Pazandachilik fanidan bajargan oraliq nazorat ishi



Yüklə 7,11 Mb.
səhifə1/3
tarix30.05.2023
ölçüsü7,11 Mb.
#114312
  1   2   3
O`KTAMJONOV MAXSUDXON 203 гурух Пазандачилик асослари


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI


SIRTQI BO’LIM
TEXNOLOGIK TA’LIM FAKULTETI
203-GURUH TALABASI
O`KTAMJONOV MAXSUDXONNING
PAZANDACHILIK FANIDAN BAJARGAN
ORALIQ NAZORAT ISHI

Variant 8


1.Topshiriq. Savollarga yozma tarzda javob yozing
1. Qo‘y go‘shtning kimyoviy tarkibi va oziqaviy qimmati.
2. YAXNA TAOMLAR VA GAZAKLAR
3. Sabzavotlarga ishlov berish

2.Topshiriq.


Sabzovatlardan foydalanib salat tayyorlang, tayyorlanish jarayonini yozing, bajarish jarayonin ketma-ketlikda rasmga oling.(shaxsan ishtirokingiz rasmlarda aks ettirilsin)
3.Topshiriq.
Xamirli taomlardan birini tayyorlang, tayyorlanish jarayonini yozing, bajarish jarayonin ketma-ketlikda rasmga oling.(shaxsan ishtirokingiz rasmlarda aks ettirilsin)
4.Topshiriq.
Бир кунлик пархез учун таомнома тузинг ( 9 стол учун )
5.Topshiriq. Servis xizmati faniga (pazandachilik qismiga) tegishli mavzular asosida kamida 20 ta so‘zdan kam bo‘lmagan krossvord tuzing.
Izoh: bir xil takrorlangan ishlar baholanmaydi. Vazifani o‘zingiz bajarayotganingizni rasmda ko‘rsating
Javoblar:
1.Topshiriq
Qo‘y go‘shtning kimyoviy tarkibi va oziqaviy qimmati.
Goʻsht — qimmatli oziq-ovqat mahsuloti; soʻyilgan hayvon nimtasi yoki nimtasining bir qismi. G. inson isteʼmol qiladigan oziq-ovqatdagi oqsilning asosiy manbai hisoblanadi.[1] G.ning tuzilishi va taʼmi, sifatlari hayvonlar turi, zoti, jinsi, yoshi, boqish va saqlash sharoitlariga bogʻliq. Hayvonlarning turiga qarab, mol (qoramol), qoʻy, ot goʻshti va boshqalarga ajratiladi. Qoramol, qoʻy, echki G.i sifati va semizligiga qarab birinchi va ikkinchi toifalarga boʻlinadi. G. mushak toʻqimalarining kimyoviy tarkibi (%): suv 72—75, oqsil 18—22, yogʻ va yogʻsimon moddalar 0,5—3,5, azotli ekstrativ moddalar 1 — 1,7, uglevodlar 0,7—1,4, mineral moddalar 0,8—1,8. G.ning sifat jihatdan eng muhim qismi mushak toʻqimalari hisoblanadi. G.da uning miqdori 40—70% ga boradi. Mushaklar oqsillarida hayotiy zarur aminokislotalar bor. Mushak tolalaridagi mioglobin oqsili G.ga qizil tus beradi. G.ning isteʼmol qilinadigan qismining mineral tarkibi (mg%): fosfor 180—230, kaliy 200— 300, kalsiy 7—15, magniy 17—25, temir 1,5—3,0 va boshqa G. tarkibida yana turli xil kislotalar, vitaminlar (RR, V,, V2, Ye va boshqalar) boʻladi. 
YAXNA TAOMLAR VA GAZAKLAR
Yaxna (fors.toj. — sovitilgan) — qadimiy taomlardan biri. Dastlab olov kashf qilinib, qozon paydo boʻlganidan keyin suvda qaynatib pishirib sovitilgan holda isteʼmol qilinadigan taomlar; sovitilgan ichimliklar. Ya. taomlarga hayvonot masalliqlaridan tayyorlanadigan qazi, qarta, qorin, xasip, dumbajigar, kallapocha, sutli oʻpka, liqliq, yaxna goʻsht va boshqalar kiradi. Ya. ovqatlarni sabzavotlardan ham tayyorlash mumkin. Ya. goʻsht tayyorlash uchun yaxlit goʻsht boʻlaklari qaynab turgan suvga yoki shoʻrvaga solinadi, 1 — 1,5 soat mildiratib qaynatiladi, qozonga tuz, archilgan butun piyoz, sabzi, sarimsoqva b. solinadi. Goʻsht pishgach, suvdan olinib, havoda sovitiladi, qalamlab yoki yaproqlab kesib, murchli piyoz yoki sabzavotlar bilan dasturxonga tortiladi.

Sabzavotlarga ishlov berish

Sabzavot, meva va poliz mahsulotlarini har xal usulda uzoq muddat saqlash mumkin. Inson mahsulotlarni uzoq saqlash haqida ilgari o‘ylab kelgan. Sabzavot va mevalar inson organizmi rivojlanishi, o‘sishda, muskullarini baquvvat bo‘lishida katta ahamiyatga ega. Bu mahsulotlarda organizm uchun zarur vitaminlar, meniral moddalar, oqsil, tuz, qand moddalari bo‘ladi. Suvli muhitda mikroorganizmlar oziqlanib tez ko‘payib ketadi, natijada mahsulotlar tez buziladi. Shuning uchun ularni ko‘p vaqt saqlashning turli yo‘llarini o‘ylab ko‘rganlar. Bular quritish, tuzlash, achitish, marinovkalash, kompot qilish va boshqalardir. Mahsulotlarni o‘rab havo kirmaydigan idishlarga joylab saqlashni XIX asr boshlarida soldatlar uchun Napaleon 1 davrida qo‘llangan. 1812- yil rus biologi V.N. Karazin mahsulotlarni saqlash ustida olib borgan amaliy ishlari natijasida sabzavotlarni banka idishlarga solib og‘zini mahkamlab havo kirmaydigan qilib yopgan. Uning ichidagi tuzlangan mahsulotda hech qanday mikroorganizmi rivojlana olmagan, natijada maxsulot bir qancha muddat o‘z holicha, buzilmay shaklini yo‘qotmay turgan.


Yüklə 7,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə