O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti «Himoyaga ruxsat etildi»



Yüklə 344,6 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/11
tarix27.12.2023
ölçüsü344,6 Kb.
#163245
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
ijtimoiy-madaniy faoliyatda ijtimoiy hamkorlikning namoyon bolishi va jamiyat taraqqiyotidagi orni

 
 
 
 


30 
II. BOB. IJTIMOIY-MADANIY HAYOTDA IJTIMOIY 
HAMKORLIKNING NAMOYON BO”LISHI VA JAMIYAT 
TARAQQIYOTI
2.1. Ijtimoiy hamkorlik jamiyat taraqqiyotini ta'minlovchi muhim 
sub’yekt sifatida 
Har qanday davrda jamiyatda kechayotgan ijtimoiy jarayonlar jamiyat a'zolari 
manfaatlarini ifodalagandagina ijtimoiy taraqqiyotning asosi bo‘la oladi. 
O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan islohotlar va uning 
ishtirokchilarining o‘zaro hamkorligi shubxasiz O‘zbekistonning nafaqat ijtimoiy-
iqtisodiy taraqqiyotini taminlamoqda, balki uning jahon hamjamiyatida munosib 
o‘rin egallashiga xizmat qilmoqda.
Fuqarolik institutlari, nodavlat notijorat tashkilotlari hozirgi kunda 
demokratik qadriyatlar, inson huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini 
himoya qilishning muhim omiliga aylanmoqda, fuqarolarning o‘z salohiyatlarini 
ro‘yobga chiqarishi, ularning ijtimoiy, sotsial-iqtisodiy faolligi va huquqiy 
madaniyatini oshirish uchun sharoit yaratmoqda, jamiyatda manfaatlar 
muvozanatini ta’minlashga ko‘maklashmoqda.

2008 yil 3 iyulda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi 
va Senatining qo‘shma qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 
huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa 
institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi tashkil qilinishi hamda Jamoat fondi 
mablag‘larini boshqarish bo‘yicha parlament komissiyasining tuzilishi ijtimoiy 
sheriklikning rivojlanishida yana bir muhim amaliy qadam bo‘ldi. 
So‘nggi uch yil ichida turli ijtimoiy muammolarni hal etishga qaratilgan 
loyihalarni amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 
huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa 
institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan fuqarolik jamiyati 
institutlariga 11 mlrd. so‘mdan ortiq mablag‘ ajratildi. Mamlakatimiz rahbari 
1
Karimov I.A. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini 
rivojlantirish konsepsiyasi-Toshkent: O`zbekiston. 2010. –B. 42. 


31 
tomonidan belgilangan mamlakatni ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlaridan kelib chiqqan holda 2010 yilda Jamoat 
fondi tomonidan bir qator yo‘nalishlar bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish 
bo‘yicha shartnomalar tuzilgan. 
Mamlakatda demokratik o‘zgarishlarni yanada rivojlantirishga hamda bunda 
nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining 
ishtirok etishiga ko‘maklashish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 
huzurida Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa 
institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi tuzildi. 
Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi: 
O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjetidan, qonun hujjatlarida 
taqiqlanmagan boshqa manbalardan olinadigan mablag‘larni jamlaydi, bu 
mablag‘lar nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa 
institutlari faoliyatini rivojlantirishni rag‘batlantirish hamda qo‘llab-quvvatlashga, 
ijtimoiy, iqtisodiy, gumanitar masalalarni hal etishda ularning ishtirok etishiga 
qaratilgan dasturlarni amalga oshirish uchun taqsimlanishini tashkil etadi; 
mablag‘larni keyinchalik nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik 
jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlashga taqsimlash uchun 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va 
Toshkent shahar Kengashlari huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va 
fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondlariga 
yo‘naltiradi; 
nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolik jamiyati boshqa 
institutlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularga huquqiy maslahat, 
tashkiliy, texnik jihatdan va boshqa xil yordam ko‘rsatish bilan bog‘liq dasturlar 
hamda loyihalarni amalga oshirishda ko‘maklashadi. 
Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondining faoliyatini tashkil etish tartibi 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tomonidan belgilanadi. 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat 
tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash 


32 
jamoat fondi mablag‘larini boshqarish bo‘yicha parlament komissiyasi nodavlat 
notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini rivojlantirish 
hamda ularning mamlakatda demokratik o‘zgarishlarni amalga oshirishda va 
jamiyatni erkinlashtirishda ishtirok etishiga ko‘maklashish maqsadida tuziladi. 
Parlament komissiyasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 
Qonunchilik palatasi deputatlari, Senati a'zolari, adliya va moliya vazirliklarining, 
nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining 
vakillari orasidan rais, uning o‘rinbosari, mas'ul kotib va komissiya a'zolaridan 
iborat tarkibda shakllantiriladi. 
Parlament komissiyasi quyidagi vazifalarni ado etadi: 
·
Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi mablag‘larining nodavlat notijorat 
tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-
quvvatlash uchun taqsimlanishini tashkil etadi, nodavlat notijorat 
tashkilotlarining, fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining va davlat 
organlarining takliflarini o‘rganish asosida aniq ijtimoiy-iqtisodiy 
masalalarni hal etishga, fuqarolarning ijtimoiy faolligini yanada 
oshirishga qaratilgan sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik dasturlar 
hamda loyihalarni moliyalashtirish dasturlarini ishlab chiqadi; 
·
Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi mablag‘larini taqsimlashda 
ochiqlik va shaffoflikni ta'minlaydi, nodavlat notijorat tashkilotlari va 
fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini rivojlantirish hamda ular 
faoliyatining samaradorligini oshirish, ularning o‘tkazilayotgan sotsial-
iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy islohotlarda, demokratik qadriyatlarning, 
fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining 
himoya qilinishini ta'minlashda ishtirok etishi masalalarini muhokama 
qilishga jamoatchilikni jalb etadi; 
·
joylardagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining 
boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash uchun mablag‘larning 
hajmlarini Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq 
deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari huzuridagi 


33 
ijtimoiy sheriklik bo‘yicha jamoat komissiyalarining buyurtmalari 
asosida aniqlaydi hamda taqsimlaydi, ushbu komissiyalar faoliyatiga 
uslubiy rahbarlikni ta'minlaydi; 
·
Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi mablag‘laridan maqsadli va 
samarali foydalanilishi, ushbu jamoat fondi tomonidan 
moliyalashtiriladigan dasturlar hamda loyihalar ustidan nazoratni
amalga oshiradi, o‘z majlislarida moliyalashtirilayotgan dasturlar 
hamda loyihalar amalga oshirilishining borishi va natijalari to‘g‘risida 
nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolik jamiyati boshqa 
institutlarining hisobotlarini, mahalliy davlat hokimiyati organlarining 
axborotini eshitadi, ijtimoiy sheriklikni yanada rivojlantirishga doir 
zarur tavsiyalarni ishlab chiqadi va topshiradi; 
·
ijtimoiy ahamiyatga molik dasturlar va loyihalarni amalga oshirishda 
nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolik jamiyati boshqa 
institutlarining davlat organlari bilan hamkorligini chuqurlashtirishga, 
ijtimoiy hayotni demokratlashtirishda nodavlat notijorat 
tashkilotlarining va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining rolini 
kuchaytirish jarayonlariga ko‘maklashadi; 
·
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari va normativ-huquqiy hujjatlar 
loyihalarining jamoatchilik muhokamasini, jamoatchilik ekspertizasini 
tashkil etishda davlat organlariga yordam ko‘rsatadi, mamlakatda 
amalga oshirilayotgan demokratik o‘zgarishlarning mohiyati va 
ahamiyatini aholiga tushuntirish bo‘yicha tizimli ishlar olib boradi
·
ijtimoiy sheriklik sohasida ko‘rib chiqilayotgan masalalar yuzasidan 
qarorlar qabul qiladi va ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga 
oshiradi; 
·
bajarilgan ishlar to‘g‘risida har yili O‘zbekiston Respublikasi Oliy 
Majlisi Qonunchilik palatasiga va Senatiga axborot taqdim etadi; 
·
o‘z faoliyati to‘g‘risida jamoatchilikni xabardor qiladi. 


34 
·
Parlament komissiyasi Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondining 
vasiylik kengashi vazifasini bajaradi. 
Parlament komissiyasining faoliyatini tashkil etish tartibi O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tomonidan belgilanadi. 
Bugungi ijtimoiy hayot ijtimoiy va siyosiy faollikni yanada oshirishni talab 
etmoqda. Faqat xalq irodasiga, fuqarolarning o`tkazilayotgan islohotlardagi faol 
ishtirokiga, ularning yurtimizda amalga oshirilayotgan tub o`zgarishlarni 
tushunishi va qo`llab-quvvatlashiga tayangan holda, mamlakatni yangilash va 
modernizatsiya qilishning maqsad va vazifalarini ro`yobga chiqarish mumkin. 
Shuningdek, hokimiyatning vakillik va ijro etuvchi organlarini shakllantirishda 
nodavlat notijorat tashkilotlarining faol ishtiroki uchun zarur tashkiliy-huquqiy 
sharoitlar yaratish lozim.

Ayni shu maqsadda, nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolik jamiyati 
boshqa institutlarining tashabbuslarini rivojlantirish hamda rolini kuchaytirish, 
shuningdek ularning joylarda sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik masalalarni hal 
etishdagi ishtirokini rag‘batlantirish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi 
Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari 
tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq jamoat fondlari tuzilishi mumkin. 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar 
va Toshkent shahar Kengashlari huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va 
fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash yuzasidan jamoat 
fondlari quyidagilarni amalga oshiradi: 
·
mahalliy byudjetdan va Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondidan 
olinadigan mablag‘larni, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik 
xayriyalarini, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablag‘larni 
jamlaydi; 
·
jamlangan mablag‘lardan nodavlat notijorat tashkilotlarining va 
fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining faoliyatini, ularning 
1
Nazarov Q. umumiy tahriri ostida. Fuqorolik jamiyati institutlari faoliyatida ish olib borishning samarali usul va 
uslublaridan foydaanish” mavzusidagi seminar –trening materiallari. Toshkent. 2009. - B. 70. 


35 
joylardagi sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik masalalarni hal 
etishdagi ishtirokini qo‘llab-quvvatlash uchun foydalanilishini tashkil 
etadi; 
·
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish hamda 
amalga oshirishga, gumanitar masalalarni hal etishga, fuqarolarning 
huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga 
ko‘maklashadi. 
Jamoat komissiyalari tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i 
Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining 
deputatlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar 
hamda Toshkent shahar hokimliklarining, adliya va moliya organlarining, 
shuningdek boshqa davlat organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining hamda 
fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining vakillari orasidan rais, uning o‘rinbosari, 
mas'ul kotib va komissiya a'zolaridan iborat tarkibda shakllantiriladi. 
Jamoat komissiyalari nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolik jamiyati 
boshqa institutlarining mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan sotsial va 
ijtimoiy ahamiyatga molik dasturlar hamda loyihalarni amalga oshirishdagi 
hamkorligini chuqurlashtirishga ko‘maklashadi, ularning takliflarini o‘rganish 
asosida ijtimoiy sheriklikning ustuvor yo‘nalishlarini aniqlaydi,nodavlat notijorat 
tashkilotlarining va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining joylarda ijtimoiy, 
sotsial-iqtisodiy masalalarni hal etishga qaratilgan sotsial hamda ijtimoiy 
ahamiyatga molik dasturlari va loyihalarini qo‘llab-quvvatlashga, ularni amalga 
oshirish uchun mablag‘larning zarur hajmlarini aniqlashga doir tavsiyalar ishlab 
chiqadi hamda tegishli buyurtmalarni Parlament komissiyasiga yuboradi, 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va 
Toshkent shahar Kengashlari huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va 
fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondlari 
mablag‘larining samarali taqsimlanishini tashkil etadi, Shuningdek ulardan 
maqsadli foydalanilishi ustidan monitoringni amalga oshiradi, tegishli hududda 
ijtimoiy, sotsial-iqtisodiy rivojlantirish masalalarini hal etishda ijtimoiy sheriklik 


36 
holatining monitoringini va baholanishini amalga oshiradi, zarur hollarda, mazkur 
yo‘nalishdagi ishlarni takomillashtirishga doir aniq tadbirlarni ishlab chiqadi,
ijtimoiy sheriklik sub’yektlari o‘rtasida manfaatlarni kelishib olishga va 
birgalikdagi faoliyatning ustuvor yo‘nalishlarini ishlab chiqishga qaratilgan 
maslahatlashuvlar hamda muzokaralarni tashkil etadi va o‘tkazadi, ular o‘rtasida 
bitimlar va shartnomalar tuzishga, shuningdek ularning ijro etilishiga 
ko‘maklashadi, ijtimoiy sheriklik sohasida ko‘rib chiqilayotgan masalalar 
yuzasidan qarorlar qabul qiladi va ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga 
oshiradi va o‘z faoliyati to‘g‘risida jamoatchilikni xabardor qiladi. 
Jamoat komissiyalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq 
deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari huzuridagi nodavlat notijorat 
tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash 
jamoat fondlarining vasiylik kengashi vazifasini bajaradi. 
Jamoat komissiyalari o‘z faoliyatini tegishincha Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar 
Kengashlari tomonidan tasdiqlanadigan reglamentga muvofiq amalga oshiradi. 
Jamoat komissiyasining namunaviy reglamenti Parlament komissiyasi 
tomonidan tasdiqlanadi.Jamoat komissiyalari faoliyatini tashkiliy-texnik jihatdan 
ta'minlash mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan amalga oshiriladi. 
Davlat subsidiyasi sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik faoliyatni amalga 
oshirayotgan nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa 
institutlarini qo‘llab-quvvatlash uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat 
byudjeti, davlat maqsadli jamg‘armalari mablag‘lari hisobidan beriladigan hamda 
aniq loyihalar bilan bog‘liq bo‘lmagan moliyaviy yoki boshqa moddiy ko‘makdir. 
Davlat subsidiyalaridan faqat nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolik 
jamiyati boshqa institutlarining ustavida belgilangan maqsad va vazifalarni 
bajarish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash hamda ijtimoiy foydali 
maqsadlarga erishish uchungina foydalaniladi. 


37 
Nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari 
davlat subsidiyasini olish uchun Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondiga 
buyurtmalar bilan murojaat etadi. 
Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi nodavlat notijorat tashkilotlarining va 
fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining buyurtmalarini umumlashtiradi, 
subsidiyalash hajmlariga doir takliflarni tayyorlaydi hamda ularni Parlament 
komissiyasiga kiritadi. 
Parlament komissiyasi Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi tomonidan taqdim 
etilgan hujjatlarni o‘rganib chiqib, subsidiyalashning maqsadga muvofiqligi va 
zarur hajmlari to‘g‘risida belgilangan tartibda qaror qabul qiladi. 
Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi navbatdagi yil uchun O‘zbekiston 
Respublikasining Davlat byudjeti tasdiqlanganidan keyin Parlament komissiyasiga 
davlat subsidiyalarini taqsimlashga doir takliflarni taqdim etadi. 
Parlament komissiyasi Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondining takliflari 
olinganidan keyin nodavlat notijorat tashkilotlariga va fuqarolik jamiyatining 
boshqa institutlariga ajratiladigan davlat subsidiyalarining hajmlarini aniqlaydi. 
Davlat subsidiyalarini ajratish tartibi va shartlari Parlament komissiyasi 
tomonidan belgilanadi. 
Ijtimoiy sheriklik, ijtimoiy munosabatlarning boshqa sohalari kabi huquqiy 
tartibga solishni talab qiladi, chunki davlatning fuqarolik jamiyati institutlari bilan 
o‘zaro hamkorligi uchun qulay huquqiy, tashkiliy va iqtisodiy sharoitlarning 
yaratilishiga zarurat tug‘iladi.

Ijtimoiy sheriklik munosabatlarini, ijtimoiy sheriklikni amalga oshirish 
tamoyillari va mexanizmini tartibga solishga qaratilgan, sog‘liqni saqlash, atrof 
tabiiy muhitni muhofaza qilish, aholi, ayniqsa yoshlarni ish bilan ta'minlash, 
aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash 
hamda muhim ijtimoiy ahamiyatga ega boshqa muammolarni hal etishga qaratilgan 
davlat dasturlarini amalga oshirishda fuqarolik jamiyati institutlarining ishtirokiga 
1
Odilqoriyev X.T. O`zbekiston demokratik islohotlar yo`lida. To`plam. Toshkent: JIDU, 2001.-B. 56. 


38 
huquqiy asoslar yaratuvchi qonun loyihasi yaratish bugungi kundagi dolzarb 
masalaga aylandi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov 2010 yil
12 noyabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va 
Senatining qo‘shma majlisidagi ma'ruzasida yurtimiz taraqqiyotining hozirgi 
bosqichida nodavlat notijorat tashkilotlari va boshqa fuqarolik institutlari rolini 
yanada kuchaytirish fuqarolik jamiyatini shakllantirish, demokratlashtirish va 
mamlakatimizning jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvi bo‘yicha o‘z 
oldimizga qo‘ygan maqsadimizni ro‘yobga chiqarishda hech bir mubolag‘asiz hal 
qiluvchi omil ekanini alohida ta'kidlab o‘tdi. Fuqarolik jamiyati institutlarining 
yanada rivojlanishiga erishish, amalga oshirilayotgan islohotlarning ochiq-
oshkoraligi va samaradorligini ta'minlashda, ularning rolini kuchaytirishda 
“Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonunning qabul qilinishi muhim ahamiyat kasb 
etdi. Ushbu qonunda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlarini amalga oshirish, 
gumanitar muammolarni hal etish, mamlakatimiz aholisi turli qatlamlarining huquq 
va erkinliklari, manfaatlarini himoya qilishda nodavlat notijorat tashkilotlarining 
davlat tuzilmalari bilan o‘zaro munosabatlaridagi aniq chegaralarni belgilash va 
tashkiliy-huquqiy mexanizmlarni takomillashtirish kabi masalalar bo‘yicha 
huquqiy normalar ko‘zda tutilishi darkor.

Mamlakatimizning chekka hududlarida istiqomat qilayotgan yoshlarning 
ijodiy va intellektual salohiyatini rivojlantirish, bolalarni, ayniqsa, qiz bolalarni 
jismoniy tarbiya va sportga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish, sog‘lom turmush tarzini 
aholi, oilalar o‘rtasida keng targ‘ib etishga qaratilgan tanlovlar o‘tkazilishi nazarda 
tutilayotgani diqqatga sazovor. Bu boradagi ishlarni ijtimoiy sheriklik asosida 
amalga oshirish ko‘zlangan maqsadga erishishning muhim omili hisoblanadi. Shu 
nuqtai nazardan, hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini 
fuqarolik jamiyati institutlari va davlat tuzilmalari o‘rtasida ijtimoiy sheriklikni 
rivojlantirish asosida olib borish, fuqarolar turmush darajasini yaxshilash, 
tadbirkorlikni taraqqiy ettirish, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga 
1
Odilqoriyev X.T. O`zbekiston demokratik islohotlar yo`lida. To`plam. Toshkent: JIDU, 2001.-B. 56.


39 
yordam ko‘rsatish, ularning va NNTning shahar, mahalla hamda ko‘chalarni 
obodonlashtirishdagi faolligini kuchaytirish, atrof-muhitni himoya qilish hamda 
bolalar sog‘lig‘ini mustahkamlashga yo‘naltirilgan tanlovlarga alohida e'tibor 
qaratilgan. Jamoat fondi va Parlament komissiyasi o‘tkaziladigan tanlovlar haqida 
nodavlat-notijorat tashkilotni xabardor qilish bo‘yicha ish boshladi, Birgina 2014-
yildagi faoliyat taxlil etilsa, aprel oyining boshlarida mamlakatning barcha 
hududlarida O‘zbekiston nodavlat-notijorat tashkilotlari milliy assatsasiyasi, 
Fuqarolik jamiyatini shakllanishini monitoring qilish mustaqil institutining 
joylardagi bo‘linmalari, Oliy Majlis huzuridagi Jamoat fondi va Parlament 
komissiyasi vakillari ishtirokida “davra suhbatlari” o‘tkazildi. Ayni chog‘da 
“Kelajagi buyuk - sog‘lom avlod” mavzuidagi tanlovlaridan biri e'lon qilindi. U 
“Sog‘lom bola yili” Davlat dasturida belgilangan muhim masalalarni hal etishga 
Nodavlat-notijorat tashkilot va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini keng 
jalb qilishga qaratilgani bilan muhim ahamiyatga ega. Mazkur grant tanlovlarini 
tashkil etish va o‘tkazishga umumiy mablag‘ning 3,8 mlrd. so‘mdan ortig‘i yoki 
mo‘ljallangan jami mablag‘ning 46,3 foizi yo‘naltirildi. Ommaviy axborot 
vositalari tomonidan aholining huquqiy madaniyati hamda ongini yuksaltirish, 
sog‘lom turmush tarzini, ayniqsa, yoshlar orasida targ‘ib qilishga, demokratik 
islohotlarning amalga oshirilishi va fuqarolik jamiyatining barpo etilishi 
jarayonlarini mustaqil ommaviy axborot vositalarida yoritishga qaratilgan tanlovlar 
o‘tkazilishi alohida yo‘nalish sifatida ko‘rsatib o‘tilgan. Shu tariqa yil davomida 
tanlovlar 67 yo‘nalishda tashkil etildi. Davlat grantlariga ajratilgan mablag‘lar 
miqdori esa 2013 yildagiga nisbatan 15,8 foiz oshirildi. Shu o‘rinda Parlament 
komissiyasi qarorlariga asosan, nodavlat-notijorat tashkilotining, Ommaviy 
axborot vositalari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari o‘rtasida katta 
ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan muammolarni yechishga qaratilgan davlat 
ijtimoiy buyurtmalarini joylashtirish uchun tanlov e'lon qilinganini qayd etish joiz. 
Bunga 1,4 mlrd. so‘m yoki jami mablag‘ning 17,1 foizi miqdorida mablag‘ 
ajratildi. Qayd etish kerakki, Jamoat fondi nodavlat notijorat tashkilotlarini 
rivojlantirish, ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan loyihalarni moliyalashtirishda katta 


40 
rol o‘ynaydi. Fuqarolarning atrof-muhit muhofazasini ta'minlash, salomatlikni 
asrash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, har tomonlama sog‘lom va barkamol 
avlodni tarbiyalashdagi tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, shubhasiz, ushbu 
yo‘nalishdagi Davlat dasturlarining samarali ijro etilishiga xizmat qildi. Muhimi, 
ijtimoiy sheriklik asosida amalga oshiriladigan loyihalar qo‘llab-quvvatlanadi, 
davlat organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati Nodavlat-notijorat tashkilot 
ishtirokida ro‘yobga chiqariladi, shuningdek, “Sog‘lom bola yili” Davlat dasturini 
bajarishda jamoat tashkilotlarining ishtirokini ta'minlashga alohida e'tibor qaratildi. 
Albatta, bu kabi sa'y-harakatlar yurtimiz taraqqiyotining hozirgi bosqichida NNT 
va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari roli yanada oshishiga, ularning kuchli 
fuqarolik jamiyatini shakllantirish hamda mamlakatimizning jahon hamjamiyatiga 
integratsiyalashuvida hal qiluvchi omilga aylanib borishiga xizmat qiladi. 
Xulosa qilib aytganda ijtimoiy hamkorlik natijasida jamiyat a'zolari 
madaniyatning institutsionlashtirilgan tizimiga birlashadilar va uning asnosida 
jamiyatning madaniy-ma'rifiy taraqqiyoti yuzaga keladi. Bu o‘z navbatida 
davlatning amalga oshirayotgan ijtimoiy siyosati to‘g‘ri ekanini ko‘rsatadi.

Yüklə 344,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə