O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti



Yüklə 1,76 Mb.
səhifə5/104
tarix11.12.2023
ölçüsü1,76 Mb.
#144272
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   104
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi n

Pedagogik mahorat – bu o‘quv jarayonining barcha shakllarini eng qulay va samarali holatda tashkil etish, ularni shaxs kamoloti maqsadlari tomon yo‘naltirish, o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish, ularda jamiyat uchun zarur bo‘lgan faoliyatga moyillik uyg`otishdir.
Pеdаgоgik mаhоrаtning аsоsiy tаrkibiy qismlаri.

Pedagogik mahorat yaxlit tizim sifatida quyidagi tarkibiy qismlardan iborat bo‘ladi:


- pedagog shaxsini insonparvarlik yo‘nalishiga ega bo‘lishi, uning qiziqishlari, qadriyat yo‘nalishlari va ideallarining oliy maqsad-barkamol avlod tarbiyalashga yo‘naltirilganligi;
- mutaxassislik fanlari, o‘qitish metodikasi, pedagogika-psixologiyadan mukammal bilimga ega bo‘lish;
- pedagogik qobiliyatga ega bo‘lish (muloqotga moyillik, ishchanlik, kelajakni tasavvur qila olish, kasbiy mustaqillik, sensor axborotlarni tezlik bilan anglash (yuzidan uqib olish);
- pedagogik madaniyat va texnikani egallash, ya’ni o‘z-o‘zini boshqara olish, o‘zaro ta’sir etish va hamkorlikda ishlashni uddalash.
N.M.Egamberdiyevaning fikricha, pеdаgоg shахsining insоnpаrvаr yo‘nаlgаnligi quyidаgilаrdа yorqin nаmоyon bo‘lаdi:
I. Tа’lim mаqsаdi, o‘quv-tаrbiya jаrаyonining shахsgа yo‘nаltirilgаnligi sifаtidаgi shахsgа yangichа qаrаsh: 1) shахs pеdаgоgik jаrаyonning оb’еkti emаs, sub’еkti sifаtidа аks etаdi; 2) shахs – qаndаydir tаshqi mаqsаdlаrgа erishish vоsitаsi emаs, tа’lim tizimi mаqsаdi; 3) hаr bir o‘quvchi qоbiliyatli, ko‘plаb o‘quvchilаr iqtidоrli; 4) shахsning muhim sifаtlаri sifаtidа yuksаk ахlоqiy qаdriyatlаr (yaхshilik, sеvgi, mеhnаtsеvаrlik, vijdоn, qаdr-qimmаt, fuqаrоlik vа bоshqаlаr) аks etаdi.
II. Pеdаgоgik munоsаbаtlаrni insоnpаrvаrlаshtirish vа dеmоkrаtlаshtirish: 1) pеdаgоgik muhаbbаt, o‘quvchilаr tаqdirigа qiziqish bilаn qаrаsh; 2) o‘quvchigа yuksаk ishоnch bilаn qаrаsh; 3) hаmkоrlik, mulоqоt mаhоrаti; 4) to‘g’ridаn-to‘g’ri mаjburlаshdаn vоz kеchish; 5) ijоbiy rаg’bаtlаntirishning muhimligi; 6) o‘quvchi shахsigа tа’lim sub’еkti, fаоllik vа erkin tаnlаsh sоhibi sifаtidаgi munоsаbаt; 7) o‘qituvchi vа o‘quvchi huquqlаrini tеnglаshtirish; o‘quvchining erkin tаnlаshgа bo‘lgаn huquqi tushunilаdi.
Mamlakatimizning istiqlol yo‘lidagi ilk qadamlaridanoq, buyuk ma’naviyatimizni tiklash va yanada yuksaltirish, milliy ta’lim-tarbiya tizimini takomillashtirish, uning milliy zaminini mustahkamlash , zamon talablari bilan uyg‘unlashtirish asosida jahon andozalari va ko‘nikmalari darajasiga chiqarish maqsadida ta’lim tizimida ulkan bunyodkorlik ishlari olib borilmoqda
Buyuk nemis pedagogi Adolf Disterverg o‘qituvchining doimiy ravishda fanlarni mutolaa qilish bilan shug‘ullanishi haqida gapirib, shunday degan edi: “O‘qituvchi muntazam ravishda fan bilan shug‘ullanmog‘i lozim. Aks holda u qurigan daraxt va toshga o‘xshab qoladi. Qurigan daraxt va tosh meva bera olmaganidek, kelajakda bunday o‘qituvchidan hech qanday natija kutib bo‘lmaydi”.
Hozirgi zamon fan va texnikasi jadal sur’atda rivojlanayotgan, zamonaviy axborot texnologiyalarining salmog‘i keskin oshayotgan bir davrda o‘qituvchi pedagogik mahoratini takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Agar, ilgari fanning biror sohasida ro‘y berayotgan yirik kashfiyot qariyb o‘n besh yillik samarali va kishi zo‘rg‘a ishonadigan voqea hisoblangan bo‘lsa, hozir har yili, hatto har oyda fan, texnika sohasida yangi kashfiyotlar yaratilmoqda, bilimlarning ilgari noma’lum bo‘lgan yangi yo‘nalishlari maydonga kelmoqda. Kishilarda bilimga bo‘lgan intilish beqiyos darajada o‘sib borayotir. Shuning uchun hozir kunda o‘qituvchi faqat o‘z fani bo‘yicha emas, balki o‘z faniga yaqin bo‘lgan sohalardagi yangiliklarni bilishi talab etiladi.
Bizga ma’lumki, ilg‘or jamiyat fuqarosining, xususan o‘qituvchining ma’naviy boyligi uning keng dunyoqarashi, teran fikrlash layoqati, savod­xonligi, yuksak insoniy fazilatlarga boyligi bilan baholanadi. “Barcha il­latlarning kelib chiqishi ilmsizlikdandir” degan edi yunon faylasufi Sok­rat. Shunday ekan, yosh avlodning yuksak bilim va tafakkur sohibi bo‘lishi uchun barchamiz javobgarmiz. Bu javobgarlik ko‘proq o‘qituvchilar zimmasida.
Darhaqiqat, o‘qituvchilarning obro‘-e’tiborini ta’minlaydigan ilk vosita uning tarbiyalanganlik darajasidir. Birinchidan, o‘qituvchi ma’naviy jihatdan sog‘lom va keng fikrlay oladigan bo‘lishi, o‘z milliy qadriyatlari, urf-odatlari va millatimizning buyuk siymolari ijodiy merosini teran bilishlari kerak. Binobarin, o‘zi tanlagan mutaxassislik va fan sohasida izlanishlar olib borgan, allomalarning hayoti va ijodini yaxshi bilishi hamda mantiqiy tafakkurga ega bo‘lishi lozim. Bu o‘qituvchi pedagogik mahoratining shakllanib borishida muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, milliy an’analarimiz, urf–odatlarimiz, qadriyatlarimiz asosida davlatimizning buyuk kelajagi bo‘lmish yosh avlodga chuqur bilim berish o‘qituvchilardan yuksak qobiliyatni va ishchanlikni talab qiladi.
O‘qituvchilik kasbining shakllanishi davomida uning pedagogik mahorati tako­millashib boradi. U har xil psixologik xususiyatlarga ega bo‘lgan o‘quvchilar bi­lan ta’lim-tarbiyaviy faoliyat olib boradi. Turli ziddiyatlarga duch keladi. Bu o‘z navbatida uni tinimsiz ijod qilishga, tarbiyaning har xil vosita va usul­larini topib, mohirona qo‘llashga majbur etadi. Tarbiya natijasida bel­gilangan maqsadga erishish uchun o‘qituvchilar yillar davomida yig‘ilgan tajriba va malakalariga tayanib ishlaydilar. O‘quvchilarning nazariy hamda amaliy fa­oli­yatida erishadigan barcha yutuqlari va ijobiy natijalari o‘qituvchi pedagogik mahoratini namoyon etuvchi asosiy vositalar hisoblanadi. O‘qituvchi pedagogik mahoratning tarkibiy qismlarini bilishi, uning cheksiz im­koniyatlaridan foydalanishi lozim. Quyida keltirilayotgan pedagogik mahorat fanining asosiy tarkibiy qismlari milliy an’ana va urf-odatlarimizdan kelib chiqib, hozirgi global rivojlanish davrida yanada to‘ldirilib borilishi mumkin.




Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə