O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti “menejment” kafedrasi



Yüklə 1,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə127/148
tarix12.04.2023
ölçüsü1,69 Mb.
#105277
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   148
BIZNESNI REJALASHTIRSH (O\'QUV-USLUBIY MAJMUA)

Keys №2 
Korxonangizning marketing kontseptsiyasida foydalanish uchun quyida sanab 
o’tilgan shart-sharoitlar qay darajada yetarli ekanligini tahlil qiling: 
a) bozor, ya’ni taklifning talabdan o’sishi; 
b)
 
bozorda raqobat, xaridor uchun kurash; oligopoliya (bir nechta raqobatchi, ko’p 
sonli ta’mi№tchilar); 
v) ma’muriy-buyruqbozlik sarqitlaridan xoli bo’lgan erkin bozor mu№sabatlari; 
g) korxona ma’muriyatining to’liq mustaqilligi (oylik maosh miqdorini belgilash); 
d) ishchi kuchining erkin ko’chib yurishi (migratsiyasi); 
e) bir korxonadan boshqa korxonaga, bir tarmoqdan boshqa tarmoqqa kapitalni 
o’tkazishda 
cheklovlarning 
yo’qligi. 
Foyda 
dividend 
keltiradigan 
holda 
joylashtiriladi. 
Keys №3 
«INTELECT-LTD» O’zbek – Koreya qo’shma korxonasi: 
Sifat yoxud Miqdor: Yangi Marketing strategiyasini qo’llash 
 
«INTELECT-LTD» qo’shma korxonasi general direktori Yuldosh Ochilov o’z 
ofisida kompaniyaning kelgusi davrdagi strategiyasi haqqida o’ylab o’tiribdi. Ofis 
shinamgina bo’lib, majlis o’tkazishga va tushlik vaqtidagi bo’sh paytlarda va ishdan 
so’ng ko’pincha ishlashga juda qulay. Yuldosh Ochilov kasbi bo’yicha injener-
iqtisodchi bo’lib, Rossiyaning mashhur universitetlaridan birini tamomlagan. Hozirda 
Soliev o’zining aksariyat vaqtini raqobatchi korxonalar strategiyasini o’rganishga va 
yangi investitsion loyihalar qidirishga sarflamoqda.
Uning stoli yonida ixchamgina kitob javoni bo’lib, u yerda nemis va ingliz 
tillarida yozilgan biznesga oid kitoblar taxlab qo’yilgan. Bundan tashqari Soliev 
internet yordamida metal tom yopqich ishlab chiqaruvchi korxonalar bilan 
taqqoslama tahlil va yangi investitsion loyihalarni o’zlashtirish ustida ishlash 
borasida ham anchagina tajriba orttirdi. Ushbulardan charchagan paytda ko’k choyni 
xush ko’rib mahsulot sifatini oshirish haqida fikrlash unga huzur bag’ishlaydi.
Metal tom yopqichlar ishlab chiqarish sohasida yetakchilik qilish oson bo’lib 
qolmasdan, “1999 yilning eng yaxshi kompaniyasi” deb tan olinishi korxonani 
maqtovdan mag’rurlanib o’z ustida ishlashni to’xtadi degan fikrga kelish aytish 
mumkin emas. Bir qator sabablarga ko’ra kompaniyaning sof foydasi avvalgi yillarga 
nisbatan anya kamayganligini kuzatish mumkin. 
«INTELECT-LTD» qo’shma korxonasining hozirgi muvaffaqiyatlariga 
qaramasdan Yuldosh Ochilov hozirda raqobatda mahalliy kompaniyalarning 
strategiyalariga qarshi javob berish masalalari tashvishlantiradi. Metal tom yopqich 
ishlab chiqarish mahalliy ishlab chiqaruvchular tomonidan o’zlashtirilgan bo’lib, ular 
past baho strategiyasi bo’yicha raqobatga kirishadilar. Lekin bunday vaziyatda 
korxona o’z bozor ulushini kengaytirish maqsadida davlat korxonalari buyurtmalar 
qabul qilish bo’yicha aloqani mustahkamlash, tender loyihalarida ishtirok etish 
strategiyalarini qo’llashga urinadi. 


Hozirda yashil, qizil va ko’k ranglardagi tom yopqichlar Toshkentdagi va 
mamlakatimizning boshqa shaharlarida ko’pgina uy va binolarni bezamoqda. G’arbiy 
yevropa stili mahalliy aholi didiga to’g’ri kelmoqda. 
Hozirda siz olis bir rayonning mahallasiga yo’lingiz tushsa, uchli shakldagi 
qo’rilgan tom yopqichlar bilan qoplangan “Yangi o’zbek” uylarini ko’rib 
ajablanmasangiz ham bo’ladi. Avvallari bunday shakldagi uylarni kishilar faqatgina 
Koreya, Gollandiya yoki Belgiyaga xizmat safari yoxud tijorat ishlari bilan borganda 
uchratishar edi.
Toshkent markazidagi yangi binolar, mustaqillik maydonida barpo etilgan 
“Xotira maydoni”, shinam kafelar, kichkina do’konchalar – bularning hammasi 
keyingi yillrdagi yangi yopqich arxitektura ko’rinishidir.

Yüklə 1,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   148




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə