O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti «Himoyaga ruxsat etildi»



Yüklə 344,6 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/11
tarix27.12.2023
ölçüsü344,6 Kb.
#163245
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
ijtimoiy-madaniy faoliyatda ijtimoiy hamkorlikning namoyon bolishi va jamiyat taraqqiyotidagi orni

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


41 
2.2. Fuqarolarni o‘zini-o‘zi boshqarish organlari faoliyatida ijtimoiy 
sherikchilik munosabatlarining ahamiyati va jamoatchilik nazorati 
O‘zbekiston Respublikasida boshqaruvning milliy mexanizmi xisoblangan
mahalla instituti o‘zining keng imkoniyatlari bilan jamiyat ijtimoiy taraqqiyotini 
belgilovchi muhim sub’yektlardan biriga aylangan. “Fuqarolarning o‘zini o‘zi 
boshqarish organlari to‘g‘risida”gi Qonunda fuqarolar yig‘inlarining qonunlar va 
boshqa qonunosti hujjatlarining, shuningdek o‘z qarorlarining ijro etilishi ustidan 
jamoatchilik nazoratini amalga oshirishi belgilab qo‘yilgan bo‘lib, jamoatchilik 
nazorati vakolatlarini mahalliy davlat organlari faoliyati ustida amalga oshirishda, 
fuqarolar yig‘inlari “yilning har choragida tuman, shahar va viloyat hokimliklari 
rahbarlarining fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyati sohasiga kiruvchi 
masalalar yuzasidan hisobotlarini eshitadi va fuqarolar yig‘inlarining hisobotlar 
to‘g‘risidagi bayonnomalari tegishli viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga 
yuboriladi, ular bu bayonnomalarning hisobini yuritadilar, fuqarolarning 
murojaatlari bajarilishini nazorat qiladilar” deb belgilab qo‘yilgan. 
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan jamoatchilik 
nazoratining amalga oshirilishi o‘z navbatida qonun hujjatlarining ustuvorligini 
ta'minlashda, ularning amaliyotga to‘liq tadbiq etilishida, fuqarolarning, ayniqsa, 
yoshlarning huquqiy madaniyatini oshirishda, ular tomonidan turli xil 
huquqbuzarlik sodir etilishining oldini olishda, fuqarolarning ijtimoiy himoyasini 
takomillashtirishda, tadbirkorlikni rivojlantirishda, sog‘lom raqobat muhitini 
yaratishda, eng muhimi, fuqarolarning farovon turmush tarzini kuchaytirish 
tizimini yanada takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi. 
Fuqarolar yig‘inlari O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning o‘zini o‘zi 
boshqarish organlari to‘g‘risida”gi Qonunida berilgan vakolatlardan foydalangan 
holda, jamoatchilik nazoratini quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshirishi mumkin.
Birinchidan, qonunlar va boshqa qonun hujjatlarining, shuningdek, o‘z 
qarorlarining ijro etilishida. Mazkur yo‘nalishda jamoatchilik nazorati yilning har 
choragida tuman, shahar va viloyat hokimliklari rahbarlarining fuqarolarning o‘zini 
o‘zi boshqarish organlari faoliyati sohasiga kiruvchi masalalar yuzasidan 


42 
hisobotlarini eshitish, ular chiqargan tegishli qarorlarining bajarmaganligi yoki 
lozim darajada bajarmaganligi uchun mansabdor shaxslarni javobgarlikka tortish 
to‘g‘risida qonunda belgilangan tartibda tegishli idoralarga taqdimnomalar kiritish 
orqali amalga oshiriladi.
Ikkinchidan, hududda kompleks rivojlantirishni ta'minlashda. Fuqarolarning 
o‘zini o‘zi boshqarish organlari mahallada xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish va 
oilaviy biznes markaziga aylantirish, o‘ziga tegishli bo‘lgan hududda ish joylarini 
yaratish, kasanachilikni taraqqiy toptirish, yuridik va jismoniy shaxslarning 
mablag‘larini ixtiyoriylik asosida birlashtirish masalalari yuzasidan qarorlar qabul 
qilish vakolatiga egadirlar. Ularga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kichik 
korxonalar, sartaroshxonalar, poyabzal ta'mirlash va tikish ustaxonalari, xalq 
hunarmandchiligi sexlarini va aholiga maishiy xizmat ko‘rsatuvchi boshqa 
korxonalarni tashkil etish huquqlari berilgandir. Albatta, mazkur vakolatlarni lozim 
darajada amalga oshirish ustidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatish muhim ahamiyat 
kasb etadi. 
Uchinchidan, hududni obodonlashtirish, imoratlar qurish hamda hovlilar va 
uylar atrofidagi hududlarni orasta saqlash qoidalariga rioya etilishida, shuningdek, 
ularning sanitariya holatini yaxshilashda. Ushbu yo‘nalishda fuqarolarning o‘zini 
o‘zi boshqarish organlari tomonidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatish uchun ularga 
ko‘plab vakolatlar berilganki, bu o‘z navbatida mahallani orasta saqlash, tozalikka 
e'tibor berish, hasharlar tashkil etilib, bir-birlarining og‘irini yengil qilish kabi ota-
bobolarimizning azaliy urf-odatlari bilan uyg‘unlashib ketgandir.
To‘rtinchidan, hududda to‘ylar va boshqa marosimlarni o‘tkazishda. 
Xalqimizda «topganing to‘ylarga buyursin» degan hikmatli gaplar mavjud bo‘lib, 
ota-bobolarmizdan bizlarga yaxshi to‘ylar qilib elga osh tarqatish kabi xayrli ishlar 
qilish meros sifatida o‘tib kelmoqda. Shu asosda fuqarolarning o‘zini o‘zi 
boshqarish organlari tomonidan jamoatchilik nazorati hududda yashaydigan 
fuqarolarga muqaddas dinimiz, qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz va 
an'analarimizning haqiqiy mohiyatini hayotiy, ta'sirchan misollar asosida 
muntazam tushuntirish ishlarini olib borish, tegishli maslahatlar berish, zamon 


43 
talablariga mos, xalqimizning qarashlariga muvofiq keladigan yangi, namunaviy 
an'analarni tashkil qilish va joriy etish orqali amalga oshiriladi. 
Beshinchidan, pul mablag‘larining maqsadli sarflanishida. Bu yo‘nalishdagi 
jamoatchilik nazorati fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari o‘zlari ustidan 
o‘zlari o‘rnatadilar. Bunda hududni kompleks rivojlantirish, obodonlashtirish, 
umumiy foydalanishdagi joylarni ta'mirlash, shuningdek, kam ta'minlangan 
oilalarning uylari va kvartiralarini ta'mirlashda yordam ko‘rsatish uchun aholidan 
ixtiyoriylik asosida yig‘ilgan mablag‘lar, shu maqsadda, korxona va 
tashkilotlardan homiylik sifatida berilgan mablag‘larning qanchalik darajada 
maqsadli sarflanishi ustidan ichki nazorat olib borish orqali amalga oshiriladi;

Oltinchidan, xotin-qizlarning manfaatlarini himoya qilish, ularning ijtimoiy 
hayotdagi, oilada ma'naviy-axloqiy muhitni shakllantirishdagi, yosh avlodni 
tarbiyalash ishidagi mavqeini oshirishda. 
Yettinchidan, tegishli hududda jamoat tartibini ta'minlashda, shu jumladan, 
fuqarolarning kelishi va ketishini hisobga olishni tashkil etishda, o‘smirlar va 
yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish ishida, voyaga 
yetmaganlarning huquqlarini himoya qilishda. 
Ma'lumki, jamoatchilik nazorati mamlakatimizda tarixiy ildizlarga ega. 
Chunonchi, u azal-azaldan mahallalar, oqsoqollar kengashi ko‘rinishlarida amal 
qilib kelgan. Jumladan, har bir oilada ota-onalar tomonidan farzandlar tarbiyasiga 
befarq bo‘lmaslik, ogoh bo‘lishlik kabi fazilatlar singdirilgan va jamoatchilik 
nazoratini amalga oshirishida farzandlarning mas'uliyati ma'lum bir me'yorlar bilan 
belgilab berilgan. Yoshi ulug‘ keksalarimizning aytishicha, azal-azaldan biror bir 
mahallaga notanish kishi mehmon kirib kelsa, unga "Kimsiz?”, "Qayerdansiz?", 
"Qanday yumush bilan
 
mahallamizda yuribsiz?" kabi savollar berilgan va bu holat 
jamoat nazorati sifatida namoyon bo‘lgan. 
Davlat hokimiyati organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratining 
o‘rnatilishi fuqarolik jamiyati barpo etishning eng muhim shartlaridan biridir. 
Fuqarolarning faolligi, ijtimoiy hodisalarga daxldorlik hissining ortishi hamda har 
1
O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi qonuni //lex.uz 


44 
bir davlat xizmatchisining o‘z faoliyati jamoatchilik nazorati ostida ekanligini 
chuqur his etib borishi fuqarolik jamiyati shakllanishi jarayonining muhim 
shartlaridandir. Ya'ni davlat organlari xalqqa o‘z siyosati, harakatlarini tushuntirib 
berishi, uning oldida hisobot berib borishi lozimdir.

Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan amalga oshirilayotgan 
jamoatchilik nazorati natijasida, joylarda islohotlar, Davlat dasturlari ijrosi 
to‘g‘risida jamoatchilik keng xabardor etilib, aholi manfaatlarini himoyalash 
hamda mahalliy davlat organlarining fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari 
bilan mustahkam hamkorligi ta'minlanmoqda. 
Umuman, jamoatchilik nazorati bugungi kunda fuqarolarning o‘zini o‘zi 
boshqarish organlari tomonidan u yoki bu qonun talablarining fuqarolar yig‘ini 
hududida ijrosini jamoatchilik guruhlari tuzib o‘rganish, natijalari bo‘yicha tegishli 
mahalliy davlat hokimiyati organlari hisobotlarini eshitish orqali aniqlangan 
kamchiliklarni bartaraf etish choralarini ko‘rish tartibida yoki mahalliy davlat 
organlari faoliyatiga ko‘maklashish orqali ham amalga oshirib kelinmoqda. 
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sog‘lom avlodni 
shakllantirish, onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish bo‘yicha qo‘shimcha 
choralar to‘g‘risida” 2009 yil 13 apreldagi 1096 - sonli va “2009-2013 yillarda 
aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash, sog‘lom bola tug‘ilishi, 
jismoniy va ma'naviy barkamol avlodni voyaga yetkazish borasidagi ishlarni 
yanada kuchaytirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari Dasturi 
to‘g‘risida” 2009 yil 1 iyuldagi 1144-sonli qarorlari bilan tasdiqlangan Davlat 
dasturlarining ijrosi doirasida respublikamizdagi mavjud 3,5 mingdan ortiq qishloq 
vrachlik punktlari (oilaviy poliklinikalar) hamda tez tibbiy yordam idoralari 
rahbarlarining hisobotlari har oyda mahalla fuqarolar yig‘inlarida eshitib 
kelinmoqda. 
Ushbu hisobotlar har chorakda tuman “Mahalla” jamg‘armasi huzurida 
jamoatchilik vakillari ishtirokida tuman (shahar) miqiyosida ham eshitilib tegishli 
qarorlar qabul qilinmoqda. 
1
Xusanov O. Mustaqil va mahalliy hokimiyat. – Toshkent: Sharq, 1996. –B. 45. 


45 
Aholi bandligini ta'minlashda ishlab chiqarish korxonalari bilan kasanachilik 
aloqalarini tashkil etish orqali oila daromad manbaining ko‘payishiga, aholining 
ish bilan bandlik darajasini oshirishda amalga oshirilayotgan jamoatchilik 
nazoratining ahamiyati ham katta bo‘lmoqda. 
Umuman, jamoatchilik nazorati fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari 
tomonidan davlat hokimiyati organlariga u yoki bu qarorlarni qabul qilish bo‘yicha 
murojaatlar qilish, davlat hokimiyati organlari vakolatiga kiruvchi masalalar 
bo‘yicha so‘rovlarni amalga oshirish, davlat hokimiyati organlari va mahallalar 
hududlaridagi korxona va tashkilotlar rahbarlarining hisobotlarini eshitish kabi 
shakllarida yo‘lga qo‘yilgan. 
Bu esa jamoatchilik nazoratining jamiyatda ijtimoiy adolatning qaror topishi, 
shaxs, jamiyat va davlat aloqalarida muvozanat, tenglik, o‘zaro mas'uliyat va 
javobgarlikka xizmat qiluvchi asosiy omil bo‘lmoqda. 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining 
2010 yil 12 noyabridagi qo‘shma majlisida mamlakat Prezidenti tomonidan taklif 
etilgan «Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va 
fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi»da
1
 davlat hokimiyati organlari va 
boshqaruvining qonun hujjatlarini ijro etish ustidan jamoatchilik nazoratini amalga 
oshirishning samarali huquqiy mexanizmini tashkil etishga qaratilgan O‘zbekiston 
Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasida jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi 
Qonunining loyihasini ishlab chiqish ko‘zda tutilgan. Qonunda jamoatchilik 
nazorati sub’yektlari, nazorat predmeti, uni amalga oshirishning huquqiy 
mexanizmlari, huquqiy oqibatlari, shuningdek, mazkur sohadagi qonunlarni ijro 
etmagan mansabdor shaxslarning javobgarlik shartlari belgilanishi lozim. Bunda 
davlat va jamiyat qurilishi tizimi sohasida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish 
organlarini huquq va vakolatlarini kengaytirishga qaratilgan qonunchilikni 
takomillashtirish dolzarb vazifadir. 
1
Каримов И.А. Мамлакатимизда демократик ислоҳотларни янада чуқурлаштириш ва фуқаролик жамиятини 
ривожлантириш концепцияси.-Тошкент:Ўзбекистон,2010. 


46 
Bugungi kunda “kuchli davlatdan – kuchli jamiyat sari” tamoyilining hayotga 
izchil tatbiq qilinishi natijasida aholining keng qatlamlari ishonchi va qo‘llab-
quvvatlashiga sazovor bo‘layotgan fuqarolik jamiyatining turli xil institutlarining 
shakllanishi va rivojlanishi jarayoni bormoqda. Mazkur jarayonda fuqarolik 
jamiyati faoliyatini tartibga solish, ularni qo‘llab-quvvatlash, jamiyatdagi dolzarb 
ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etishda ularning rolini oshirishga qaratilgan 
200 dan ortiq qonunchilik hujjatlari qabul qilindi. 
Fuqarolik jamiyatining ajralmas qismi bo‘lmish fuqarolarning o‘zini o‘zi 
boshqarish organlarining ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etishda nodavlat 
notijorat tashkilotlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan ijtimoiy sherikligi 
masalalari katta ijtimoiy ahamiyatga ega. 
Davlatning ijtimoiy sohadagi barcha masalalarni hal etish vazifasini o‘z 
zimmasiga olishi jamiyatda davlat ishtirokining oshib ketishi, bu sohaga davlat 
mablag‘larining ko‘p qismi sarflab yuborilishi, fuqarolarning faolligini susaytirib 
qo‘yish xavfini oshirib yuboradi. Shu sababli, 1) davlatning o‘z vazifalarining bir 
qismini fuqarolik jamiyati institutlari (fuqarolar yig‘inlari, nodavlat notijorat 
tashkilotlari)ga o‘tkazishi; 2) fuqarolarning faolligini oshirish orqali fuqarolik 
jamiyatini shakllantirish hamda uning institutlarini rivojlantirish; 3) biznesning 
ijtimoiy mas'uliyatini oshirish, byudjet harajatlarini kamaytirish masalalari dolzarb 
ahamiyat kasb etadi. 
Yuqoridagi muammolarni hal etishda mazkur davlat, nodavlat va notijorat va 
xususiy sektorning hamkorligiga ehtiyoj tug‘iladi. 
Ijtimoiy sheriklik – bu uchta sektorning manfaatlarini muvofiqlashtirish va 
kelishuvga erishish, ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etishda o‘zaro 
hamkorligidir.

Davlat, tadbirkorlik sub’yektlari hamda fuqarolik jamiyati institutlarining 
ijtimoiy sherikligi muayyan ijtimoiy muammoni yechishda intellektual potensialni, 
inson, moddiy-texnik va moliyaviy resurslarni birlashtirish imkonini beradi. 
1
“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining oliy ta’lim muassasalaridagi boshlang’ich tashkilotlarining fakultet 
sardorlari uchun o’tkazilgan seminar-trening tarqatma materiallari. –Toshkent: O’quv uslubiy markaz, 2015. –B. 45. 


47 
Ijtimoiy sheriklikning muhim xususiyatlaridan biri – bu ijtimoiy sheriklik 
taraflarining huquq va majburiyatlarga rioya qilish haqidagi o‘zaro kelishuvi emas, 
balki ular o‘rtasidagi yuksak axloqiy qoidalar majmuidir. 
Ijtimoiy sheriklikni bozor iqtisodiyotiga asoslangan madaniyatli jamiyatga 
xos bo‘lgan ijtimoiy munosabatlarning o‘ziga xos turi sifatida qarash mumkin. 
Ijtimoiy sheriklik – bu, birinchidan
,
umumiy manfaatlar va qarashlar bilan birga 
mutlaqo farq qiluvchi ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy manfaatlarga ega taraflar 
o‘rtasidagi munosabatdir, ikkinchidan, u taraflarning qarama-qarshiligiga emas, 
balki ijtimoiy konsensus (kelishuv) ga erishishga asoslanadi, uchinchidan, bu 
shunday munosabatlar turiki, uni amalga oshirishdan barcha ijtimoiy guruhlar 
hamda davlat manfaatdor bo‘ladi, chunki aynan ijtimoiy sheriklik sharoitida 
jamiyatda ijtimoiy barqarorlikka, uning rivojlanishiga hamda ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlanishiga erishiladi. 
Ijtimoiy sheriklikni amalga oshirishda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish 
organlarining ishtiroki bir qator o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘ladi: 
birinchidan, fuqarolar yig‘inining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri – uning 
muayyan hududdagi barcha fuqarolarning umumiy muammolarini hal etish yo‘lida 
birlashuvidir, 
ikkinchidan, fuqarolar yig‘inining hududiylik xususiyati, ya'ni fuqarolar 
yig‘ini muayyan hududda tuzilib, o‘z faoliyatini o‘sha yerda amalga oshirishi, 
uchinchidan, fuqarolar yig‘ini vakolatlarining keng qamrovliligi. Nodavlat 
notijorat tashkilotlar o‘z ustavida belgilangan vazifalaridan kelib chiqib asosan 
bitta yo‘nalishda ijtimoiy sheriklik yuzasidan faoliyat olib borsa, fuqarolar yig‘ini 
qonunda belgilangan vazifalardan kelib chiqib turli xil yo‘nalishlarda ijtimoiy 
loyihalarni amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. 
Yuqorida ta'kidlaganimizdek, ijtimoiy sheriklik masalalari qonunlarda 
bevosita yozib qo‘yilmagan bo‘lsa-da, unga oid munosabatlar qonunlarda o‘z 
aksini topgan. 
Masalan, “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi 
Qonunning bir qator moddalarida fuqarolar yig‘ini, uning kengashining davlat 


48 
organlar va boshqa tashkilotlar bilan muayyan masalalar bo‘yicha hamkorligi 
masalalari nazarda tutilgan. Shunga alohida e'tibor berish lozimki, aynan ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlantirish, fuqarolarning ijtimoiy muhofazasiga oid, ijtimoiy foydali 
maqsadni ko‘zlovchi masalalar ijtimoiy sheriklikning ob'ekti bo‘ladi.
Qonunning 10-moddasiga muvofiq shaharcha, qishloq, ovul fuqarolar yig‘ini 
va shahardagi mahalla fuqarolar yig‘ini: 
·
atrof muhitni muhofaza qilishga ko‘maklashadi; 
·
obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va sanitariya-tozalash ishlari 
o‘tkazish uchun tegishli hududda joylashgan korxonalar va 
tashkilotlarning mablag‘laridan shartnoma asosida foydalanish 
to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi; 
·
o‘z hududidagi ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish uchun yuridik va 
jismoniy shaxslarning mablag‘larini ixtiyoriylik asosida birlashtirish 
masalalari yuzasidan qarorlar qabul qiladi.

Shuningdek, Qonunning 12-moddasiga muvofiq fuqarolar yig‘inining 
kengashi ommaviy-siyosiy, ma'naviy-ma'rifiy, madaniy, sport tadbirlarini va 
boshqa tadbirlarni o‘tkazishda mahalliy davlat hokimiyati organlariga 
ko‘maklashadi, tarbiyaga oid masalalar yuzasidan ta'lim muassasalari bilan 
hamkorlik qiladi, boshqalarning parvarishi va yordamiga muhtoj keksa fuqarolarga 
shafelik (patronajlik) yordami shu maqsadda ajratilgan davlat byudjeti mablag‘lari 
hisobidan ko‘rsatilishiga ko‘maklashadi, mazkur hududda yashovchi fuqarolarni 
ish bilan ta'minlashga, shu jumladan kasanachilikni tashkil etishga ko‘maklashadi, 
tegishli hududda jamoat tartibini ta'minlashda, shu jumladan fuqarolarning kelishi 
va ketishini hisobga olishni tashkil etishda, o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida 
huquqbuzarliklarning oldini olish ishida, voyaga yetmaganlarning huquqlarini 
himoya qilishda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ko‘maklashadi, aholi 
punktlari, suv ta'minoti manbalari, turar joylar, maktablar va boshqa ta'lim 
muassasalarining sanitariya va ekologiya holati ustidan nazorat amalga 
1
Ўзбекистон Республикасининг “Фуқароларнинг ўзини ўзи бошқариш органлари тўғрисида”ги 
Қонуни//lex.uz 


49 
oshirilishiga ko‘maklashadi, yong‘inga qarshi xavfsizlik talablariga, jonivorlarni 
saqlashga oid veterinariya qoidalariga rioya etilishi ustidan nazorat amalga 
oshirilishiga ko‘maklashadi. 
Ko‘rib turganidek, fuqarolar yig‘ini hamda fuqarolar yig‘ini kengashining 
turli davlat organlari – hokimliklar, mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish, 
madaniyat va sport ishlari bo‘yicha, ichki ishlar, xalq ta'limi, oliy va o‘rta maxsus 
ta'lim, sog‘liqni saqlash, tabiatni muhofaza qilish va boshqa davlat organlari, turli 
korxonalar bilan hamkorlik qilishi Qonunda o‘z aksini topgan. 
Bugungi kunda fuqarolar yig‘ini tomonidan yuqoridagi organlar bilan ijtimoiy 
sheriklik munosabatlari birgalikda choralar ko‘rish shaklida amalga oshirilmoqda, 
jumladan: 2008 yil 17 aprelda qabul qilingan "Odam savdosiga qarshi kurashish 
to‘g‘risida"gi Qonunga muvofiq, odam savdosi jinoyati bilan shug‘ullanuvchi 
shaxslar javobgarligining muqarrarligi, odam savdosidan jabrlanganlarning 
kamsitilishiga yo‘l qo‘ymaslik, ijtimoiy hamkorlik odam savdosiga qarshi 
kurashishning asosiy prinsiplari sifatida belgilanishi bejiz emas. Mazkur Qonunga 
binoan, davlat boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning 
o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar, korxonalar, 
muassasalar, mansabdor shaxslar, shuningdek, fuqarolar ham odam savdosiga 
qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlariga 
ko‘maklashishi hamda zarur yordam ko‘rsatishlari lozim. 
Fuqarolar yig‘inlari faoliyatining asossiy yo‘nalishlari bo‘yicha komissiyalar, 
diniy ma'rifat va ma'naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchilar 
hamda “Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmalari tomonidan mahallaning 
ma'naviy muhitiga salbiy ta'sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan turli illatlarni bartaraf 
etish, nosog‘lom muhit yuzaga kelgan oilalarni aniqlash va ularga yordam berish, 
bunday oilalar bilan yakka tartibda ishlash va suhbatlar o‘tkazish, xotin-qizlar, 
ayniqsa, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini va milliy an'analar, urf-odatlarni 
targ‘ib etish kabi amaliy ishlarning “mahalla posboni” sardorlari va turli 
yo‘nalishdagi komissiyalar bilan hamkorlikda amalga oshirib kelmoqdalar. 


50 
Ma'naviy-axloqiy muhit bu har qanday insonlar yashaydigan hudud-
makonidagi mavjud ijtimoiy, siyosiy, ma'naviy vaziyatdir.

Barqaror muhit deganda hududda istiqomat qilayotgan jamiyatning 
barqarorligi, tinch-totuvligi va farovonligini tushunamiz. Bu borada mahalladagi 
barqaror ma'naviy-axloqiy muhitni saqlash va unga salbiy ta'sir ko‘rsatuvchi 
omillarni tahlil etish maqsadga muvofiqdir.Jumladan, “Ijtimoiy sherikchilik 
to‘g‘risida”gi qonunning qabul qilinishi bilan fuqarolar yig‘inlari va davlat 
organlari o‘rtasidagi ijtimoiy sheriklik munosabatlari doimiy asosda yo‘lga 
qo‘yildi. Bunda ijtimoiy sheriklik munosabatlari taraflar o‘rtasida tuzilgan bosh 
kelishuvlar va ijtimoiy loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha shartnomalar asosiga 
qurilishi, mazkur bosh kelishuvlar va shartnomalar bilan ijtimoiy sheriklikni 
amalga oshirish mexanizmi, ularni moliyaviy ta'minlash, taraflarning huquq va 
majburiyatlari tartibga solinishi lozim bo‘ladi. 
Shuningdek, fuqarolar yig‘inlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 
huzuridagi Nodavlat-notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa 
institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi mablag‘laridan foydalanish uchun 
kengroq jalb qilinishi lozim, bunda, Jamoat fondiga davlat granti olish uchun 
tegishli hujjatlarni tayyorlash, loyihalar yozishni o‘rgatish maqsadida Fuqarolik 
jamiyatini o‘rganish instituti mas'ul xodimlari, Nodavlat notijorat tashkilotlar 
milliy assotsiatsiyasi mutaxassislari tomonidan fuqarolar yig‘inlari xodimlari 
o‘rtasida o‘quv seminarlari tashkil qilinsa maqsadga muvofiq bo‘lur edi. 
Xulosa qilib aytganda ijtimoiy sheriklik munosabatlari rivojlangani sari davlat 
organlari tomonidan fuqarolik jamiyati institutlariga beriladigan davlat grantlari va 
davlat ijtimoiy buyurtmalari ko‘payib boradi. Shu sababli ijtimoiy ahamiyatga 
molik masalalarni hal etish uchun davlat grantlari va davlat ijtimoiy 
buyurtmalaridan foydalanishni kengaytirish maqsadida mahalliy davlat hokimiyati 
organlari huzurida ham mahalliy byudjetlar hisobidan moliyalashtiriladigan jamoat 
fondlarining tuzilishi ayni muddao bo‘lib, mahalliy miqyosdagi muammolarni hal 
etish samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda. 
1
Qirg‘izboyev M. Fuqarolik jamiyati: nazariya va xorijiy tajriba. - Toshkent: Yangi asr avlodi, 2006. –B. 54. 


51 

Yüklə 344,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə