O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakul‘teti



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə23/46
tarix29.11.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#140241
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   46
O`zbekiston respublikasi oliy-fayllar.org

Foydalanilgan adabiyotlar: 
1. Karimov I.A. Istiqlol va ma`naviyat .T.: O`zbekiston. 1994 y.
2. Karimov I.A. O`zbekiston XXI asrga intilmoqda. -T.: Ma`naviyat. 1998 y. 
3. Karimov I.A. Ma`naviy yuksalish yo`lida. -T.: Ma`naviyat, 1998 y.
4. Abdullaev M. Abdullaev A. Ma`naviyat va madaniyat tarixi. Farg’ona. 1998 y. 
5. Imomnazarov M. Milliy ma`naviyatimizning takomil bosqichlari. T. 1996 y.
6. Ashirov A. Atadjanov SH. etnologiya. T. 2007 y. 
7. Ashirov A. O`zbek xalqining qadimiy e`tiqod va marosimlari. T. 2007 y.
8. Abdullaev M. Madaniyatshunoslik. Farg’ona. 1998 y. 
9. Murodov. M. Qorabaev U. Rustamova R . Etnomadaniyat.. T.: Adolat. 2003
10. Etnomadaniyat fanidan ma`ruzalar matni. 1-qism. Farg’ona. 2001 y. 


9-Mavzu: MA’RIFAT DARG’ALARI. 

REJA: 
1. XX asr boshlarida Turkistondagi ijtimoiy va madaniy hayot. 
2. Jadidchilik harakatini yuzaga kelishi.
3. Turkistondagi jadidchilik namoyondalari.
Rossiya hukumati tomonidan zabt etilgan Turkiston mustamlakachilik zulmining yorqin 



40


namunasiga aylandi. Mahalliy xalq turmush sharoitining yomonlashib borishi, milliy-diniy
qadriyatlarning oyoq osti qilinishi, chet el sarmoyasining o'lkaga shiddat bilan kirib kelishi, o'lka 
boyliklarining bosqinchilar tomonidan shafqatsizlarcha talanishi ilg'or fikrli ziyolilarni befarq
qoldirmadi. Shu bois milliy vatanparvar ziyolilar tomonidan mustamlaka asoratidan qutilish va 
taraqqiyot uchun kurashning turli yo'llari izlandi. Ushbu harakatlar natijasida vodiyda ham XIX
asr oxirlariga kelib jadidchilik harakati kelib chiqdi. Turkistondagi bu harakat XIX asr 
oxirlaridan 1938 yillargacha ma'rifatparvarlik harakatidan keng ko'lamli ijtimoiy-siyosiy harakat
darajasiga ko'tarildi. Ushbu vaqt oralig'ida butun Turkistonda bo'lgani kabi, vodiydagi ziyolilar 
qatlami orasida ham turli guruhlarga ajralish jarayonlari tezlashdi. Fikr va qarashlarning turlicha
bo'lishiga qaramay, o'lka ziyolilarini yagona Turkiston mustaqilligi g'oyasi birlashtirib turar edi.
Podsho hukumati aholi faolligining oshib borayotganligidan cho'chib, Turkiston xalqlarini
jahon taraqqiyotidan uzib qo'yish maqsadida musulmon davlatlaridan o'lkaga kirib kelayotgan 
ilg'or nashrlarni ta'qiqlash choralarini ko'rdi. Shunday bo'lishiga qaramay, birmuncha
taraqqiyotga erishgan musulmon mamlakatlaridagi inqilobiy voqealar tafsilotlariga bag'ishlangan 
adabiyotlarning bu yerga kirib kelishi to'xtamadi. Bunday adabiyotlarning o'lkaga kirib kelishi
aholi turli tabaqalarining ijtimoiy-siyosiy faolligini oshishi va milliy ozodlik g'oyalarining 
shakllanishiga o'zining sezilarli ta'sirini ko'rsatdi.
Masalan, 1911-1912 yillarda Turk publisisti Rafiqbek Al-A'zam tomonidan yozilgan risola 
o'zbek tiliga o'girilib, jadidlar tomonidan omma orasida tarqatilgan edi. Unda musulmon dinining
g'arbda paydo bo'lgan sosializm, anarxizm va boshqa ta'limotlarga, umuman, ijtimoiy hayotga 
munosabati haqida fikr yuritilgan edi.
O'lkada milliy matbuot yuzaga kelgunga qadar Bog'chasaroyda chiquvchi «Tarjumon», 
Qozondan chiqadigan «Vaqt», «Yulduz» va boshqa gazeta va jurnallar Turkiston jadidlari
faoliyatida o'zining sezilarli ta'siriga ega edi. Ushbu nashrlar orqali taraqqiyparvarlar dunyo 
xalqlarining milliy uyg'onish g'oyalari bilan tanishib borganlar. Masalan, Farg'onaning
peshqadam taraqqiyparvarlaridan Ishoqxon Ibrat ham 1883-1885 yillarda Qo'qonning Tunqator 
madrasasida ta'lim olib yurgan paytlarida «Tarjumon» gazetasi bilan muntazam ravishda tanishib
borgan. Adabiyotchi olim U. Dolimovning bergan ma'lumotlariga ko'ra, Ibrat tomonidan tashkil 
etilgan «Ishoqiya» kutubxonasida «Tarjumon» gazetasining hatto 1884 yilgi boylamlari ham
bo'lgan_.
Xulosa qilib aytganda, o'lkadagi ijtimoiy adolatsizlik, yerlilarni jaholat botqog'ida,
qashshoqlikda qoldirishni o'z oldiga maqsad qilib qo'ygan chorizmning mustamlakachilik 
siyosati mahalliy xalq ilg'or fikrli ziyolilarining tabiiy ravishda noroziligini keltirib chiqarar edi.
Turkistonda jadidchilik harakati o'zining chuqur mahalliy ildizlariga ega. Turkiston 
xalqlarining ijtimoiy-siyosiy hayotda jahon xalqlaridan ortda qolayotganligini XIX asrning
ikkinchi yarmida yashab o'tgan ilg'or fikrli ziyolilar o'z vaqtida anglab yetgan edilar. Ular bu 
qoloqlik iskanjasidan qutilishning yagona yo'li deb ilm-ma'rifatni tanladilar. Ushbu davrda ijod
etgan shoir Zokirjon Furqat ilm-fanning taraqqiyot uchun nechog'lik ahamiyatli ekanligini 
anglagan holda quyidagi baytni bitgan edi:
Kerak har ilmdan bo'lmoq xabardor, 
Bo'lur har qaysi o'z vaqtida darkor.
Shuningdek, ilg'or ma'rifatparvar Sattorxon Abdug'afforov ham o'zining bu sohadagi 
fikrlarini «Turkiston viloyatining gaziti» da quyidagicha ifodalagan edi: «...Bizlar, tavorix
kitoblaridin ko'ramizkim, har bir xalq o'zlariga yaqin hamsoyalarining har nav' ilmlarini har vaqt 
o'rganib va ham o'zlariga yaqin mamlakat xalqiga o'rgatib kelganlar...bizlarga uyat va
aybdurkim, bizlarning burung'i olimlarimiz ilm bobida baland darajada turub, hatto boshqalarg'a 
ta'lim berib turgon bo'lsalar, bizlar hama xalqdin ul bobda pastlik maqomida qolsoq»_.
Ilm taraqqiyotning negizi ekanligini anglab yetgan ilg'or ziyolilar avvalo qoloqlikdan 
qutilishning asosiy sharti deb, ma'rifatni tanladilar. Shu maqsad yo'lida XIX asrning so'nggi
choragida dastlabki yangi usul maktablari ochildi. 
Farg'ona o'quv yurtlari inspektorining Turkiston o'quv yurtlari Bosh inspektoriga 1909 yil
6 dekabrda yo'llagan yangi usul maktabi haqidagi ma'lumotnomasida ko'rsatilishicha, vodiydagi 
dastlabki yangi usul maktabi Qo'qon uyezdida Ahmadjon qori tomonidan 1892 yilda ochilgan_.




41


Turkistondagi jadidchilik harakatining atoqli namoyandalaridan Ishoqxon Ibrat ham
Qo'qonda madrasani tamomlagach, 1886 yilda To'raqo'r g'onda maktab ochadi lekin u tez orada 
yopiladi_. Shundan so'ng Ibrat 1887 yildan 1895 yilgacha Osiyo va Yevropaning ko'plab
mamlakatlarida bo'ladi. o'ndan ortiq chet tillarini o'rganadi, g'arb ilm-fani va texnikasi yutuqlari 
bilan tanishadi_. Safardan qaytgach esa o'z yurti taraqqiyoti uchun izchil amaliyotga kirishib,
jadidchilik harakatining faollaridan biriga aylanadi. 
Jadidlarning harakati tufayli XX asr boshlariga kelib vodiyda o'nlab yangi usul maktablari
faoliyat ko'rsatmoqda edi. Ayniqsa, Rus-Yapon urushidagi mag'lubiyatdan so'ng boshlangan 
ijtimoiy siyosiy harakatlardagi jonlanish turkistonlik jadidlar faolligining oshuviga katta turtki
bo'ldi va jadidchilik harakati ushbu jarayonlar ta'sirida siyosiy tus ola boshladi.
Taraqqiyparvarlar omma orasida ma'rifatni keng yoyish, millatning siyosiy ongini
yuksaltirish borasida ommaviy nashrlar, bosmaxonalar ochdilar, teatr tomoshalarini tashkil 
etdilar. Bu borada Munavvar qori Abdurashidxon o'g'li, Mahmudxo'ja Behbudiy, Abdulla
Avloniy, Sadriddin Ayniy, Fayzulla Xo'jayev, Toshpo'latbek Norbo'tabekov, Abdurauf Fitrat va 
boshqalarning xizmatlari beqiyos bo'ldi_.
Turkiston o'lkasidagi dastlabki taraqqiyparvar jamiyatlar, tadqiq etilgan manbalar bergan 
ma'lumotlarga ko'ra, 1905-1907 yilgi birinchi rus inqilobidan so'ng, Eron va Turkiyadagi
ijtimoiy-siyosiy harakatlar ta'sirida vujudga kelgan. Osiyo mamlakatlaridagi inqilobiy harakatlar, 
musulmon dunyosidagi, xususan, Turkistondagi ijtimoiy-siyosiy va diniy fikrlarning
taraqqiyotida muhim bosqich bo'lib xizmat qildi.
1904-1905 yillardagi Rus-yapon urushida Rossiyaning mag'lubiyati imperiyadagi barcha
ezilgan xalqlar oldida mustabid podsho tuzumi obro'sini keskin tushishiga olib keldi. Bu esa 
siyosiy fikrlar rivojiga turtki berib, milliy ozodlikka erishish orzularini ushalishiga ishonch uy
g'otdi. Sharqdagi inqiloblar va o'lkaga u yerlardan kirib kelgan turli xil g'oyaviy oqimlar bu 
yerlardagi muxolif kuchlarning birlashishi, milliy-siyosiy tashkilotlar holiga kelishi va
rivojlanishi uchun muhim omil bo'lib xizmat qildi. 
Umumiy diniy va milliy maqsadlar yo'lidagi mushtaraklik Rossiyaning ilg'or musulmon
ziyolilarini yagona g'oya tevaragida jipslashishga chorladi. Va nihoyat, 1905 yilning 15 
avgustida Nijniy Novgorodda Rossiya musulmonlarining I s'yezdi chaqirildi. S'yezdga
Rossiyaning turli mintaqalaridan 150 ga yaqin delegatlar tashrif buyurdilar. Birinchi musulmon 
s'yezdi Butunrossiya musulmonlari ittifoqi («Ittifoqi muslimin»)ni tuzilganligini e'lon qildi.
Ittifoq Nizomi esa, «Kaspiy» va «Hayot» gazetalarining muharriri bo'lgan Alimardonbek 
To'pchiboshev tomonidan ishlab chiqilgan bo'lib, 1906 yil yanvar oyida Sankt-Peterburg
shahrida bo'lib o'tgan musulmonlarning II s'yezdida tasdiqlandi. 
«Ittifoq» dasturi esa, 1906 yil 16-21 avgust kunlari Nijniy Novgorodda bo'lib o'tgan
Butunrossiya musulmonlarining III s'yezdida qabul qilindi. «Ittifoqi muslimin»ning tuzilishi 
Rossiya musulmonlari ijtimoiy-siyosiy harakatlari rivojida katta ahamiyatga ega bo'ldi.
Birinchi jahon urushi yillarida o'lka ziyolilari ijtimoiy-siyosiy hayotga faol aralasha 
boshladilar. Xuddi shu davrda Turkistonda ham milliy nashrlar va jamiyatlar soni ortib borib,
jadidlar tomonidan qoloqlikdan qutulish va milliy taraqqiyot sari dadil qadamlar tashlana 
boshladi.
1916 yil Qo'qon shahrida taraqqiyparvarlar tomonidan «G'ayrat» jamiyati tuziladi. Bu 
jamiyatning o'z oldiga qo'ygan maqsadlari, birinchidan, yangi usul maktablarini darslik, daftar va
o'quv qurollari bilan ta'minlash bo'lsa, ikkinchidan, yerli xalq orasida kitob, gazeta va jurnallarni 
mahalliy tilda chop etib, tarqatishdan iborat bo'lgan.
Mustamlakachilar tomonidan Toshkentda chop etiladigan jadidlarning «Sadoyi Turkiston» 
gazetasi yopib qo'yilgach, taniqli jadid Ubaydullaxo'ja Asadullaxo'jayev Toshkentdan Andijonga
kelgan edi. Uning Andijonga kelishi ham hukmron mustabid hukumatning milliy 
taraqqiyparvarlarga qarshi olib borgan ta'qib va tazyiqlar o'tkazish siyosatining natijasidir. Milliy
matbuotimizning qaldirg'ochlari «Taraqqiy», «Hurshid», «Shuhrat» va boshqa gazetalarning 
hech qancha soni chiqmasdan yopib qo'yilishi, chor ma'murlarining o'lka halqlarini har jihatdan
asoratda saqlashga intilib olib borgan siyosatining bir ko'rinishi edi. Xuddi shunday ayanchli 
qismat «Sadoyi Turkiston» gazetasi boshiga ham tushdi. Shundan so'ng muharrir Ubaydullaxo'ja




42


Asadullaxo'jayev gazetani Andijonda chiqarishga harakat qildi. Biroq, Farg'ona viloyati harbiy
gubernatori Asadullaxo'jayevning gazeta chiqarishiga ruxsat bermaydi_.
1916 yilga kelib jadidlar tomonidan Andijon shahrida «Taraqqiyparvar» jamiyati tuzildi.
Bu davrda o'lka jadidlarining siyosiy faolligi ancha oshgan bo'lib, ular o'z yig'ilishlarida, gazeta 
va jurnallardagi maqolalarida ma'rifiy mavzular bilan birga ijtimoiy, iqtisodiy masalalarni ham
ko'tarib chiqa boshlaganlar. Andijondagi bu jamiyat taniqli jadid Ubaydullaxo'ja 
Asadullaxo'jayev rahbarligida tuzilgan bo'lib, bu haqda chor ayg'oqchilari ham tez orada xabar
topadilar.
Farg'ona viloyati harbiy gubernatorining farmoyishi asosida Andijon uyezdida
«Taraqqiyparvar» jamiyati haqida yashirin so'rov va tekshiruvlar o'tkaziladi. Tekshiruv 
natijalariga ko'ra, tashkilot safida mahalliy millat vakillaridan tashqari Chaykin, Shapiro va
Okun kabi shaxslarning borligi, tashkilot rahbarligi Asadullaxo'jayev qo'l ostida ekanligi 
ko'rsatib o'tiladi. Uchastka pristavi Birshertning ta'biricha, jamiyat tashkiliy jihatdan yaxshi
uyushtirilgan_. 
Butun Turkiston o'lkasida bo'lgan kabi, Andijonda ham mustamlakachi ma'murlar
jadidlarni o'zlarining eng xavfli dushmanlari deb bilar edilar. Taraqiyparvarlar xalq orasida 
tashviqot-targ'ibot ishlarini yaxshi yo'lga qo'yganlar.
Xalq orasida o'z nufuziga ega bo'lgan mahalliy boylardan Ahmadbekhoji Temirbekov, 
Poshshaxo'ja Umarxo'jayev, uyezd sudyasi tarjimoni O'razaliyev Akbarali Boytursunovich va
boshqalar ushbu jamiyat a'zolari edilar_. 
Shunday qilib, aytish mumkinki, XX asr boshlarida Turkistondagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat
g'oyat og'ir bo'lib, mahalliy aholining huquqsizligi, tahqirlanishi haddan oshgan, Vodiy 
mustamlakachilar uchun arzon ish kuchi va xom ashyo bazasiga aylanib qolgan edi. Ilg'or
ziyolilar Turkiston metropoliyaning xom-ashyo bazasiga aylanishi bilan birga, ijtimoiy, iqtisodiy 
va siyosiy jabhalarda jahon taraqqiyotidan ortda qolayotganligini sezdilar. Vatan taqdiri haqidagi
bunday o'ylar oxir-oqibatda mustaqillik uchun kurashning o'ziga xos yo'llarini izlab topishni 
taqozo etdi. Mavjud vaziyatda, ya'ni, kuchli siyosiy-harbiy tayanchga ega bo'lgan mustamlakachi
hukumat bilan millat kelajagi yo'lida bellashishning yagona yo'li, xalqni dunyoviy ilm-fan bilan 
qurollantirish, xalqaro talablar doirasidagi mutaxassislar tayyorlashdan iborat edi. Bu esa o'z
o'rnida jadidchilik harakatining kelib chiqishiga sabab bo'ldi.
Jadidchilik harakati dastlab haqli ravishda ma'rifatparvarlikdan boshlandi. Turkistonda
Mahmudxo'ja Behbudiy, Munavvar qori Abdurashidxon o'g'li, Fayzulla Xo'jayev, Abdulla 
Avloniy, Ubaydulla Asadullaxo'jayev, A. Zohiriy, O. Mahmudov, I. Ibrat, Hamza, Cho'lpon, A.
Ibodiy, Dadamirza qori va boshqalar edi.Rus mustamlakachiligiga qarshi kurash turli 
ko'rinishlarda bo'lsa-da, davom etdi. Bu kurash boshida millatning ilg'or fikrli ziyolilari turdilar.
Dastlab maktab-maorif, yosh avlod ta'lim va tarbiyasini isloh etish g'oyasidan boshlangan bu 
harakat, keyinchalik o'z ichiga siyosiy muammolarni ham keng ko'lamini qamrab oldi.
Avval maorifni isloh qilishdan boshlangan Turkiston o'lkasidagi jadidchilik harakati 1917 
yil fevral inqilobidan keyin yangi sifat o'zgarishlarini boshidan kechira boshladi. 1908-1917
yillar ichida turkistonlik taraqqiyparvar kuchlar asta-sekinlik bilan bo'lsa-da, yagona siyosiy 
kuch sifatida birlashib, o'z tashkilotlariga va ommaviy nashrlariga ega bo'ldilar. So'ngra o'lkada
milliy-demokratik davlatchilikni tiklash ishlarida faol ishtirok etdilar. Yagona maqsad yo'lida 
ushbu tashkilotlar nomidan tashviqot va targ'ibot ishlarini olib bordilar.
Turkiston jadidlari ham o'lkadagi boshqa taraqqiyparvarlar qatori o'zlarining dastlabki 
faoliyatlarini ma'rifatparvarlikdan boshlagan edilar. Vatanni ozodlikka, milliy mustaqillikka
yetaklashdek muqaddas g'oya eng ilg'or qarashli jadid ziyolilarning fikrida bo'lgani holda, 
mavjud sharoitda uni amalga oshirish mushkul edi. Unga faqat tinimsiz ma'rifiy-siyosiy faoliyat
orqaligina erishish mumkin edi. Jadidlar yurt istiqlolini va taraqqiyotini zamonaviy bilimlar bilan 
qurollangan yetuk mutaxacsislarsiz tasavvur eta olmaganlar. Shu maqsad yo'lida o'tgan asr
oxirlarida jadidlar butun Turkistonda yangi usul maktablari ochish zarurligini angladilar va 
ularni tashkil etish uchun harakat boshladilar.
Shunday maktablarning tashkil topishiga bir tomondan chor ma'murlari, ikkinchi 
tomondan ijtimoiy voqelikka o'zining tor dunyoqarashi nuqtai-nazardan baho beruvchi kishilar




43


to'sqinlik qildilar.
Turkiston xalqlari turmushidagi har bir yangilik mustamlakachi ma'murlar nazaridan 
chetda qolmagan, albatta. XX asr bo'sag'asida o'lkamizda yangi usul maktablarining paydo
bo'lishi ham ularni g'oyatda tashvishga sola boshladi. 
Jadidlar halqni ilm - ma'rifatda, haq-huquqda dunyoning taraqqiy qilgan millatlari bilan
teng, baqamti ko'rmoqni orzu qildilar. Butun ahli-vujudini mana shu muqaddas ishga-millatning 
ravnaqi va muhofazasi yo'liga sarf etdilar. Bu shunchaki mutaassibona bir orzu emas,
zamonasining baland-pastidan xabardor, tarix va taqdirni teran anglagan, Sharqni ham G'arbni 
ham bab-baravar bilgan va ko'rgan kishilarning aniq va rejali hatti-harakati edi_.
Jadidlarning yangi sharoitlardagi faoliyatlari bir necha yo'nalishlarda kechdi. Avvalo 
ma'rifatparvarlik ustuvor yo'nalishlaridan biri sifatida qoldi. Jumladan, ular chor tuzumning
zulmi nisbatan yumshagan sharoitda yangi usuldagi maktablarni tashkil etish bo'yicha kuch-
g'ayratlarini sezilarli darajada kuchaytirishdi. 1910 yilga kelib o'lkaning turli joylarida 50 ga
yaqin bunday maktablar tashkil etildi. Toshkent va Qo'qon jadid maktablarining yirik markazi 
bo'lib qoldi.
1917 yil fevral inqilobi boshlariga kelib chor hukumati tomonidan Turkistonda 4 mingdan 
ortiq bola o'qiydigan 100 ga yaqin yangi usuldagi maktablar ro'yxatdan o'tkazilgan, shulardan 39
tasi - Sirdaryo, 30 tasi - Farg'ona, 18 tasi - Yettisuv, 5 tasi - Samarqand viloyatlarida joylashgan. 
Ularning hammasi xususiy mablag'lar hisobiga faoliyat yuritar edi. O'qish pullik bo'lgani bilan
uning miqdori oyiga 50 tiyindan 3 so'mgacha edi_. 
Jadid matbuoti jadidchilik g'oyalarining jarchisi bo'lib maydonga chiqdi. «Sadoyi
Turkiston», «Sadoyi Farg'ona», «Hurshid», «Oyna» va boshqa gazetalar sahifalarida ilm-ma'rifat 
ulug'langan, yangi usul maktablari targ'ib qilingan, bid'at-xurofotlar, xalqimiz orasidagi zararli
va nohush odatlar - aroqxo'rlik, tamaki chekish, dabdabali to'ylar o'tkazish, isrofgarchiliklar 
keskin tanqid qilingan.
Turkiston jadidlarining birinchi milliy gazetasi 1906 yil 27 iyunda «Taraqqiy» nomi bilan 
chiqdi, unga taniqli jamoat arbobi Ismoil Obidov (Gabidov) muharrirlik qildi. Shunisi diqqatga
sazovorki, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 25 iyun qarori bilan 
ushbu gazeta birinchi sonining chiqqan kuni «Matbuot kuni» sifatida keng nishonlanmoqda.
«Taraqqiy» bilan bir qatorda Toshkentda turkistonlik jadidlarning 1906 yilda «Hurshid», 
1907-1908 yillarda «Shuhrat», «Tujjor» gazetalari paydo bo'ldi. «Hurshid» va «Shuhrat»
gazetalari Turkistonda muxtoriyatchilik harakatining bo'lg'usi yo'lboshchilaridan biri Munavvar 
qori, «Tujjor» gazetasi esa Toshkentlik yirik boy Saidkarimboy Saidazimboy o'g'li tomonidan
nashr etilgan. 
Turkistonda bundan keyin bir qator jadid gazeta-jurnallari - «Osiyo», «Samarqand»,
«Sadoi Turkiston», «Sadoi Farg'ona», «Oyna», «El bayrog'i», «Turon» va boshqalar paydo 
bo'ldi. Jadidlarning bu bosma nashrlari 1905 yilda Rossiya Konstitusiyasi yumshatilgan
senzurani qabul qilgandan so'ng yuzaga kela boshladi. Ularning ko'pchiligi qisqa muddat 
chiqqan bo'lsa-da islohotchilar g'oyalarini tarqatishda muhim ahamiyatga ega bo'ldi. Jadidlarning
islohotchilik g'oyalari asosan matbuot orqali targ'ib qilinar edi. 
Masalan, Cho'lpon milliy qadriyatlar, milliy urf-odatlar himoya qilishga bag'ishlangan
maqolalarining birida shunday deydi: «...Ey qarindoshlar... katta iltimosimiz shuldurki
Ovro'poning mo'dosidan, shishasidan, buzuq ahloqidan namuna olmasdan va bunlarg'a bul
jihatdan taqlid qilmasdan, balki, ilm, fan, hunar, sanoatga o'hshashlik madaniyatlaridan namuna 
olub, bul jihatdan taqlid qilmog'imiz lozimdur. Ovro'poning mo'dosi va buzuq axloqi sizlarni
xonavayron, bevatan, asir-qul qiladur. Bundan saqlaningiz!!!»_. 
Cho'lpon har sohada zamon talabiga mos ish tutish tarafdori edi. Jumladan, iqtisodiyotda
Yevropaning texnika yutuqlaridan foydalanish zarurligini u quyidagicha ifodalaydi: 
«Ovro'poning maktab, madrasa, ilm - fan, sanoat, hunarga o'xshash madaniyatlari sizlarni obod,
ma'mur olim qilub, johillikdan, asorat qulligidan qutuldurodur. Birodarlar ko'zlaringizni ochub 
yaxshi o'ylanglar!!!...»_. Cho'lpon dehqonlar uchun maxsus banklar ochish lozimligini va bu
kabi tadbirlarning afzallik tomonlarini bayon qilib beradi: «...Amriholiklar ekin asboblari 
ishlatub, biz 10 kishi 10 kunda qilg'on ishimizni, onlar 2 kishi bilan 10 soatda qilmoqdadurlar!...




44


Shul oson asboblar Rusiyani butun dehqonlarida bordur. Bizlar ham shul ekin asboblaridan olib
ishlatsak og'ir mehnatlarimiz yengillanur edi...»_. 
Mashhur jadid Abdulvahhob Ibodiyev o'zining maqolalarining birida ilm-fan taraqqiyoti
haqida qimmatli fikrlar beradi, ilmsizlik oqibatidagi xalqning holati bayon etiladi: «Ilm-sharaf va 
boyliklari (qo'llarida bo'lg'on tijorat va kasblari) boshqalarga o'tub, bellari tamom bukulub, ming
xo'rlik bilan umr o'tkazmoqdalar...»_. Chor mustamlakasi davrida mazlum xalq vakili sifatida bu 
fikrni ochiq bayon etish, albatta, jasorat edi. Turkiston ahli boshiga yoqqan bu balolardan
qutilishning yo'li - maorifni isloh qilish, asosiy e'tiborni ta'lim-tarbiya ishlariga qaratish, 
Orenburg, Qozon, Ufa kabi shaharlariga talabalar yuborish, qimmatlik boylar yordami ila
maktab binolarini zamonaviy holga keltirish lozim ekanligini ta'kidlab o'tadi: shundagina «...tez 
fursatda Turkistonimiz xalqining ilm va ma'rifat tobmoqlari tabiiydur»,-deb, kelajakka umid
bilan boqadi. 
Yangi usuldagi maktab xonalarining ichki tuzilishi, eski maktablardan parta, yozuv taxtasi,
geografik xarita va o'qituvchi uchun stol-stulning borligi bilan ajralib turgan. Maktablarda 
bolalar 2-3 yil o'qishni davom ettirganlar. Usuli savtiya maktablari eski usul maktablaridan
ta'limning sifati bilan ham farq qilgan. Bu e'tiroflar o'sha davr matbuotida ham o'z aksini topgan. 
Masalan, Andijondagi Azim Qodirov maktabi 3 sinfli bo'lib, 1-sinfda bolalarga o'qish va yozish,
2-sinfda tajvid, hisob, 3-sinfda esa ibodati islomiya, sarfi turkiy o'rgatilgan. 1900 yil may oyida 
Otabek qozi ishtirokida ushbu maktab o'quvchilaridan imtihon olingan. o'quvchilar imtihonlarni
muvaffaqiyatli topshirganlar. Imtihon ishtirokchilaridan Tojiddinbek Otabekov yozganidek: 
«...Eski zamon maktablari birlan usuli jadid maktabini farqi nihoyat darajada ma'lum va ravshan
bo'ldi. Usuli jadid maktabi birlan eski zamon maktablarini bir joyga bormoq uchun otash aroba 
birlan piyoda odimga misol qilsak ham to'g'ridur...»_.
Jadid maktablarining soni ortib borgan sari, ulardagi ta'lim tizimi ham takomillashib 
borgan. Imtihonlar keng xalq ommasi ko'z o'ngida, qishloq yoki shaharlarning ilg'or ziyolilari
davrasida «Imtihon majlisi» nomi bilan o'tkazilgan. Bunday holatlarda yangi usul maktablari 
o'zining afzallik tomonlarini to'liq namoyish eta olgan. Jadidlar ma'rifatchilik faoliyatining yana
muhim bir tarmog'i-teatr san'ati edi. Turkiston teatr san'atining to'ng'ich sahna asari 
Mahmudxo'ja Behbudiyning «Padarkush» dramasi edi. Bu asar Samarqand, Toshkent va boshqa
shaharlarda ijro etilgach, 1914 yilning fevral oyi oxirlarida muallif boshliq Samarqandlik 
havaskorlar va mahalliy yoshlar hamkorligida Qo'qonda ham sahnaga qo'yiladi. Teatr orqali
ma'rifat tarqatish g'oyasiga e'tibor qaratib, Andijon jadidlari ham 1914 yilning 6 iyunida 
«Padarkush»ni sahnaga qo'ydilar.
Taraqqiyparvarlar xalq ommasini milliy urf-odatlarni asrab-avaylashga, ma'naviy-ma'rifiy 
saviyasini yuksaltirishga chorladilar, hashamdor to'ylar, serharajat va sermashaqqat azadorlik
marosimlari, to'y va azalarni riyokorlik, dabdababozlik bilan o'tkazishga jiddiy ravishda qarshi 
chiqdilar.
Ijtimoiy-siyosiy hayot faollashuvining muhim ko'rsatkichi sifatida nashriyot, xususan, 
matbuot faoliyatining keskin jonlanganligini ko'rish mumkin. Jadidlarning ma'rifatparvarlik
mafkurasi ijtimoiy jihatdan ancha boy va rang-barang bo'lgan. Unda hozirgi kunimizda ham 
jamiyatni to'lqinlantiradigan, hayajonga soladigan tarixiy vazifa va masalalar o'z aksini topgan_.
Jadidchilik harakati tarixini o'rganish bugungi kunda shuning uchun ham dolzarbki, bu 
harakat vakillari istiqlolimiz uchun o'sha davrdayoq kurash boshlaganlar. Avval boshda ma'rifat
sohasida faoliyat ko'rsatgan jadidlar, asta-sekin ijtimoiy taraqqiyot kurashchilari sifatida 
maydonga chiqdilar.Jadidchilik dastlab madaniy - ma'rifiy oqim sifatida paydo bo'lganligi
tabiiydir, albatta. Chunki, ilg'or musulmon ziyolilari ijtimoiy va mustamlakachilik zulmining 
asosiy sabablarini zamonaviy ilm-fan yutuqlaridan bexabarlikdan va maorif ishlaridagi
qoloqlikdan izladilar. Shu sababli, ular mavjud ijtimoiy muammolarni hal etishning yagona yo'li 
ta'lim islohoti deb qaradilar va ma'rifatparvarlikka asosiy e'tibor berdilar. Yangi usul maktablari,
kutubxonalar ochdilar, darslik, o'quv qo'llanmalari yozdilar va nashr ettirdilar. Ayni paytda ular 
inson huquqlari, milliy, diniy, iqtisodiy erkinliklar kafolatlangan, huquqiy-demokratik milliy
davlatchilikning nazariy asoslarini yaratishga harakat qildi 



Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə