34
Bunday go`zal saroyning taqdimot marosimida ishtirok etishning o`zi har qanday odamni
ham quvontirib, uning ko`ngliga xush kayfiyat, yorug`lik bag`ishlaydi, desam, o`ylaymanki,
barchangiz bu fikrga qo`shilasiz. O`zingiz bilasiz, o`zbekiston rahbari sifatida mening ko`p-ko`p
xalqaro miqyosdagi katta anjumanlarda, mahobati bilan ko`zni qamashtiradigan saroylarda,
imperatorlar, qirol va podshohlarning qasrlarida,
bugungi zamonning eng chiroyli, boy va
hashamatli binolarida bo`lishimga, u joylarda nutq so`zlashimga, muloqotlarda ishtirok
etishimga to`g`ri keladi.
Lekin men mana shu daqiqalarda qalbimdan bir hayajon kechirayotganimni sizlarga
ochiq aytishim kerak.
Bu hayajonning sababi shundaki, o`zbek madaniyatining ko`zgusi bo`lgan mana shu
akademik teatrimiz sahnasida Mannon Uyg`ur, Etim Bobojonov, Abror Hidoyatov, SHukur
Burhonov, Olim Xo`jaev, Sora eshonto`raeva, Nabi Rahimov, Obid Jalilov, Zaynab Sadrieva,
Toshxo`ja Xo`jaev,
Aleksandr Ginzburg, G`ani A’zamov singari ne-ne buyuk san’at
namoyondalarining qutlug` izlari qolgan, ovozlari yangragan, ularning o`lmas ruhi bugun ham
shu dargohda kezib yuribdi.
Necha yillar davomida o`zining beqiyos san’ati va mahorati, klassik asarlarning betakror
ijrosi bilan bu teatr nafaqat milliy san’atimiz muxlislarini, balki dunyodagi manaman degan
teatrlarning mashhur rejissor va aktyorlarini, insonni o`ylantiradigan murakkab savollarga teatr
ibrati orqali javob topishini istayman.
Sizlar o`zbek teatr san’atimizning eng yaxshi an’analarini asrab-avaylab, rivojlantirib,
kelajak avlodlarga etkazasiz, milliy va umumbashariy qadriyatlarni
tarannum etuvchi etuk
asarlaringiz bilan xalqimiz madaniyatini yanada yuksaltirishga munosib hissa qo`shasiz, deb
ishonaman.
Barchangizga tilagim shuki, sizlar sahnada betakror obrazlar yaratib, xalqimiz mehriga
sazovor bo`lishdan charchamang, bizga esa ajoyib mahoratingizga qoyil qolib, san’atingizni
olqishlab, sizlarga mana shunday hurmat-ehtirom, izzat-ikrom ko`rsatib yurish nasib etaversin.
Hayot haqida, inson umrining ma’no-mazmuni haqida teatr ixlosmandlari bilan qizg`in va
jonli muloqotingiz davom etadigan, yurtimiz, millatimiz dovrug`ini tarannum qiladigan bu
muazzam ijod maskani avvalo sizlarga, barcha san’atkorlarimizga buyursin,
ezgulik va
go`zallikni yuksak qadrlaydigan tomoshabinlarga, butun xalqimizga muborak bo`lsin.
Fursatdan foydalanib, ushbu madanivat qasrini bunyod etgan qo`li gul quruvchilarimizga,
me’moru muxandislarimizga, bu oliyjanob ishda qatnashgan barcha yurtdoshlarimizgi o`z
nomidan, butun san’at muxlislari nomidan samimiy minnatdorlik izhor etaman.
Mana shu unutilmas daqiqalarda barchangizni Vatanimiz istiqlolining 10 yillik qutlug`
to`yi bilan yana bir bor tabriklayman.
Sizlarga yangi-yangi ijodiy yutuqlar, sihat-salomatlik, xonadonlaringizga baxtu saodat
tilayman. Ilhomiflgiz, iste’dodingiz yanada ziyoda bo`lsin, hamisha muxlislaringiz, xalqimiz
ardog`ida bo`ling.
«Turon» teatr truppasi – birinchi o`zbek professional teatr jamoyasi va uning nizomi.
Birinchi o`zbek milliy teatr truppasi – «Turon» teatri 1913 yilning oxirida Toshkentda Turon
oqartuv jamiyati qoshida havaskorlar truppasi tashkil topishi. Truppa rahbari Abdulla Avloniy va
uning faoliyati. «Turon» truppasining nizomi va uning davlat adliya idoralari tomonidan
tasdiqlanishi, hamda uning o`lka teatrchilik harakatlaridagi o`rni. 1914-1918
yillar orasida
Turon teatri faoliyati va repertuari. Spektakl’ rejissyorlari va aktyorlar. Turon truppasi 1918 yil 3
noyabrda Davlat teatri sifatida ochilishi. 1918-1920 yillar orasida teatr repertuari. Turon teatr
truppasining 1918-1924 yillar orasida havaskorlikdan milliy professional Davlat teatri darajasiga
ko`tarilishi, hamda Turkistonda teatr san`atining etakchi kuchiga aylanishi.
Ozarbayjon va tatar teatrlarining Turkistondagi ijodiy safarlari va ularning o`zbek milliy
teatrlari shakllanishidagi o`rni. Ozarbayjon, turk, tatar, hamda rus teatri dramaturgiyasi, ijodiy
safarlari o`zbek teatrining shakllanishida bosh omil bo`lib xizmat qiladi. O`zbek teatrining
rivojida 1915-1916 yillar sahnalashtirilgan qator tarjima asarlari katta ijobiy ahamiyat kasb
etgan. Ayniqsa, bu masalada ozarbayjon dramaturgiyasi muhim rol’ o`ynaydi.
H.H.Niyoziy va o`zbek teatri. H.H.Niyoziy va o`zbek milliy teatri. H.H.Niyoziyning
35
ma`rifatchilik borasidagi faoliyati, uning dramaturgiyadagi ijodiy faoliyati va teatr sohasidagi
harakatlari. «Boy ila xizmatchi», «Zaxarli hayot», «Maysaraning ishi» asarlari.
Mannon Uyg`ur birinchi o`zbek professional rejissyori. Mannon Uyg`ur o`zbek sahna
san`atini kamol topishi yo`lida serqirra faoliyati. Mannon Uyg`ur va Turon truppasida
professional jarayonining shakllanishi a) milliy repertuarni yaratish uchun kurash yo`lida
teatrning ijodiy
laboratoriyaga aylanishi; Mannon Uyg`ur 20 yildan e`tiboran teatr repertuarida
katta hajmdagi tomoshabinni jalb etuvchi spektakllarining ko`payishi; b) Mannon Uyg`ur va
truppada zamonaviy rejissurani vujudga kelishi; v) aktyor talqin san`ati; truppada Mannon
Uyg`ur boshliq barcha aktyorlarning truppani etakchi ijrochilariga aylanishi.
1917-20 yillar teatr o`lka musiqali drammatik truppasi Farg`ona vodiysi, Buxoro,
Xorazm teatri. Karl Marks nomli teatr. O`lka «Namuna» teatri. O`zbek I-II teatr studiyalari
Moskvada, Bakuda. Turon, Namuna 1924 yildan O`zbek Davlat sayyor truppasi nomi bilan ish
yuritgan respublika teatri. Uning sahna ustalari Moskva, Bakudan qaytgan O`zbek Davlat
drammatik truppasi nomi bilan qayta tashkil topishi. Qayta tashkil topgan teatr repertuarini
Revizor, Xasis, Malikai Turandot, YOrqinoy singari spektakllar bilan boyishi.
O`zbek milliy teatri XX asrning 20-30 yillarida. 20 yillarning oxiri va 30 yillarning
boshlaridan e`tiboran adabiyot va san`atda sho`ro voqealigini sinfiy kurash, sinfiy va partiyaviy
xushyorlik, mamlakatni sanoatlashtirish va qishloq xo`jaligini kollektivlashtirish nuqtai
nazaridan yoritishni asosiy talab qilib qo`yilishini o`tkirlashuvi. P’esalarda o`tmish
va bugungi
hayot muammolarining baxsi.
Hamza nomidagi O`zbek Davlat drama teatri, hozirgi O`zbek milliy akademik drama
teatri. Hamza nomidagi teatrni o`zbek dramaturgiyasi o`zbek jonli adabiy tilining markaziga
aylanganligi xususida.
30 yillarning boshlaridan e`tiboran davlat teatr tizimlarining qayta tashkil etilishi.
Markaziy davlat teatrlari: Hamza nomidagi o`zbek davlat drama teatri (1933 yildan e`tiboran
akademik drama teatri), O`zbek davlat musiqali teatri (1939 yildan e`tiboran o`zbek davlat opera
va balet teatri), M.Gor’kiy nomidagi rus davlat drama teatri, respublika yosh tomoshabinlar
teatri, respublika o`zbek davlat qo`g`irchoq teatri (1939). Muqimiy nomidagi o`zbek davlat
musiqali drama va komediya teatri (1939-40 yillar).
O`zbekistonda opera va balet teatrlarini shakllanishi va rivojlanishi. Ushbu murakkab
san`at turlarini asoslari, ularning ijodiy faoliyatlari, madaniy hayotimizdagi o`rni haqida o`zbek
operasi va baleti rivojlanishi haqida. M.Qori YOqubov, H.Nosirova, S.YArashov, K.Zokirov,
M.Razzoqova, G.Izmailova, B.Qorieva, G.Hamraeva – o`zbek milliy opera va balet san`ati
darg`alari.
O`zbekistonda bolalar va yoshlar teatri va boshqa millat teatrlari. Asosan 1 - Turon teatri
sahnasida drama, musiqali teatr, bolalar teatri shakllarining shakllanishi va 1928-1930 yillar
oralig`ida davlat drama, o`zbek davlat musiqali teatr va o`zbek davlat
bolalar teatrga ajralib
rivojlanishiga yuz tutishi.
Viloyat teatrlari o`zbek milliy teatrlarining ajralmas qismi. 20 yillarda O`zbekistonda
teatr san`atining faol shakllanishi munosabati bilan 30 yillarning boshlaridan e`tiboran viloyat
teatrlarini qayta tashkil etish, tur va janrlarini aniqlash jarayoni, Farg`ona vodiysi, Andijon,
Farg`ona, Namangan, Qo`qon, Samarqand, Buxoro, Qashqadaryo, Surxandaryo, Xorazm,
Qoraqalpog`iston teatri.
O`zbek teatri ikkinchi jahon urushi yillarida (1945-41 yillar). Ikkinchi jahon urushining
boshlanishi, hamma narsa front uchun shiori va Vatan himoyasi muammolarini adabiyot va
san`atning bosh mavzusiga aylanishi. Mavzuning ikki jihati: front, front orti hayoti. Har bir xalq
tarixining yorqin sahifalari – bosqinchilarga qarshi, yurt mustaqilligi, ozodligi kurashda jon fido
etgan yorqin tarixiy siymolarni namunali badiiy obrazini yaratish san`atni, jumladan teatrning
etakchi vazifasi qilib belgilanishi.
Hozirgi o`zbek dramaturglari.
Mustaqillikning ilk davridan e`tiboran O`zbekiston dramaturglari va teatrlarini o`tmish
qadriyatlarini xususan, o`zbek milliy davlatchiligi va uning buyuk
namoyondalari obrazlarini
adolat nazari bilan gavdalantirishiga qiziqishlarining kuchayishi. Zamonaviy mavzuni