxifalarini 
yoritishda muhim ahamiyat kasb etadi.
3. FOL`KLOR MANBALAR. Xalq uzoq asrlar davomida o`zi ortirgan tarixiy bilimlarni 
og’zaki ijod orqali avloddan-avlodga etkazib keldi. Turli rivoyatlar, asotirlar, xalq dostonlari va
maqollarda tarixning u yoki bu tomonlari o`z aksini topdi. Taniqli rus tarixchisi B. D. Grekov 
yozganidek, rivoyat va asotirlar - "Bu xalqning o`zi so`zlab bergan tarixidir". O`rta Osiyo eng
qadimgi xalqlarining ogzaki ijodiyoti namunalari bizgacha "Avesto" kitobi orqali, shuningdek 
antik tarixchilar xamda Tabariy, Narshaxiy, Beruniy va boshqalar asarlari orqali etib keldi. O`rta
Osiyodа istiqomat qilgan qadimgi qabila va elatlarning rivoyatu asotirlarlari ularning turmush 
tarzi va ma`naviy dunyosi xaqida ma`lumot beradi. Qadimgi ajdodlarimizning ajnabiy
bosqinchilarga qarshi olib borgan kurashlari to`grisida hikoya qiladi. Bu rivoyat va ertaklarda 
malika To`maris, cho`pon SHiroq, baxodirlar Rustam va Siyovushlar obrazini yaratdi. Ularning
Vatan ozodligi yo`lidagi fidokorona kurashlarini tarannum etdi. Xalq afsonalari Abulqosim 
Firdavsiyning mashhur "SHoxnoma" asarining syujetini tashkil etdi.
O`rta asrlarda o`zbek xalqi ijod qilgan epik dostonlar, ertaklar va qo`shiqlar, maqol va 
topishmoqlar xalq tarixini, uning ruhiyati va ma`naviyati tadqiq etishda muhim ahamiyatga
egadir. Lekin shuni ham ta`kidlab o`tish lozimki, fol'klor manbalari aniq tarixiy manba sifatida 
qabul qilinishi mumkin emas. Buning asosiy sababi shuki, rivoyatlarda ko`p xronologik
chalkashliklar mavjud xamda tarixiy shaxslarning faoliyat ko`rsatgan davri o`zgarib turadi. 
Fol'klor shunday janrki, unda so`zlovchi voqealar syujetini o`zi hohlagan tarzda o`zgartirishi
mumkin. Shuning uchun fol'klor materiallaridan faqat qo`shimcha tarixiy manba sifatida 
foydlanish maqsadga muvofiqdir.




16


4. LINGVISTIK MANBA. O`zbek tili va boshqa tillarning leksik tarkibida mavjud
bo`lgan va xozir xam mavjud atamalar va toponimlar (joy nomlari)ni tadqiq etish jarayonida 
qimmatli tarixiy materiallar qo`lga kiritilishi mumkin. Atamalar va topilmalarning kelib chiqishi
va mazmunini aniqash bilan lingvistika (tilshunoslik) fani shug’ullanadi. Bunday ma`lumotlar 
lingvistik manbalar deb ataladi. Masalan, "Buxoro" toponimi sanskrit tilidagi "vixara" so`zining
o`zgargan varianti bo`lib, "ibodatgoh" degan ma`noni bildirilishi aniqlangan. Qadimda Buxoro 
shahrida buddaviylarning ibodatxonasi mavjud bo`lganligi sababli keyinchalik bu so`z mazkur
shaharga nisbatan ishlatila boshlagan. Shunga o`xshаb "vag’nze", "dax'yu", "suyurg’ol", "tanxo" 
singari yuzlab atamalarning kelib chiqishini o`rganish qiziqarli tarixiy ma`lumotlar beradi.
5. FOTOKINOXUJJATLAR. Fotograf hamda kino san`ati paydo bo`lgandan so`ng tarixiy 
manbalarning yangi bir guruhi vujudga keldi. Bunday manbalar fotoxujjatlar deb ataladi.
Toshkentdagi O`zbekiston Respublikasi Markaziy kinofotofonoxujjatlar Davlat arxivida XIX 
asrning oxiridan xozirgi kunga qadar bo`lgan muddatda o`lkamizda sodir bo`lgan voqealarni aks
ettiruvchi boy fotoxujjatlar kollektsiyasi saqlanadi. Kinoxujjatlar esa asosan Oktyabr' 
to`ntarishidan keyingi davrni aks ettiradi. Fotokinoxujjatlarning muhim tomoni shundan iboratki,
ular tariximizning turli laxzalarini jonli tarzda gavdalantiradi. Xujjatlarning bu guruhini 
o`rganish va ulardan foydalanish bizning tarixiy tasavvurimizni yana kengaytiradi va
chuqurlashtiradi. 
6. FONOXUJJATLAR. Fonoxujjatlar deganda biz grammafon plastinkalari hamda magnit
tasmalarga yozib olingan nutqlar, suxbatlar, adabiyot va san`at asarlarini tushunamiz. 
O`zbekiston Markaziy kinofotofonoxujjatlar Davlat arxivida qator shunday xujjatlar
saqlanmoqda. SSSR va O`zbekiston SSR davlat va jamoat arboblari, fan adabiyot va san`at 
namoyondalari, ishlab chiqarish ijodkorlarining nutq va interv'yulari, eski bol'sheviklar,
grajdanlar urushi va ikkinchi jahon urushi faxriylarining esdaliklari alohida o`rin tutadi. Lekin bu 
xujjatlarning ko`pchiligi o`sha davrda hukmron bo`lgan komunistik mafkura ruxi bilan
yo`g’irilganligini ta`kidlab o`tish zarur. Arxivda shoir va yozuvchilarning o`z asarlaridan o`qigan 
parchalari matni, san`at ustalarining kontsertlari ham yozib olingan. Fonoxujjatlar xam tarixning
jonli manzaralarini yaratishga, adabiyot va san`at tarixini teran o`rganishda muhim o`rin tutadi. 
7. YOZMA MANBALAR. Yozma manbalar tarixiy manbalarning muhim va asosiy qismi
hisoblanadi. O`rta Osiyoda miloddan avvalgi 1 mingyillikda dastlab oromiy yozuvlari, so`ngra 
asoslangan so`g’d, xorazm va baqtriya yozuvlari tarq’aldi. Keyinchalik bu mintaqada yunon,
kushon, turk va arab yozuvlari yoyildi. Qadimgi Fors, So`g’d, Xorazm, Qadimgi turk, fors-tojik, 
eski o`zbek, rus va boshqa tillarda bitilgan yozma manbalar ko`p asrlik tariximizni o`rganishda
ulkan rol' o`ynaydi. Yozmа manbalar q’oyalarga, taxta va matolarga, pergament qog’ozlarga 
yozilgan bitiklardan iborat. Yozma manbalar davrlar bo`yicha nixoyatda notekis bo`lingandir.
Eng qadimgi davrlar bo`yicha yozma manbalar nixoyatda oz bo`lib, keyingi asrlarga oid 
manbalar esa tobora ko`payib boradi. Yozma manbalarning katta qismi son-sanoq’siz jangu
jadallar va tabiiy ofatlar natijasida nobud bo`ldi. 
Bizgacha etib kelgan tarixiy manbalarning asosiy qismi milodiy X-XX asrlarga mansubdir.
XIX asrning oxiri - XX asrning boshlaridan yozma manbalarning miqdori keskin oshib bordi. 
Xozirgi kunga kelib yozma xujjatlar shu darajada ko`payib ketdiki, ularni unifikatsiya qilish,
axborotni kodlashtirish, xujjatlarni saralash va saqlash yo`llarini takomillashtirish extiyoji 
tug’ildi.
Tarixiy manbalarni 7 ta guruhga bo`lish shartli xarakterga egadir. Masalan, etnografik, 
fol'klor va lingvistik manbalar yozma shaklda yoki fotoxujjat shaklida bo`lishi mumkin. Bundan
tashqari, yuqoridа ko`rsatib o`tilgan tarixiy manbalar guruhi o`z navbatida yana kichikroq 
guruhlarga bo`linishi mumkin.



Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə