O'zbеkiston rеspublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi namangan viloyati kasbiy ta'limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi Namangan muhandislik-tеxnоlogiya instituti huzuridagi Mingbuloq yеngil sanoat



Yüklə 17,57 Mb.
səhifə57/244
tarix23.05.2023
ölçüsü17,57 Mb.
#112298
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   244
o\'qitish materiali

Misr kiyimlarida rang tanlash

Matolarning ranglari rang-barang bo’lgan. Rang tanlash tasodifiy bo’lmagan. Zangori rang — Nil daryosi (suv) va osmonning; sariq rang — qum va yerning; yashil rang — o’simlikning; qizil — quyoshning timsoli hisoblanardi; qora rang bilan esa tasvirning chegarasi chizilardi.
Naqshda, asosan, quyosh nurlari, geometrik shakllar (yo’l-yo’l, ilon izi) va stilizastiyalangan o’simliklar va hayvonlar tasvirlanar edi .





  1. Mirs kostyumlarini bir-biri bilan ajralishi

Bu davrda, asosan, erkaklar faqat bir kiyim — peshband "sxenti"ni kiyganlar (2-rasm). Ular shakli to’rt burchak yoki trapestiyasimon bo’lib, o’lchamlari har xil edi. Sxenti belga ingichka charm kamar yoki tasma bilan biriktirilardi. Sxenti gavdaning orqasida burmalanardi, oldida esa qator ritmik taxlamalar qilinardi.


Boylar kiyimi zig`ir tolali matodan, qullarniki esa dag`al teridan qilinardi. Faqat fir’avn, vazirlar, kohinlar va boy er egalarining kiyimlari bezatilar edi.
Fir’avnning saltanat belgisi ilon "urey" va kalxat bilan bezatilgan toj edi. Uning ikkinchi bosh kiyimi "plat" bo’lgan. U trapediyasimon shaklli bo’lib, yo’l- yo’l matodan tikilar edi, peshonasida esa tor tasma yoki metall chambarak bilan mahkamlanardi.

Misrliklar sochlarini butunlay olib tashlab, boshlariga o’simlik tolalaridan yoki jundan yasalgan parik kiyishardi. Bu pariklar ham bosh kiyim hisoblanib, boshni issikdan sakdardi. Parikning katta-kichikligi va uning shakli shaxsning ijtimoiy holini ifodalardi. Yirik yer egalari bir necha kokildan iborat bo’lgan parik kiyishardi, mayda yer egalari va qullar esa kichik parik kiyishgan



Kohinlarning kiyimi qimmatbaho kamar bilan bezatilgan. Ibodat qilish paytida ular qoplon terisini yoki kalxat va boshqa niqoblarni kiyishgan.


Ayollar kiyimining shakli oddiy bo’lgan. U ikkita to’rt burchak matodan tikilgan ko’ylak "kalaziris" edi.

Kalaziris ko’krakning pastidan boshlanib, tovongacha yetardi va bitta yoki ikkita keng tasma yordamida yelkada ushlanardi. Bu kiyimni barcha ayollar, hattoki fir’avn oila a’zolari va qullar ham kiyishgan.



Ijtimoiy farqi faqat matoda bo’lgan: boylar — yupqa matodan, qullar va dehqonlar esa dag`al matodan kiyganlar.






Yüklə 17,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə