O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakul‘teti



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə25/46
tarix29.11.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#140241
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   46
O`zbekiston respublikasi oliy-fayllar.org

Foydalanilgan adabiyotlar: 
1. Karimov I.A. Istiqlol va ma`naviyat .T.: O`zbekiston. 1994 y.
2. Karimov I.A. O`zbekiston XXI asrga intilmoqda. -T.: Ma`naviyat. 1998 y.
3. Karimov I.A. Ma`naviy yuksalish yo`lida. -T.: Ma`naviyat, 1998 y. .
4. Abdullaev M. Abdullaev A. Ma`naviyat va madaniyat tarixi. Farg’ona. 1998 y.
5. Imomnazarov M. Milliy ma`naviyatimizning takomil bosqichlari. T. 1996 y. 
6. Ashirov A. Atadjanov SH. Etnologiya. T. 2007 y.
7. Ashirov A. O`zbek xalqining qadimiy e`tiqod va marosimlari. T. 2007 y. 
8. Abdullaev M. Madaniyatshunoslik. Farg’ona. 1998 y.
9. Murodov. M. Qorabaev U. Rustamova R . Etnomadaniyat.. T.: Adolat. 2003 y. 
10. Etnomadaniyat fanidan ma`ruzalar matni. 1-qism. Farg’ona. 2001 y.


Mavzu: Tabiat bayramlari. Navro’z va Xosil bayrami. 

REJA: 
1. Tabiat bayramlari 
2. Navro’z bfyrami
3. Xosil bayrami 



55


Inson tabiatning tarkibiy qismi va farzandi sifatida vujudga kelgan va rivojlangan. Shu
sababli insoniyatning eng qadimiy an'analari va bayramlari bevosita tabiat, undagi o’zgarisqlar, 
yil fasllari va mehnat jarayoni bilan uzviy boqliq bo’lgan. Hozirgi davrda ham insonlarda
tabiatga oid bayramlarga tobora qiziqisq yanada oshayotganligini sezish mumkin. Tabiat 
qonunlariga ko’ra, unda muntazam o’zgarish, yangilanish bo’lib turadi: nimadir vujudga keladi,
nimadir rivojlanadi va o’z vazifasini o’tab bo’lgan hodisalar asta-sekin yo’qola boshlaydi. Bu 
qonuniyat barcha xalqlar bayramlariga ham tegishlidir.
O’zbekistonda ijtimoiy-madaniy hayot taraqqiyoti asosida yangi ijtimoiy, mehnat va 
madaniy sohalarning vujudga kelishi, kishilarning zamonaviy ehtiyoji, davr talablari zaminida
yangi zamonaviy bayramlar yuzaga keldi. Keyingi vaqtda barcha ommaviy tadbirlarga bayram 
tusini berish harakati kuchaymoqda. Bu hodisani ayniqsa, tabiatga baqishlangan tadbirlarda
yaqqol sezish mumkin. Chunki tabiatga baqishlangan tadbirlarda kishilar, o’simliklar va 
hayvonot dunyosidagi ajoyib va noyob go’zalliklardan zavqlanisq uchun sharoit yaratish
odamlarda xursandchilik, o’ziga xos ruhiy bayram kayfiyatini vujudga keltiradi. Balki shuning 
uchun bo’lsa kerak, avvaliga uyushtirila boshlangan gul ko’rgazmalari asosida "Gul bayrami",
qushlar ko’rgazmasi zaminida esa "qushbayrami", tabiiy mahsulotlardan tayyorlangan 
ko’rgazmalar asosida "Tabiat in'omi" bayramlari vujudga kela boshladi.Tabiatni himoya qilish
ehtiyoji kuchayishi natijasida "Tabiatsevarlar bayrami", xalq madaniyatini takomillashtirish 
yo’lida "Folklor bayrami", "Til bayrami", oilaviy va shaxsiy hayotni farovonlashtirish maqsadida
oltin, kumush to’ylar, qariyalar bayramlari, mahalliy joy hayotini yaxshilashga intilish zaminida 
ko’cha bayramlari, mahalla kunlari, qishloq va shahar bayramlari shakllanadi.
Shuningdek, yil fasllari go’zalliklarini tarannum etuvchi "qish bayrami", "Yoz o’tmoqda 
soz", "Oltin kuz", inson mehnati evaziga tabiat in'om etgan mahsulotlarni tarannum etadigan
"Tabiat sovqalari" kabi bayramlar shakllana boshladi. Ular kishilarda tabiatga muhabbat 
uyqotishda, ekologik tarbiya olib borishda, tabiatni himoya qilish va uning ajoyib namunalarini
saqlash uchun yaxshi ma'naviy hamda amaliy sharoit yaratadi. Tabiat bayramlarining muhim 
tomonlaridan biri shundaki, ular oldindan odamlarda maxsus kayfiyatni vujudga keltiradi.
Tabiatning jonlanishi, o’zgarishi, u yaratgan go’zalliklar va nozu ne'matlar so’zsiz kishilar 
diqqatini tortib, xursandchilik, shodlik va bayram kayfiyatini olib keladi. Masalan, kishilar bir
necha oylab bahorni sabrsizlik bilan kutadilar. Bahorning kirib kelishi, tabiatning ko’m-ko’k 
libosga, gullarga burkanishi har bir kishi qalbiga go’zallik tuyqusi, baxtiyorlik va bayram
kayfiyatini olib keladi. Dunyoning deyarli ko’pchilik xalqlarida tabiat uyqonishi bilan bahor 
bayramlari eng yirik bayram sifatida nishonlanib kelinganligi bejiz bo’lmasa kerak. Yana
shunday bayramlar borki, ular tabiatning qonuniyatlariga bevosita boqliq bo’lib, o’zi bayram 
holatini yarata oladi. Bunga yilning almashishi vaqtida vujudga keladigan "Yangi yil bayrami",
yangi bahorni kutib olisdagi "Navro’z", lolalar ochilganda kishilar dalalarga chiqib 
uyushtiradigan "Lola sayli", qushlar uchib kelganda bolalar uchun tashkil qilinadigan "qushlar
bayrami", yoz faslida oromgoxlarda o’tkaziladigan "Oltin yoz - o’tmoqda soz" va kuz faslida 
tashkil qilinadigan "Oltin kuz" kabi bayramlar kiradi. Tarixiy rivojlanish jarayonida dunyodagi
barcha xalqlarning jumladan, O’rta Osiyo xalqlarining an'ana va bayramlari, ularning hayoti, 
mehnati, turmushi, madaniyati hamda xalq yashayotgan joy sharoiti, iqlimi va tabiatiga xos
xususiyatlari asosida shakllangan. Barcha xalqlar hayotida mehnat mavsumi va har bir faslga 
mos, ya'ni erta bahorda - mehnat mavsumyga kirishdan oldin, yozda - hosil yiqisqtirnshdan
oldin, kuzda - hosil to’plangandan so’ng va qishda, ayniqsa, dalalar uyquga ketgan vaqtda 
uyushtiriladigan mavsumiy marosim va bayramlar mavjud bo’lgan. Aynan ular etnografik
adabiyotlarda "kalendar bayrami" deb nom olgan.



Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə