O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomli toshkent davlat pedagogika universiteti sh. A. Do‘stmuhamedova, X. A. Tillashayxova



Yüklə 5,33 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/362
tarix30.01.2022
ölçüsü5,33 Mb.
#83283
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   362
fayl 781 20210505

 
orqali
 
oliy ta’lim sifatini oshirish, o‘quv dasturlarini 
takomillashtirish  va  zamonaviy  pedagogik  texnologiyalarni  joriy  etish
 
yuzasidan 
tavsiyalar  ishlab  chiqish  va  ushbu  konsepsiyaning  Oliy  ta’lim  tizimini 
rivojlantirishning  strategik  maqsadlari  va  ustuvor  yo‘nalishlarida  o‘quv 
adabiyotlari  sifatini  yaxshilash,  zamonaviy  o‘quv  adabiyotlarini  yaratish  tartibini 
soddalashtirish,  eng  yangi  xorijiy  adabiyotlarni  xarid qilish  va  tarjima qilish 
ishlarini  jadallashtirish,  xorijiy  adabiyotlardan qo‘shimcha  yoki  muqobil  o‘quv 
adabiyotlari sifatida foydalanishni kengaytirish, kutubxonalar fondlarini muntazam 
ravishda  yangilab  borish  maqsadida  ushbu  darslik  ayni  shu  tamoyillar  zamirida 
pedagogika  oliy  o‘quv  yurtlarida  psixologiya  fanlarini  o‘qitishning  zamonaviy 
konsepsiyasi  hamda  pedagogika  universitetlarining  «Umumiy  psixologiya»  fani 
dasturlari asosida yaratilgan. 
 
Ma’lumki, yosh davrlari va pedagogik psixologiya kursi psixologiya fanining   
muhim  tarmog‘i  sifatida, inson psixik  jarayonlarining  ontogenezdagi psixologik 



 
xususiyatlarini va  shaxsning ta’lim-tarbiya sharoitida psixik taraqqiyotining har 
bir  davriga  xos  xususiyatlarini  o‘rganuvchi  sohadir.  Pedagogik  psixologiya   
ta’lim,  tarbiya    va  taraqqiyotning  o‘zaro  bog‘liqligi,  ta’limning  tuzilishi, 
o‘quvchilarning  o‘qish  va  bilish  faoliyatining  psixologik  jihatlarini,  o‘quvchi 
shaxsini  barkamol  inson  sifatida  shakllantirish,  pedagogik  qobiliyatlar    kabi 
muhim muammolarni tadqiq etadi.  
Uning  muhim  vazifalari  -  talabalarda  psixologik-pedagogik  vaziyatlarni 
samarali  rejalashtira  olishga,  aqliy  va  shaxsiy  taraqqiyot  bilimlarini  samarali 
egallashga,  turli  yosh  davrlarida  psixik  taraqqiyot  qonunlarini  to‘g‘ri  anglab, 
psixologik tadqiqotlar olib borishga, o‘quvchilarga individual yondasha bilishga, 
bola  psixikasi  taraqqiyotida  turli  noxush  holatlarning  oldini  ola  bilishga, 
psixologik  og’ishishlarni  korreksiya  qilishga,    psixologik  nazokatni  to‘g‘ri 
shakllantirsh,  pedagogik  qobiliyatlarini  rivojlantirish  kabi  muammolarini  ijobiy 
hal etishga qaratilgan. 
Yosh  davrlari  va  pedagogik  psixologiya  fani  umumiy  psixologiya,  falsafa, 
pedagogika, yosh fiziologiyasi, sotsiologiya, tibbiyot va boshqa fanlar bilan uzviy 
bog‘liqdir. Uni o‘rganish jarayonida kompyuter texnikasi, aqliy taraqqiyot testlari 
va boshqa usullardan keng foydalaniladi.

Yüklə 5,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   362




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə