O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakul‘teti



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə20/46
tarix29.11.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#140241
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   46
O`zbekiston respublikasi oliy-fayllar.org

Foydalanilgan adabiyotlar: 
8. Karimov I. Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch. –T., 2008. 
9. Karimov I. A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q. "Muloqot" 11. 5-son. 1998y.
10. Karimov.I. A. O`zbekiston XXI asr bo`sag’asida: xavfsizlikka taxdid.barqarorlik shartlari 
va taraqqiyot kafolatlari. T.1997.
11. Aminjonova I E. Qadimiy yodgorliklar qissasi. T. 1968. 
12. Ashirov A. Atadjanov SH. Etnologiya. T. 2007 y.
13. Ashirov A. O`zbek xalqining qadimiy e`tiqod va marosimlari. T. 2007 y. 
14. Abdullaev M. Madaniyatshunoslik. Farg’ona. 1998 y.


6-Mavzu: Xalq teatri va milliy raqslar. 

REJA: 
1. Teatr san`atining boshqa ijod turlaridan farqi. 
2. Teatr san`ati janrlari.
3. Teatr san`atining ko`p shaklligi, uning turlari va janrlari. 
4. O`zbek teatri san`atini tarixiy davrlari.
5. H.H.Niyoziy va o`zbek teatri 
6. O`zbek sahna san`ati
Insoniyatning rnadaniy taraqqiyoti tarixini antik teatrsiz tasavvur qilib bo`lmaydi. 
Ma’lumki, antik teatr mazmunan xalq hayoti, uning taqdiri bilan bog`liq ulug`vor g`oyalar teatri
sifatida dunyoga kelgan edi. Qadimgi YUnonistonda esxil, Sofokl Evripid, Aristofan, Rimda 
Plavt va Senekalar yangi sahnaviy shakllar, umumlashgan falsafiy, teran badiiy obrazlar orqali
el-yurtni jo`shqin sevish, qadrlash e`tiqodlarini tarannum etdilar. Antik dunyodan bizga badiiy 
ijodning tragediya, komeiya janrlariga oid benihoya go`zal, badiiy yuksak adabiy namunalar
etib keldi. 
XX asr o`zbek teatri madaniyatimiz tarixida ro`y bergan noyob hodisadir. 1914-yili
Mahmudxo`ja Behbudiyning «Padarkush» p`esasi bilan o`z pardasini ochgan o`zbek teatri ikki-



30


uch o`n yillik ichida har bir xalq g`ururlansa arzigulik teatr sifatida maydonga chiqdi.
O`zbek teatri jadidchilik harakatining mevasi — ma’rifiy teatr sifatida tug`ilgan edi. 
Birinchi o`zbek ijodiy jamoasi bo`lmish «Turon» gruppasining «Nizom»ida teatrning
bosh maqsadi a) aholi o`rtasida sahna ishlari va hayriyaga jiddiy munosabatni rivojlantirish, b) 
xalq uchun spektakl ko`rsatish, unga sog`lom tomosha berish...» deb uqtirilgan edi. Sahna ishini
tashkil etgan va uni xalq orasida keng yoygan Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdulla 
Avloniy, Mahmudxo`ja Behbudiy singari atoqli ma’rifatparvarning sa’y-harakati bilan bu teatr
tez orada xalq madaniy hayotining tarkibiy qismiga aylandi. Sanoqli bir necha yil davomida 
o`ttizga yaqin pe`sa yaratildi, aktyorlik va rejissorlik san’atining tub tamoyillariga asos solindi.
Jadid teatri va dramaturgiyasining muhim xususiyati — uning oila hayotini tasvirlash 
bilan inson qalbiga kirib borish, uni ma’rifiy tarbiyalash va shu orqali jamiyat hayotida avj olib
borayotgan milliy uyg`onish g`oyalarini tarannum etishda ko`ringan edi. 
Jadid ma’rifatparvarlari yoqqan ma’rifat mash’ali qariyb 1930-yillarga qadar yangi g`oya
va intilishlar bilan teatr hamda dramaturgiyaga kirib kelgan ahli san’at yo`llarini yoritib turdi. 
SHuni ta’kidlash joizki, o`zbek teatri milliy mahdudlik qobig`ida o`ralashib qolmay,
balki o`z taraqqiyoti yo`lida jahon teatri tajribasini o`zlashtirib bordi. «Turon» gruppasida 
boshlangan o`zga xalqlar dramaturgiyasini sahnalashtirish tajribasi keyinroq, o`zbek sahnasiga
SHiller, Gogol, SHekspir singari dramaturglar asarlarining kirib kelishi bilan davom ettirildi. 
O`zbek aktyorlarini 1924-1927-yillari Boku teatr texnikumi va M.Uyg`ur, CHo`lpon rahbarligida
Moskva teatr studiyasida tahsil ko`rganliklari ularning kasbiy darajasini oshirishda muhim 
ahamiyat kasb etdi. Moskvadagi ta’lim davri rus teatrida turlicha uslubiy yo`nalishlar, izlanishlar
avj olgan davrga to`g`ri kelgan edi. O`zbek aktyorlari bu shov-shuvli teatr hayotini astoydil 
kuzatadilar, o`rganadilar. Lekin shunisi e’tiborliki, ularga taqlid qilish, uslublarini ko`r-ko`rona
qabul qilish yo`lidan bormaydilar. CHo`lpon «Me`erxold teatri» degan maqolasida, masalan, 
1920-yillarda Moskva teatri hayotining yalovbardoriga aylangan bu rejissorning shon-shuhrati
haqida ilhom bilan qalam tebratgan bo`lsa-da, lekin biron joyda unga ergashish, undan andoza 
olish fikrini olg`a surmaydi. «Bu teatrning soddaligi biz uchun kerak. Ko`pchilikka yaqin kelishi
biz uchun lozim. Bizning xalq teatri unsurlaridan ba’zilari bu teatrda bor». YA’ni ulug` shoir 
chet ta’sirlarga nisbatan sezgir, hushyor turishga da’vat etib, faqat o`zbek xalq teatriga xos «ba’zi
unsurlar», «soddalik», «ko`pchilikka yaqinlik» jihatlarini olish mumkinligi g`oyasini olg`a 
surgan.
Bu o`zbek teatrining dastlabki davrdanoq o`z milliyligini asrash yo`lida qat’iy 
turganligidan guvohlik beradi. Bir jihatdan, bu ajablanarli emas. Sababi, taqdirlarini teatr va
dramaturgiya bilan bog`lashga ahd qilgan kishilar eski maktab, madrasa ko`rgan, mumtoz 
adabiyot, musiqa, xalq teatri ta’sirida bu nafosat olamiga chinakam milliy teatr san’atini barpo
etish ezgu istagi bilan kirib kelgan zotlar edi. O`zbek teatrining asoschilari, xususan, atoqli 
rejissor va teatr arbobi Mannon Uyg`ur o`z atrofiga eng iste’dodli dramaturg va san’atkorlarni
uyushtirib, ular bilan ilhombaxsh izlanishlar olib borar ekan, xalqimizning boy ma’naviyatiga 
mushtarak keladigan zamonaviy teatr barpo etish yo`lidan borgan edi.
O`zbek teatrining tug`ilganiga o`n yil bo`lmayoq Abdurauf Fitratning «CHin sevish», 
«Abulfayzxon», CHo`lponning «YOrqinoy», Hamza Hakimzodaning komediya va
dramalarining yaratilishi, eng qimmatlisi, bu asarlarni ovrupacha drama estetikasi talablari 
darajasida bo`lishi shu izlanishlarning mantiqiy natijalari edi.
Musiqali dramadek murakkab sintetik san’at janrining paydo bo`lishi ham o`zbek 
xalqining benihoya boy badiiy merosga egaligi va shu merosni zamonaviy teatr tiliga ko`chira
oluvchi sohibi talantlar borligi bilan bog`liq edi. Dastlab kichik musiqali sahnalar tarzida 
ko`ringan bu janr G`ulom Zafariyning «Halima», Xurshidning «Farhod va SHirin», «Layli va
Majnun» asarlarining yaratilishi bilan o`zbek teatrida alohida san’at yo`nalishi tarzida taraqqiy 
topdi. Ta’kidlash lozimki, o`tmishda bu «folklor janr, o`tkinchi, opera san’atiga o`tishda ko`prik
vositasi xolos» degan fikr-mulohazalar musiqali drama yo`liga qanchalik to`siq bo`lmasin, u 
rivojlanishda davom etaverdi. Ham sof drama, ham musiqali drama asarlarini sahnalashtirishga
qaratilgan «Musiqali drama va komediya teatri» deb atalgan viloyat teatrlari drama borasida 
hozirgi Milliy akademik drama teatridan, musiqali drama sohasida 1930-yillarda Respublika




31


musiqa teatri, keyin Muqimiy nomidagi musiqa teatri tajribalariga suyandi va har biri san’atimiz
xazinasiga ulush bo`lib qo`shilgan badiiy-estetik qadriyatlarni yaratdi. 
CHet elliklar SHekspirning «Hamlet», «Otello» kabi asarlarining o`zbek aktyorlari
tomonidan yuqori darajada mujassam etilishidan hayratga tushib so`z ochar ekanlar, buning 
asosiy sabablaridan biri, bu spektakllarning bilan bir boshqa teatrlar postanovkasiga
o`xshamasligi, ya’ni ularda SHekspir tt’oyalariga mushtarak tarzda o`zbekona dunyoqarash va 
badiiy qadriyatlarning ifoda etilishida deb bilish mumkin. Keng ko`lamda avj olgan shunday
ijodiy jarayonlardan so`ng Abror Hidoyatov, SHukur Burhonov, Olim Xo`jayev. Sora 
eshonto`raeva kabi o`nlab yuqori iqtidorli drama ustalari va Lutfixonim Sarimsoqova, Razzoq
Hamroyev, Mahmudjon G`ofurov singari ko`plab musiqali drama ustalarining etishib chiqishi 
o`zbek teatrining boshdanoq mustahkam zaminga evrilib, so`ng jahon teatri tajribalirini ijodiy
o`zlashtirgan holda jadal taraqqiy topishining tabiiy mahsuli ekani o`z-o`zidan ayon bo`ladi. 
Prezidentimiz Islom Karimov O`zbek Daviat akademik drama teatrining ochilishi
marosimida (2002-yilning 30-avgustida) so`zlagan nutqida: Necha yillar davomida o`zining 
beqiyos san’ati va mahorati, klassik asarlarning betakror ijrosi bilan bu teatr nafaqat milliy
san’atimiz muxlislarini, balki dunyodagi manaman degan teatrlarning mashhur rejissor va 
aktyorlarini, ularning eng nozikta’b teatrshunos va mutaxassislarini ham hayratda qoldirgani
ma’lum», — der ekan, mutlaqo haq edi. Prezidentimizning bu nutqi o`zbek teatri tarixni anglash 
va uning keyingi rivojida katta ahamiyatga egadir. «Bugun, Vatanimiz, yurtimiz XXI asrga
qadam qo`yib, o`zining buyuk kelajagi sari intilayotgan, bu yo`dagi barcha harakatlarimiz imon-
e`tiqod tuyg`usi bilan yo`g`rilib, kuchayib borayotgan bir paytda, — deb uqtirdi Prezident, —
o`z tarixiy ildizlarimizni, shu jumladan, san’atimiz, milliy teatrimiz tarixini chuqur anglash, 
undan saboq olish haqida gapirishimiz har jihatdan o`rinli bo`ladi, deb o`ylayman». Bu
da’vatkorona so`zlar teatr haqidagi ilm-fanni rivojlantirishda ham alohida qimmatga ega. 
O`zbek teatrining rivojlanishi davomida uni o`rganish, tadqiq etishga qaratilgan alohida
ilm sohasi — teatr tanqidchiligi va teatrshunoslik fani tarkib topdi. M.Uyg`ur nomidagi San’at 
institutidan oliy malakali teatrshunos kadrlarning etishib chiqishi bilan, 1950-yillardan e’tiboran
o`zbek tcatrining o`tmishi va zamonaviy jarayonini ilmiy o`rganishda yangi davr boshlandi. 
O`zbek teatrining alohida davrlari, aktyorlik, rejissorlik san’ati muammolari, aktyor va
rejissorlarning ijodiy yo`llari haqida o`nlab monografiyalar, kitoblar chop etildi. Akademik M. 
Rahmonovning ikki jilddan iborat «Hamza nomli O`zbek Davlat akademik drama teatri tarixi»
(2001-y.), «Istiqlol va milliy teatr» (2001-y.) maqolalar to`plami, M. Qodirovning «Tomosha 
san’ati o`tmishidan lavhalar» (1993-y.), SH. Rizayevning «Jadid dramasi» (1997-y.), T.
Islornovning «Tarix va sahna» (1998-y.), T. Tursunovning «O`zbek teatri tarixi» (2002-y.) 
dasturiy qo`llanmasi teatrshunoslik ilmining keyingi yillar mahsuli hisoblanadi.
«Milliy teatrimiz tarixini chuqur anglash» haqida so`z borayotgan ekan, teatrshunoslik 
fani oldida uning ayrim muammolari bo`yicha ilmiy monografiyalar qatori darslik va o`quv
qo`llanmalari yaratish dolzarb vazifa bo`lib qolmoqda. Taassufki, hozirga qadar oliy o`quv 
yurtlari, litsey va kollejlar talabalari uchun mo`ljallangan qo`llanmalar yaratilganicha yo`q.
Qo`lingizdagi qo`llanma shu yo`nalishdagi ilk izlanish hisoblanadi. 
O`zbek milliy teatr san`atining yaratilishi va rivojlanishi uzoq asrlarga kelib taqaladi.
Akademik Mamajon Rahmonov o`zining ilmiy izlanishlarida O`rta Osiyoda aynan, yurtimizda 
teatr elementlari eramizdan oldin III-I asrlarda dunyoga kelganligini isbotlab bergan. Topilgan
arxeologik ashyolar, xususan, sopol parchalari, ayollarning turli bezaklariga chizib qoldirilgan 
suratlarda hatto, Evripid tragediyalarining qahramonlari va voqealari ham tasvirlanganligi
isbotlangan. Lekin bu dramaturgning tragik asarlari qaerda o`ynalgan va sahnalashtirilgan? 
Respublikamizda YUnon amfiteatriga o`xshagan binolar mavjud edimi? Surxondaryo vohasida,
Termiz shahri yonida (avvalgi Oy-xonim shahri) eramizdan avvalgi III-I asrlarda bunyod etilgan 
amfiteatr qoldiqlari topilgach, bu savoollar oydinlashdi. SHu bilan birga, qiziqchi – masxaraboz
aktyorlarining niqoblari va ularning kichkina-kichkina xaykalchalari (statuetka)ning 
Samarqandning Afrosiyob tumanida topilganligi mamlakatimiz xududida an`anaviy xalq
tomosha san`atiga asoslangan maydon tomoshalari ham mavjud bo`lganligini ko`rsatadi. Bu 
san`at turi tobora rivojlana borib, asrlar davomida asta sekin o`zbek xalqining urf-odatlari, rasm-




32


rusumlari bilan bog`lanib ketdi.
Teatr san`atining masxarabozlik va qiziqchilik hamda qo`g`irchoq o`yinlaridan iborat 
turlari Evropa uslubidagi teatr rivojlanishiga ham katta turtki bergan. XIX asrning oxiri - XX
asrning boshlarida Turkiston hududiga Evropa shaklidagi teatr kirib kela boshlagan. 
Ma`rifatchilar Zokirjon Furqat, Ahmad Donish, Mahmudxo`ja Behbudiy, Abdulla Avloniy,
Mannon Uyg`ur, Abdurauf Fitrat, CHo`lpon va Hamza Hakimzoda Niyoziylar yangi shakldagi 
teatrning asoschilaridan bo`ldilar.
1911 yili Mahmudxo`ja Behbudiyning (1875-1919) "Padarkush" nomli dramasi dunyoga 
keldi. 1914 yilning 15 yanvarida Samarqand shahrining «Xalq uyi»da sahna yuzini ko`rdi,
so`ngra fevral oyida Toshkentda Abdulla Avloniyning "Turon" truppasida sahnalashtiriladi. 
Hozirgi O`zbek Milliy akademik drama teatri aynan shu kuni dunyoga keladi.
Ushbu teatr faoliyatini rivojlantirishda va mustahkamlashda Mannon Uyg`ur bilan bir 
qatorda taniqli aktyorlar Abror Hidoyatov, Ma`suma qorieva, Sora eshonto`raeva, Etim
Bobojonov, Zamira Hidoyatova, Mariya Kuznetsova, Sa`dixon Tabibullaev, SHarif qayumov, 
Olim Xo`jaev, SHukur Burhonov, Nabi Rahimov va boshqa zabardast san`atkorlarning
xizmatlari katta. Ular zamonaviy o`zbek teatr san`atining poydevorini yaratdilar.
Bugungi kunda Toshkent shahri, qoraqalpog`iston Respublikasi va barcha viloyatlarda
ja`mi 37 ta davlat teatri mavjud bo`lib, ularda har yili 120-150 tagacha yangi original sahna 
asarlari yaratiladi. SHu jumladan, Toshkent shahrida 10 ta teatr va 1 ta "Diydor" teatr-studiyasi
mavjud. SHuningdek, Respublikamizda "Ilhom", "Aladin", "Turon", "Muloqot", "Eski machit" 
singari ko`plab nodavlat teatr-studiyalari hamda havaskorlik jamoalari mavjud bo`lib, ularda
teatr san`atining barcha janr va yo`nalishlarida qizg`in ijodiy jarayon davom etmoqda. 
Qadimgi o`zbek teatrining repertuari va xarakteri. Tarixiy sharoit va madaniy muhit.
Qadimgi o`zbek teatrining repertuari va xarakteri. O`zbek aktyorlik san`atini o`ziga xos 
xususiyatlari va uning badiiy mahorat darajasi. O`zbek teatrining g`oyaviy estetik asoslari.
O`zbek teatr san`atida o`zbek aktyorlik san`atining o`ziga xos xususiyatlari. O`zbek 
qo`shiqchilari, yallachilari, sozandalari va o`yinchilari hamda aktyorlari haqida.
Temuriylar davrida o`zbek milliy san`ati. Amir Temur va Temuriy shoxlar davrida 
Markaziy Osiyoda madaniyat, ilm-fan, ma`rifat gullab yashnagan. O`zbek milliy teatrining
negizi qadimiy bayramlar, qiziqchilik, qo`g`irchoqbozlik, teatrlashgan tomoshalar, marosimlar, 
maydon namoyishlari, an`anaviy teatr raqs san`ati hamda tsirk o`yinlari haqida.
O`zbek milliy an`anaviy tomoshalari, namoyishlari, milliy madaniy merosning muhim bir 
turi sifatida qarab, kelajakda undan unumli foydalanganliklari haqida.
XVII-XIX asr boshlarida o`zbek teatri. Buxoro xonligi teatr san`ati, Xorazm xonligi teatr 
san`ati, Qo`qon xonligi teatr san`ati, hamda o`sha davrning va xonliklardagi aktyorlik san`ati
haqida.
Turkistonda rus teatri faoliyati. Rossiya tomonidan O`rta Osiyoni bosib olinishi, rus va
yangi ozarbayjon, yangi tatar teatrlarini Turkistonga kirib kelishi va o`sha erli ziyolilar orasida 
ushbu san`atga qiziqishning kuchayishi.

Ovro`pa usulidagi teatrning Turkistonga kirib kelishi va uning hozirgi zamon


o`zbek milliy teatr shakllanishiga ta`siri. Turkistonda rus, ozarbayjon, tatar, arman teatr 
aloqalarini boshlanishi va uning yangi o`zbek teatri barpo topishidagi o`rni.
O`zbek teatr va dramaturgiyasining dastlabki qadami. O`zbek teatr sahnasida o`zbek 
yozma dramaturgiyasining vujudga kelishi va sahna yuzini ko`rishi, hamda dastlabki qadamlari.
Toshkentda «Turon» truppasining ochilishi va uning yangi o`zbek teatrining shakllanishi. 
Birinchi o`zbek milliy teatr truppasi Turon teatrining tashkil topishi 1913 yilning oxirida. Truppa
rahbari Abdulla Avloniy va uning faoliyati. Turon truppasining nizomi va uning davlat adliya 
idoralari tomonidan tasdiqlanishi hamda uning o`lka teatrchilik harakatlaridagi o`rni. 1914-18
yillarda turon teatrining faoliyati va repertuari. 1916 yildan e`tiboran truppaga Mannon Uyg`ur 
kirib kelishi.
O`zbek teatr tanqidchiligini boshlanishi va yangi o`zbek teatrining shakllanishi. YAngi 
o`zbek teatri sahnasida 1914 yilning 27 fevralida M.Behbudiyning «Padarkush» asari «Kolizey»
teatri binosida qo`yiladi. Spektaklni Ali Asqar Asqarov sahnalashtiradi. 1914 yil Nusratilla 



33


Qudratilloning «To`y» p’esasini ko`rsatilishi «Istanbul», «Badbaxt kelin», «Baxtsiz kuyov»,
«Zaxarli hayot» va boshqa p’esalarning sahnalashtirilishi. Spektakl’ rejissyorlari va aktyorlari.
O`zbekistonda jadidlar harakati va o`zbek milliy teatri. Jadidlarning Turkiston matbuoti
sahifasida yangi o`zbek teatrini targ`ib etishlari, M.Behbudiy «Padarkush» (1911), Munavvar 
Qori Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy «Advokatlik osonmi?» (1914), Nusratilla Qudratillo
«To`y» (1914), Xoji Mu`in SHukrullo «Eski maktab yangi maktab», «Mazluma xotin», 
«Ko`knori» (1916), Abdullo Qodiriy «Baxtsiz kuyov» (1914), Hamza «Zaxarli hayot» (1915)
p’esalari.
Mahmudxo`ja Behbudiy Samarqand yaqinidagi Baxshiyona qishlog`ida ruhoniy oilasida
tug`ilgan. Avval u eski maktabda, so`ng madrasada tahsil ko`radi va XX asrning boshlaridan 
jo`shqin ma’rifatparvar sifatida ko`rina boshlaydi. Yangi usuldagi maktablar ochadi, darsliklar
yaratadi, gazeta va jurnallar chop ettirib, o`zga xalqlar ilg`or tajribalarini o`zlashtirish, 
zamonaviy bilimni egallash haqida ko`plab maqolalar e’lon qiladi.
Mahmudxo`ja Behbudiyning milliy g`oya, erkinlik ideallarini targ`ib etishda eng 
ommabop hisoblanmish milliy teatr san’atini barpo etish dasturi bilan maydonga chiqishi ayniqsa
katta ahamiyatga ega bo`ldi. U o`zi noshir va muharrir bo`lgan «Oyna» jurnali orqali teatr 
san’atini uzluksiz ravishda targ`ib etadi. «Teatr nadur?», «Turkistonda birinchi milliy teatr»,
«Teatr, musiqa, she’r» kabi maqolalari bilan O`zbekistonda teatr tanqidchiligini boshlab 
berganlardan biri bo`ldi. Uning tashabbusi va da’vati bilan Nusratillo Qudratullo, Hoji Muin
SHukrullo, Abdulla Badriy kabi yosh adiblar dramaturgiyaga kirib keladilar. Mahmudxo`ja 
Behbudiyning o`zi esa «Padarkush yoxud o`qimagan bolaning holi» (1911) p`esasini yaratish
bilan ko`plab yosh ziyolilarga namuna ko`rsatdi. 
U zulm va jaholatga qarshi ayovsiz kurash olib bordi. 1919-yili erkinlik dushmanlari
qo`lida vahshiylarcha o`ldirildi. 
Mahmudxo`ja Behbudiy teatr haqida
Teatr — ibratnomadur... Hech kimni rioya qilmasdan to`g`ri so`zlaguvchi va ochiq 
haqiqatni bildiruvchidir... Umumiy odatlarni nafi va zararidan paydo bo`laturg`on natijalarni
teatrxonada aynan ko`rsaturlarki, har kim mundan ta’sirlanib, yomon odatlarni tark etib, 
yaxshilikni ziyoda ishlamoqg`a sabab bo`lur... teyotr xonalari masxarabozxona bo`lmay, balki
ibratxonadur, mushaxxis-aktyor muallimi axloqdurlar. 
M.Behbudiyning «Padarkush» birinchi o`zbek yozma asari va uni sahnalashtirish.
Birinchi Samarqandda so`ng Toshkentda, Qo`qon, Kattaqo`rg`on, Buxoro, Andijon, Namangan 
shaharlarida sahnalashtirilgan. «Padarkush» p’esasi avvalo milliy dramaturgiya va yangi teatr
san`atining ilk namunasi bo`lsa, ikkinchidan o`sha shaharlarda nisbatan muntazam va 
muvafaqqat teatr tashkil topishi. O`zbek yozma milliy dramaturgiyaning shitoblanishi.
«Padarkush» asari Turkiston voqeligining XX asr 10-yillaridagi buyuk madaniy va ijtimoiy 
voqealaridan bo`lib qolishi.
O`zbek teatri san`atini ilk davri. Teatr haqida umumiy tushuncha. Teatr san`atining 
boshqa san`at turlaridan farqi. Teatr janrlari. Teatr san`atining ko`p shaklliligi, uning turlari va
janrlarining farq qilishi o`zbek milliy teatri misolida.



Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə