O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti



Yüklə 76,64 Kb.
səhifə1/13
tarix02.06.2023
ölçüsü76,64 Kb.
#115073
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
5140200-Fizika


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI


5140200-Fizika ta’lim yo’nalishi bitiruvchilarining fanlararo yakuniy davlat attestatsiya sinovi


DASTURI


2021/2022 o’quv yili
Tuzuvchilar:
O.T.Ismanova NamDU “Fizika” fakulteti dekani, dotsent, falsafa fanlari doktori(PhD).
A.A.Xalmirzayev NamDU “Fizika” kafedrasi mudiri, f.-m.f.n.
H.O.Qo’chqorov NamDU “Fizika” kafedrasi katta o’qituvchisi,f.-m.f.n.
U.S.Boboxo’jayev NamDU “Fizika” kafedrasi dotsenti, f.-m.f.n.
Sh.T.Inoyatov NamDU “Fizika o’qitish metodikasi” kafedrasi mudiri, falsafa fanlari doktori(PhD).
Taqrizchilar:
R.Ikramov NamMTI “Fizika” kafedrasi professori, f-m.f.d.
G’.G’ulomov NamMQI “Fizika” kafedrasi professori, f-m.f.d.

5140200-Fizika ta’lim yo’nalishi bitiruvchilarining fanlararo yakuniy davlat attestatsiya sinovi dasturi Fizika kafedrasining 2021-yil «24» 11 dagi № 4-sonli majlisida muhokama qilingan hamda tasdiqqa tavsiya etilgan.




Kafedra mudiri A.A.Xalmirzayev
5140200- Fizika ta’lim yo’nalishi bitiruvchilarining fanlararo yakuniy davlat attestatsiya sinovi dasturi Fizika Fakultetining 2021-yil «29» 11 dagi № 4-sonli majlisida muhokama qilingan hamda tasdiqqa tavsiya etilgan.


Fakultet dekani O.T.Ismanova

5140200- Fizika ta’lim yo’nalishi bitiruvchilarining fanlararo yakuniy davlat attestatsiya sinovi dasturi Namangan davlat universiteti Kengashining 2021-yil «14» 12 dagi №4-sonli majlisida muhokama qilinib, tasdiqlangan.




Kengash kotibi M.Asqarova
I. UMUMIY QOIDALAR
1. 5140200-Fizika ta’lim yo’nalishibitiruvchilariningfanlararo yakuniy davlat attestatsiya sinovi dasturi (keyingi o’rinlarda – Dastur) O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirining 2009 yil 22 maydagi 160-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan “O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi to’g’risida”gi Nizom, 2018 yil 25 avgustdagi 744-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan “5140200-Fizika bakalavriat ta’lim yo’nalishining malaka talablari” (keyingi o’rinlarda – Malaka talablar) hamda № B5140200-18 tartib raqami bilan ro’yxatga olingan o’quv rejasining (keyingi o’rinlarda – O’quv rejasi) umumkasbiy va ixtisoslik fanlari o’quv dasturlari asosida tuzildi.

2. Fanlararo yakuniy davlat attestatsiyasi sinovi (keyingi o’rinlarda – Attestatsiya sinovi) O’zbekiston Respublikasining oliy ta’limga oid qonun hujjatlarida belgilangan tartibga ko’ra, bitiruvchilarning Yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlaridan biri hisoblanib, unda ta’lim yo’nalishi xususiyati, iqtidori va xohishiga ko’ra bitiruv malakaviy ishi yozish istagini bildirmagan, o’quv rejasidagi ta’lim dasturlarini to’liq o’zlashtirgan bitiruvchi kurs talabalari ishtirok etishlari shart.


3. Attestatsiya sinovini topshirishga o’quv reja va fan dasturlarini to’liq tugatgan va o’quv rejasida nazarda tutilgan barcha sinovlardan muvaffaqiyatli o’tgan talabalarga ruxsat beriladi.


4. Attestatsiya sinovi O’quv rejasining umumkasbiy va ixtisoslik fanlarining barchasini qamrab oladi hamda sinov topshiriqlari ushbu fanlar o’quv dasturlari asosida tuziladi.


5. Attestatsiya sinovifanlar mazmuniga qo’yiladigan talablar bilan bir qatorda, talaba tayyorgarligining Malaka talablarida bitiruvchiga qo’yiladigan umumiy talablarga javob bera olish darajasini aniqlashga yo’naltiriladi.



Yüklə 76,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə