O'zbеkiston rеspublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi namangan viloyati kasbiy ta'limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi Namangan muhandislik-tеxnоlogiya instituti huzuridagi Mingbuloq yеngil sanoat



Yüklə 17,57 Mb.
səhifə35/244
tarix23.05.2023
ölçüsü17,57 Mb.
#112298
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   244
o\'qitish materiali

3-bosqich
Yakuniy
(10 daqiqa)

Mashg’ulot yakuni:
3.1. Mavzu bo’yicha O’quvchilarda yuzaga kelgan savollarga javob beradi, yakunlovchi xulosa qiladi.
3.2. O`quvchilar tomonidan bajarilgan ishlarni yakunlaydi, tahlil qiladi va baholaydi.
3.3. Mustaqil ishlash uchun vazifa beradi.
(3-ilova)
Adabiyotlar tavsiya etiladi.

Muxokama,
Baholash .
Tushuntirish

Uyga vazifani yozib oladi





1-ilova
Baholash mezonlari va ko’rsatkichlari ( ball )

T.r.

O’quvchilar

Yechim (to’liqligi, to’g’riligi)
2 ball

Tushuntirish (aniqligi, mantiqiyligi)
2 ball

Savollarga javob
1 ball

Ballar yig’indisi
5 ball

1.

1-o’quvchi













2.

2-o’quvchi













3.

3-o’quvchi















2-ilova
Nazorat savollari:
1. Model qomat proporsiyasiga nimalar kiradi?
2. Erkakalar model qomat proporsiyasi?
3. Odam sikaleti necha qismga bo’linadi?
4. Misrliklar qaysi o’lchov birligidan foydalanib odam qomati praporsiyasini chizgan?


3-ilova
Uyga vazifa:
Model qomadini eskizini chizish!


4– MAVZU: MODEL QOMATI PROPORSIYASI
Reja:

  1. Model qomatini tasvirlashda asosiy qoidalar.

  2. Turli yoshdagi qomat ko’rinishi.

  3. Odam qomati proporsiyasi va uning tasnifi.



  1. Model qomatini tasvirlashda asosiy qoidalar

Odamni tasvirlash rassomning (dizaynerning) eng asosiy vazifalaridan biri. Gavdaning barcha tana qismlarini o‘zida ko‘tarib turadigan asosiy qattiq tayanchi skeletidir. Odam skeleti, asosan uch bo‘lakka bo’linadi: bosh suyagi, gavda suyaklari va qo‘l-oyoq suyaklari. Gavda suyaklari umurtqadan, ko‘krak qafasidan iborat. Ko‘krak qafasi suyak-tog‘aylardan iborat harakatchan tuzilma bo‘lib, ko‘krak bo‘shlig‘ida ichki tana a’zolari joylashgan bo‘ladi. Ko‘krak qafasi gavda umurtqalari, 12 juft qovurg'a va to‘sh suyagining birikmalaridan tuzilib, konussimon shaklga egadir. Gavda umurtqa pog‘onasini hosil qiluvchi suyaklar- umurtqalarning o‘simtalaridir. Umurtqa pog‘onasi skeletining asosiy o‘qi bo‘lib, uning ustki qismini pastki qismi bilan birlashtirib turadi, u egiluvchan toq suyak tuzilmasidan iborat. Umurtqa pog‘onasi 7 ta bo‘yin, 12 ta ko‘krak, 5 ta bel, 5 ta dumg‘aza va 4-5ta dum umurtqalaridan iborat bo‘ladi va bo‘yin, ko‘krak, bel, dumg‘aza hamda dum bo‘limlariga bo‘linadi. Umurtqa pog'onasining uzunligi butun tana uzunligining 40 foizini tashkil etadi [3].

4.1-rasm: Ayol qomati proporsiyasi bosqichlari.

4.2.-rasm: Anatomik proporsional model ayol qomati.
Har bir modelyer rassomlar qomat proposiyasini chizishda o‘z uslubiga tayanadi. Odam qomatini model qomatiga yaqinlashtirishda loyihalashga murojat qilishga to‘g‘ri keladi. Bo‘rttirish usulini qo’llashdagi asosiy natija qiyofani shakllantirish, mukammal ayol qomati yetti yarimdan sakkiz yarim modulga teng. Odam gavdasining mutanosibligini tasvirlash uchun tasviriy san’at bilan shug‘ullanuvchi barcha insonlar tasviriy san’atning nazariyalardan chuqur bilim hamda malakaga ega bo’lmog’i lozim. Inson gavdasi, shuningdek, bolalar gavdasi ham jinsiga ko‘ra tuzilishi bo‘yicha bir muncha farq qiladi. Rassom va haykaltaroshlar odam tanasining turli qismlari va tashqi qiyofasiga alohida
e’tibor berganlar. Qadimgi Misrliklar inson tanasining ayrim qismlari (bosh, panja, barmoq, tovon, burun)ni o‘lcham birligi hisobida tananing boshqa qismlariga taqqoslaganlar. O‘z vaqtida Misr rassomlari “Kanon” o’lchami bo‘yicha inson gavdasini qo‘l panjasining uzunligi bilan o’lchashni tavsiya etgan. Bu o‘lcham bo’yicha odam tanasining bo‘yi yigirma bo’lakka bo’linadi. O‘tgan asrda yashab o’tgan rus rassomi A.Sapojnikov esa odam gavdasini oyoq panjasining bo‘yi bilan o‘lchashni tavsiya qilgan. Uning o’lchami bo‘yicha gavda bo‘yi o‘ttiz o‘lcham birligiga teng bo’lgan. Bu o ‘lcham o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lsada, undan amalda foydalanilmadi. Chunki bunday mayda bo’lak o‘lcham birligi bilan rasm chizish juda ham ko‘p vaqtni talab etadi. Shuning uchun amakia foydali o‘lcham birligi o‘rta asrlarda yashagan buyuk rassom va haykaltarosh Mikelanjelo tomonidan ilgari surildi. U gavdani inson boshi uzunligining o‘lcham birligi etib tavsiya qildi. Agarda shu o ‘lcham birligi bilan o’lchaydigan bo‘lsak, u sakkiz qismga bo’linadi. Masalan, bosh, yelkadan ko‘krakkacha, ko’krak markazidan kindikkacha va hokazo. Odamning proporsional qomatini konstruksiyalashda boshning o’lchamlari asosiy rol o‘ynaydi va bazaviy modul bo‘lib xizmat qiladi. Tana harakatlari muskullarga bog‘liqligi, bunda qomat shaklini harakatlarda o‘zgarishi holatlarini bilish - bu odam qomatini oldindan ko‘ra bilishini yordam beradi. Odam qomatini guruhlarga ajratib tasvirlash ijodkor uchun bir qancha afzallikga ega bo‘lib, uning bilim va malakasini oshirishga yordam beradi. Amaliy tajriba hamma vaqt o'rganishga imkon bergan. Bu eskizlar real tik qomatni ko‘rsatib, model qomati eskizi o’lchamini to‘g‘ri olishda bosh qismini modul hisobga olinadi. Ayol va erkak qomati shaklini ajratib turuvchi bir nechta xususiyat borligini e’tiborga olish lozim: ayol qomatining ihcham, yelka qiyaroqligi, ingichka bel va bo‘ksa kengligi bilan erkak qomatidan farqlanadi. Ayol ko‘krak qafasi yumaloq shaklda va bel chizig‘igacha joylashgan, bo‘yin qismidan nozik va tarangligi, mushakdor bo‘lmaydi. Erkaklar modeli haqida to‘g‘ri chiziqlar ayollar modelida egri-bugri chiziqlar nazarda tutiladi. Tana konturi mushak vazni bilan aniqlanadi. Bo‘yindan pastga qarab u toraygan va kengaygan chiziqlar bilan chizilgan. Huddi shu vaziyat tirsakning sekin asta bo‘rtishi bilan sodir bo’ladi. Qo‘l va yelka ichkari tomonga toraygan egri chiziqlar bilan tasvirlanadi. Bo‘ksa tizzada tugaydigan keng parabola ko‘rinishida shakllanadi, bunda chiziq bir oz egiladi. Boldir chizig’i tashqariga qarab egiladi. To‘piqda chiziq ifodali to‘lqinni hosil qilib, avval ichiga, so‘ng tashqariga egiladi. Ko‘pichna ijodkorlar ideal bo’lmagan, erkak qomatini chizishdan cheklanadilar, lekin tajriba ortirishda juda qo‘l keladi.

4.3-rasm: Anatomik proporsional model erkak qomati



  1. Yüklə 17,57 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə