O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti “menejment” kafedrasi



Yüklə 1,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə128/148
tarix12.04.2023
ölçüsü1,69 Mb.
#105277
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   148
BIZNESNI REJALASHTIRSH (O\'QUV-USLUBIY MAJMUA)

Kompaniyaning qisqacha tarixi 
«INTELECT-LTD» O’zbek–Koreya qo’shma korxonasi O’zbekiston qurilish 
sanoati sohasida eng yetakchi bo’lgan qo’shma korxonalardan biri bo’lib, asosan 
metal tom yopqichlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgandir. “Qo’shma korxona 1997 
yilda tashkil etilgan bo’lib, uning ta’sischilari yuqori texnologiyalar sohasidagi 
yetakchi hisoblangan Koreyaning HS-Cosult kompaniyasi va O’zbekistonning 
xususiy El Tim firmasidir, HS-Consult kompaniyasi qo’shma korxona ustav 
kapitalining 87% ulushiga egalik qiladi” deb ta’kidlaydi qo’shma korxona general 
direktori Yuldosh Ochilov.
Ishlab chiqarish va kompaniya faoliyatining joriy yo’nalishlari 
2002 yilda qo’shma korxonaning sotuv hajmi 1200 mln. so’mni tashkil etdi. 
Korxona bir yilda 500 ming kv.m tom yopqich ishlab chiqara oladi. Bugungi kunda 
«INTELECT-LTD» qo’shma korxonasi turli xil rang va o’lchamdagi tom yopqich 
materiallarini taqdim etmoqda. 2003 yilgacha aksariyat buyurtmalar (60-70%) davlat 
tashkilotlari tomonidan amalaga oshirilgan edi, bu vaqt davomida korxona 
Respublikamiz miqyosidagi kollejlar qurilishida faol ishtirok etdi. 
Hozirda ushbu ko’rsatkich, ya’ni buyurtmalar asosan xususiy sektor tomonidan 
amalga oshirilmoqda. Qo’shma korxona buyurtmalarini to’g’ridan-to’g’ri marketing 
bo’limi qabul qiladi va bevosida ishlab chiqarish bo’limiga topshiriladi.
Hozirgi paytda qo’shma korxona 20 turdan ortiq turli tom yopqichlar va uning 
aksessuarlarini, metal panjaralar va eshiklarni ishlab chiqaradi. Sifatli tayyor xom 
ashyo material rulonlari Gollanidiyaning Finish Profiles BV kompaniyasi, Finlandiya 
va Koreyadan import qilinadi. Ishlab chiqarilgan mahsulot nafaqat O’zbekistonda, 
balki qo’shni mamlakatlar Qozog’iston, Qirg’iziston va Tojikistonga eksport ham 
qilinadi. 
Qo’shma korxona Koreyaning Mehen firmasining jihozlari o’rnatilgandan 
so’ng mahalliy xom-ashyodan masulot tayyorlash yo’lga qo’yildi. Eng asosiysi 
ushbu uskuna jihozlari hech qanday chiqindilarsiz ishlashini hisobga olgan holda, 
korxona mahsulot ishlab chiqarishada tannarxni pasaytirishga erishdi.
Bundan tashqari 2002 yilda qo’shma korxonada dekorativ (bezakli) temir 
mahsulotlari ishlab chiqarish tashkil etildi.


Polimer 
qoplamalarini 
qo’llash 
uchun 
«INTELECT-LTD» 
qo’shma 
korxonasida Nemis firmasi «Meen» jihozlari yordamida mahalliy xom-ashyodan tom 
yopqichning 20 turdan ortiq turi ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi. CHiqindisiz 
ishlashga asoslangan nemis jihozlari yordamida mahsulot tannarxini pasayishiga olib 
keldi. Bundan tashqari 2002 yilda temirdan tayyorlanadigan ijodiy buyumlar ishlab 
chiqarish tsexi ishga tushirildi. 
 
«INTELECT-LTD» qo’shma korxonasi komplektda tomni yig’ish uchun 
barcha kerakli ishni tezda amalga oshiradi. Uning komplekti tarkibiga: turli rangdagi 
metal tom yopqichlar, yarimaylana va keng sathli konьki, tomning egilgan detallari
boshqa maqsadlardagi keng listlari, listlarni bir-biriga bog’lovchi boltlar, teshiklarni 
to’suvchi koplamalari kabilardan iborat. 

Yüklə 1,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   148




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə