O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomli toshkent davlat pedagogika universiteti sh. A. Do‘stmuhamedova, X. A. Tillashayxova



Yüklə 5,33 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/362
tarix30.01.2022
ölçüsü5,33 Mb.
#83283
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   362
fayl 781 20210505

Imom  al-Buxoriy
  ham  ilm  o‘rganishni  yuqori  darajaga 
qo‘yib, o‘z asarlarida quyidagi fikrlarni ilgari suradilar: “Kishi ilm bobida nafaqat 
o‘zidan  yuqori  yoki  tengdoshlaridan,  balki  o‘zidan  past  bo‘lganlardan  hadis 
olmaguncha,  yetuk  muhaddis  bo‘la  olmaydi”.    Imom  Buxoriy  ushbu  fikri  bilan 
o‘quv  faoliyatining  ijobiy  motivlari  ustoz-muallim  tomonidan  shakllantirilishiga 
urg‘u beradi.  



 
Abu  Nasr  Forobiy
  esa  ko‘plab  asarlarida  bilish  masalasiga  katta  e’tibor 
beradi. U bilishda ikki bosqichni - hissiy va aqliy bilishni farqlaydi hamda bilishda 
inson aqlining roliga ahamiyat beradi. Forobiy insonlarni ilmli bo‘lishga chaqirib, 
o‘quvchining  ijtimoiy  hayotda  tutgan  o‘rni  va  uning  o‘ziga  xos  xususiyatlari 
to‘g‘risida  ibratli  g‘oyalarni  ilgari  surgan.  U  o‘quvchiga  ta’lim  berish,  uni  ilmli 
qilish  uchun  o‘qituvchi  tinmasdan  mashaqqatli  mehnat  qilsagina  o‘quvchi 
o‘qishga,  ta’lim  olishga,  bilimli  bo‘lishga  intilishi  mumkinligini  ta’kidlaydi. 
O‘qituvchi  o‘quvchiga  bilim  beraman  desa,  o‘quvchi  oldida  haqiqatgo‘y  bo‘lishi 
kerak,  o‘zi  fahm-farosatli  bo‘lib,  or-nomusini  qadrlashi  lozim,  shogirdlariga 
nisbatan adolatli bo‘lishi, ko‘zlagan maqsadiga erishishida qat’iylik ko‘rsata bilishi 
va  o‘rnak  bo‘lmog‘i  joiz,  deya  ta’kidlaydi  mutafakkir.    Forobiy  tushunishni, 
bilimning  mohiyatini  uqib,  anglab  olishni  quruq  yodlashdan  ustun  qo‘yadi, 
o‘quvchiga umumiy qonun-qoidalarni o‘zlashtirishni tavsiya etadi, chunki qonun - 
qoidalarni anglash, uning e’tirofiga ko‘ra, juda katta ahamiyatga ega. Allomaning 
mulohazasiga  binoan,  har  qanday  o‘quvchi  o‘z  xatti-harakatidan  xabardor 
bo‘lmog‘i,  ya’ni  o‘zini  anglagani,  zamonaviy  psixologiya  fani  terminologiyasiga 
ko‘ra,  o‘zini  refleksiya  qilish  ko‘nikmalariga  ega  bo‘lishi  va  shu  sa’y-harakatlari 
tufayli  baxtga  erisha  oluvchi  insonligini  anglamog‘i  lozimdir.  Forobiy 
o‘quvchining shaxsiga xos qator fazilatlarga  holisona sharh bergan olimdir.  
Qomusiy  olim 

Yüklə 5,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   362




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə