O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomli toshkent davlat pedagogika universiteti sh. A. Do‘stmuhamedova, X. A. Tillashayxova



Yüklə 5,33 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/362
tarix30.01.2022
ölçüsü5,33 Mb.
#83283
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   362
fayl 781 20210505

Abu  Rayhon 
Beruniy
  asarlarida ham o‘z aksini topgan. Uning fikriga ko‘ra, bilim olish uchun 
o‘quvchilarda  avvalo  intilish  va  qiziqish  bo‘lishi  kerak.  Darhaqiqat,  nimanidir 
o‘rganish,  tadqiq  qilish  uchun  insonda  intilish,  harakat  va  qiziqish  bo‘lmasa,  u 
hech narsaga erisha olmaydi. Ilm olishning muhim yo‘llaridan biri inson hammani 
o‘ziga  do‘st  tutishi  va  boshqa  insonlarga  ham  yaxshilik    qila  olishi  lozim. 
Olimning  mazkur  fikrlarini  fan  tilida    o‘quv  faoliyatiga  nisbatan  ehtiyoj 
tug‘ilsagina o‘quv motivlari shakllantirilishi mumkin, deya talqin qilsa bo‘ladi. 
Beruniy  ilm  olishda  axloqiy  poklikni  yuqori  o‘ringa  qo‘yib,  ta’lim  va 
tarbiyani bir xil izchillikda olib borganlar komil inson darajasiga erishadilar, deydi. 
Beruniy o‘qitish uchun muallim o‘z malaka va bilimlarini doimo orttirib, zamonga 
moslashib  borishi  lozimligini  uqtiradi.  U  kitob  o‘qish  usullariga  alohida  e’tibor 
qaratadi.  Kitoblarni  shunchaki  emas,  fikrlab,  kichik-kichik  bo‘limlarga  bo‘lib 
o‘qish  va  umumlashtirib  borish  kerakligi  haqida  ma’lumotlar  beradi.  Beruniy 
o‘qitishda  faqat  induktiv  (umumiy    xulosa)  yo‘l  bilangina  emas,  balki  deduktiv 
(juz’iy  xulosa)  yo‘l  bilan  ham  ish  tutish  lozimligini  ta’kidlaydi,  zotan  bunday 
o‘qishda tafakkur kengayib, bilimlar ortib boradi. 
Abu  Rayhon  Beruniy  o‘qituvchilar  o‘quvchining  e’tiborini 
taqqoslash

qiyoslash
  kabi  operatsiyalarga    qaratishlari    lozimligiga  alohida  ahamiyat  beradi. 
Zotan,  bugungi  kunda  ham  ongli,  ifodali,  to‘g‘ri  va  tez  o‘qish  hozirgi  zamon 
o‘quvchilarining savodli bo‘lishlarini ta’minlovchi asosiy tarkibiy qismlardandir. 
Abu  Rayhon  Beruniy    ilm  olishda  takrorlashga  zo‘r  berib,  yosh 
o‘quvchilarni  toliqtirib  va  zeriktirib  qo‘ymasdan,  turli  psixologik  usullarni 
qo‘llashni,  shu  orqali  ularning  tafakkurini  boyitib,  bilimlarini  chuqurlashtira 
borishni  ilgari  surgan  buyuk  zotdir.  Ya’ni  o‘qishga  nisbatan  bo‘lgan  qiziqishni 
so‘ndirmaslik  uchun  bolalarning  yoshiga  xos  psixologik  xususiyatlar  albatta 
inobatga olinishi kerakligini  e’tirof etadi. 
  Beruniyning    tafakkur  operatsiyalari  -  analiz,  sintez,  taqqoslash, 
umumlashtirish  kabilarni    shakllantirish  orqali  o‘qishga    qiziqish  uyg‘otish  
haqidagi   fikrlari  to hozirgi kungacha  o‘z ahamiyatini  yo‘qotgani  yo‘q. 
Sharqning  boshqa  bir  yirik  olimi 

Yüklə 5,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   362




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə