O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomli toshkent davlat pedagogika universiteti sh. A. Do‘stmuhamedova, X. A. Tillashayxova


 Yosh davrlari psixologiyasi fanining predmeti va vazifalari



Yüklə 5,33 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/362
tarix30.01.2022
ölçüsü5,33 Mb.
#83283
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   362
fayl 781 20210505

 
1.1 Yosh davrlari psixologiyasi fanining predmeti va vazifalari 
 
O‘zbekiston  Respublikasi  mustaqillikka  erishganidan  keyin  ta’lim 
jarayonini  takomillashtirishga  katta  e’tibor  qaratilmoqda.  Ulug‘vor  deb 
hisoblangan ta’lim  tizimi  oldida turgan ustuvor vazifalardan  biri  –bu  “Ta’lim  
to‘g‘risida”gi  Qonun  va  “Kadrlar  tayyorlash  Milliy  dasturi”  asosida 
Respublika  ta’lim  tizimida  olib  borilayotgan  islohatlar  yoshlarni  o‘z  xohishi, 
irodasi  va  intilishiga  qarab,  ularga  chuqur  bilimlar  berish,  o‘tmishdan  qolgan 
mafkuraviy  qarashlardan  to‘la  xoli  bo‘lgan  yuksak    ma’naviy  va  ahloqiy 
talablarga  javob  beradigan  raqobatbardosh  malakali  kadrlar  tayyorlashni 
ta’minlashdir.  
Komil  insonni,  ya’ni  o‘zida  ruhiy  boylik,  ahloqiy  poklik  va  jismoniy 
yetuklikni  to‘la  mujassamlashtirgan  talabalarni  kelgusi  faoliyatga  psixologik 
jihatdan  tayyorlash  uchun  umumta’lim  maktablarida  ta’lim-tarbiya  ishlarini 
to‘g‘ri  yo‘lga  qo‘yishni  bilishlari  muhim  sanaladi.  Buning  uchun  bolalarning 
psixik  taraqqiyoti  qonunlarini,  ularning  yosh  davrlari  va  individual 
xususiyatlarini bilish muhimdir.  
 Bu  borada,  yosh  davrlari  psixologiyasi  va  pedagogik  psixologiya  fanlari  -hozirgi 
zamon psixologiya fanining rivojlangan sohalaridan bo‘lib, bu o‘rinda muhim 
o‘rin  egallaydi, zero u inson  ruhiy  olamining tabiati va  uning qonuniyatlarini 
o‘rganuvchi sohalardir.
 
Yosh davrlari psixologiyasi va pedagogik psixologiya fanlari mushtarak, bir-biriga 
uzviy  bogliqdir,  chunki  ularning  har  ikkisi,  bitta,  umumiy  jarayonni  -  ulg‘ayib 
borayotgan  insonning  psixik  faoliyati  hamda  uning  xulq-atvorini  tadqiq  etadi. 



 
Biroq,  shunday  bo‘lsa-da,  bu  ikki  fan  psixologiya  fanining  mustaqil  sohalari 
hisoblanib, ularning har biri o‘z predmeti va tadqiqot vazifalariga egadir. 
 
 

Yüklə 5,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   362




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə