O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti



Yüklə 312 Kb.
səhifə1/20
tarix21.06.2023
ölçüsü312 Kb.
#118341
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
5140100-Biologiya


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI
5140100 – Biologiya ta’lim yo’nalishi bitiruvchilarining fanlararo yakuniy davlat attestatsiyasi


DASTURI


2021-2022 o`quv yili


Tuzuvchilar:
Batoshov A.R. NamDU Biologiya kafedrasi mudiri, dosent, b.f.d.
Tojiboev Sh. NamDU Biologiya kafedrasi professori, b.f.n.
Tog’ayev I.U. NamDU Biologiya kafedrasi dotsenti, b.f.n.
Azizov V.G. NamDU Biologiya kafedrasi dotsenti, b.f.n.
Egamberdiyev M.X. NamDU Biologiya kafedrasi dotsenti v.b., b.f.n.
Sheraliyev A. NamDU Biologiya kafedrasi dotsenti, b.f.n.

Taqrizchilar:
Xolmatov B.R. O`z RFA Zoologiya instituti direktori, Biologiya fanlari doktori (DSc), professor
Dexqonov D.B. O`z RFA Botanika instituti direktori, biologiya fanlari nomzodi, dotsent

5140100 – Biologiya ta’lim yo’nalishi bitiruvchilarining fanlararo yakuniy davlat attestatsiyasi dasturi NamDU Biologiya kafedrasining 2021 yil “24” 11 dagi № 4-sonli majlisida muhokama qilingan hamda tasdiqqa tavsiya qilingan.



Kafedra mudiri: A.R. Batoshov
5140100 – Biologiya ta’lim yo’nalishi bitiruvchilarining fanlararo yakuniy davlat attestatsiyasi dasturi NamDU Fiziologiya kafedrasining 2021 yil “24” 11 dagi № 4-sonli majlisida muhokama qilingan hamda tasdiqqa tavsiya qilingan.
Kafedra mudiri; S.A. Mavlanova
5140100 – Biologiya ta’lim yo’nalishi bitiruvchilarining fanlararo yakuniy davlat attestatsiyasi dasturi Namangan davlat universiteti Kengashining 2021yil “14” 12 dagi № 4-sonli majlisida muhokama qilinib, tasdiqlangan.
Kengash kotibi M.Asqarova


UMUMIY QOIDALAR
1. 5140100 – Biologiya ta’lim yo`nalishi bitiruvchilarining fanlararo yakuniy davlat attestatsiya sinovi dasturi (keyingi o`rinlarda – Dastur) O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirining 2009 yil 22 maydagi 160-sonli buyrug`i bilan tasdiqlangan “O`zbekiston Respublikasi oliy ta`lim muassasalari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi to`g`risida”gi Nizom, 2018 yil 25 avgustdagi 744-sonli buyrug`i bilan tasdiqlangan “5140100 – Biologiya (turlari bo’yicha) bakalavriat ta’lim yo`nalishining malaka talablari” (keyingi o`rinlarda – Malaka talablar) hamda № B5140100-18 tartib raqami bilan ro`yxatga olingan o`quv rejasining (keyingi o`rinlarda – O`quv rejasi) umumkasbiy va ixtisoslik fanlari o`quv dasturlari asosida tuzildi.
2. Fanlararo yakuniy davlat attestatsiyasi sinovi (keyingi o`rinlarda – Attestatsiya sinovi) O`zbekiston Respublikasining oliy ta’limga oid qonun hujjatlarida belgilangan tartibga ko`ra, bitiruvchilarning Yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlaridan biri hisoblanib, unda ta`lim yo`nalishi xususiyati, iqtidori va xohishiga ko`ra bitiruv malakaviy ishi yozish istagini bildirmagan, o`quv rejasidagi ta’lim dasturlarini to`liq o`zlashtirgan bitiruvchi kurs talabalari ishtirok etishlari shart.
3. Attestatsiya sinovini topshirishga o`quv reja va fan dasturlarini to`liq tugatgan va o`quv rejasida nazarda tutilgan barcha sinovlardan muvaffaqiyatli o`tgan talabalarga ruxsat beriladi.
4. Attestatsiya sinovi O`quv rejasining umumkasbiy va ixtisoslik fanlarining barchasini qamrab oladi hamda sinov topshiriqlari ushbu fanlar o`quv dasturlari asosida tuziladi.
5. Attestatsiya sinovi fanlar mazmuniga qo`yiladigan talablar bilan bir qatorda, talaba tayyorgarligining Malaka talablarida bitiruvchiga qo`yiladigan umumiy talablarga javob bera olish darajasini aniqlashga yo`naltiriladi.

Yüklə 312 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə