O'zbеkiston rеspublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi namangan viloyati kasbiy ta'limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi Namangan muhandislik-tеxnоlogiya instituti huzuridagi Mingbuloq yеngil sanoat


Yangi o‘quv materialini mustahkamlash



Yüklə 17,57 Mb.
səhifə56/244
tarix23.05.2023
ölçüsü17,57 Mb.
#112298
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   244
o\'qitish materiali

Yangi o‘quv materialini mustahkamlash:
2.8. Har bir o’quvchi mavzu bilan tanishgandan so’ng qadimgi Misr kostyumlarini turlari bilan tanishadi. O’quvchilarni uchta guruhga bo’lib, amaliy topshiriq beriladi va baholash tartibini tushuntiradi.(1-ilova)
2.10. Bajarish jarayonini kuzatadi, maslahatlar beradi.
2.11.Ishga ajratilgan vaqt tugaganini ma’lum qiladi.
2.12. O’quvchilar ishini tekshiradi va mustah-kamlash uchun nazorat savollari beradi. (2-ilova)



Tinglaydilar.
Savollarga javob beradilar

Yozib oladilar. Diqqat qiladilar. Savollarga javob beradilar.


Topshiriqni bajaradilar.


Har bir guruh berilgan topshiriqni dars davomida amaliy bajaradi.

3-bosqich
Yakuniy
(10 daqiqa)

Mashg’ulot yakuni:
3.1. Mavzu bo’yicha o’quvchilarda yuzaga kelgan savollarga javob beradi, yakunlovchi xulosa qiladi.
3.2. Mustaqil ishlash uchun vazifa beradi.
(3-ilova)
Adabiyotlar tavsiya etiladi.

Muxokama,
Baholash .
Tushuntirish

Uyga vazifani yozib oladi




1-ilova

Guruh

Berilgan topshiriq
to`liq va aniq
yoritilishi 0-5 ball

Topshiriqni
misollar bilan
yoritish 0-5 ball

Guruh a‘zolarining
faolligini. 0-5 ball

Jami
ball

1 – guruh













2 – guruh













3 – guruh













9 – 6 ball – «qoniqarli».


12 – 10 ball – «yaxshi»
15 – 13 ball – «a‘lo».
1-guruh
Qadimgi Misr ayollar liboslarini chizish!

2-guruh
Qadimgi Misr erkaklar liboslarini chizish!

3-guruh
Qadimgi Misr bosh va oyoq kiyimlarini chizish!

(Izoh: o’quvchilarni bajargan ishiga qarab guruh a’zolari baholanadi.)




2-ilova
Nazorat savollari:

  1. Misrda boylar qanday matolardan kiyimlar kiyishgan?

  2. Misrda matolar qaysi toladan olinar edi?

  3. "Kalaziris" nima?

  4. Misrliklar parikni nima uchun kiyishgan?


3-ilova
Uyga vazifa:
Har bir guruh o’quv mashg’ulotida bajargan ishiga oid yangi ma’lumotlar to’playdi va kelgusi darsda uni bayon etadi!
8-MAVZU: QADIMGI MISR KOSTYUMI

Reja:


  1. Misr kiyinishi madaniyati bilan tanishtirish.

  2. Misr kiyimlarida rang tanlash.

  3. Mirs kostyumlarini bir-biri bilan ajralishi.



  1. Misr kiyinishi madaniyati bilan tanishtirish

Miloddan avvalgi to’rtinchi ming yillikning oxirlarida qadimiy Misr yirik markazlashgan quldorlik mamlakati bo’lib, davlatni fir’avn boshqargan. Uning hukmronligi cheksiz edi. Misrliklarning tasavvurida fir’avn Xudoning yerdagi soyasi hisoblangan. Kohinlar (din ruhoniylari) fir’avnning cheksiz huquqini himoya qilib, ijtimoiy tengsizlik va zulmga imkon yaratishgan. Nil daryosi vodiysining tabiiy sharoiti qadimiy Misr xo’jaligining rivojiga sabab bo’lgan. Misrliklar, asosan, dehqonchilik, chorvachilik va har xil hunarmandchilik (to’quvchilik, zargarlik, kulollik) bilan shug`ullanganlar. Mamlakat aholisi har xil tabaqalardan, ya’ni quldorlar, aslzodalar, shaharliklar, erkin dehqonlar va qullardan iborat edi.
Tabiat kuchlariga sig’inish va afsonalar Misr madaniyatining manbai bo’lgan. Odamlar quyoshga, oyga, erga, suvga, hayvonlarga (timsohga, chiyabo’riga, sigirga, kalxatga, ilonga, qo’ng’izga va boshqalarga), o’simliklarga sig’inishgan. Din mamlakat hayotining barcha tomonlariga ta’sir etgan. Jumladan, san’atda, odamlarning este­tik tasavvurida katta ro’l o’ynagan. Ilohiylashtirilgan narsalar doimo ma’no timsoli bo’lgan. Misol uchun, moviy nilufar — serhosillikni va abadiylikni bildirgan, ilon — saltanat belgisi bo’lgan.
Tasviriy san’at (devoriy tasvirlar) ramziy va chizmali bo’lgan.
Hususan, odamlar tasviri ham chizma shaklda shartli ifodalangan. Devoriy tasvirlar va haykallarda ularning qomati, turishi, ishoralari qonunlashtirilgan edi. Qadimiy misrliklarning erkaklari baland bo’yli, keng yelkali, beli va bo’ksasi tor, ozg’in bo’lishgan. Ayollari esa xushro’y, nafosatli, kelishgan, yuzlari va bodomsimon ko’zlari chiroyli bo’lgan. Taniqli sharkshunos olim G.Erbesning yozishicha, — "ularning tomiriga bir tomchi ham chet elliklar qoni qo’shilmagan, odamlarining tana terisi qorachadan kelgan, sog’lom yuzlari qizil, qirra burun, keng peshonali, qaldirg’och qoshli, tim qora sochli bo’lgan. Bilaguzuklar bilan bezatilgan qo’l va oyoqlari go’zallik timsollari bo’lgan" (G. Erbes. Uarda. M., Mir, 1965).
Me’morchilik misli ko’rilmagan yuksak darajaga erishgan edi. Misr ehromlari, ibodatxonalari, shaharlari hozirgi zamongacha odamzodni hayajonga soladi, ular­ning ko’p sirlari haligacha yechilmagan.




  1. Yüklə 17,57 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə