33
6.
Muammoning natijaviy yechimini tanlab, har tomonlama baholash.
Muamoli ta‟lim funksiyalari
-
ijodiy fikrlash orqali bilimlarni o„zlashtirish shakllanadi (ayrim mantiqiy va
ijodiy fikrlash faoliyatining shakllanishi);
-
olgan bilim, ko„nikma va malakalarini hayotda qo„llay olishlari shakllanadi;
-
o„quv muammosi yechimiga mustaqil yo„l ochish ko„nikmalari hosil bo„ladi;
-
ijodiy fikrlash tajribalari shakllanadi;
-
ilmiy metodlar asosida izlanishga o„rganadilar va ularni amalda qo„llaydilar.
Ilmiy izlanish tajriba –
sinovlar, pedagogik amaliyotlar shuni ko„rsatadiki,
muammoli vaziyatlarni hamma o„quv faoliyatlariga nisbatan quyidagi tiplarga
bo„lish mumkin:
Birinchi tip. Agar o„quvchilar oldiga vazifalar qo„yilib, qo„yilgan masalalarga
hayotdan o„quv materiali
asosida javob talab qilinsa, muammoli vaziyat kelib
chiqadi.
Ikkinchi tip. O„quvchilar ilgarigi darslarda olgan bilimlarini yangi mavzuni
o„zlashtirish zarurligiga uchrab qolsalar. Yangi mavzuning
yechimi ilgari olgan
bilimlarini o„zlashtirganliklarini talab etib, vaziyatdan chiqa olmay qolsalar.
Uchinchi tip. Muammoli vaziyat shunday hollarda ham uchrashi mumkinki, o„quv
topshirig„ini amalda bajarish uchun o„qituvchida isbot, nazariy asos bo„lmasa.
Muammoli o„qitish metodlari:
1.Muammoni bayon etish, bunda pedagog mustaqil ravishda muammoli
vaziyatni keltiradi va uning yechimini mustaqil qidiradi va topadi.
34
2.Pedagog mustaqil ravishda muammoni qo„yadi,
ammo uning yechimini
o„quvchilarni
jalb
qilgan
holda
hamkorlikda
izlaydilar,
topadilar,
xulosalaydilar.
3.Pedagog o„quv jarayonida o„quvchilar oldiga muammoni qo„yadi.
O„quvchilar uni izlaydilar, axborot almashadilar,
qayta ishlab, o„zlarining
ishtiroklaridagina yechimini topadilar.
4.Muammoli vaziyat o„quvchilarning o„zlari vujudga keltiradilar. Uning
yechimini boshqa o„quvchilar izlanishlari, yangicha fikrlashlari orqali o„zaro
yechim qidiradilar, topadilar.
Muammoli ta‟lim sohasida ilmiy tadqiqotlar olib borgan M.I.Maxmudov,
M.N.Sketkin, A.M.Matyuvgikven, I.Y.Lanker kabi olimlarning xulosalariga ko„ra
quyidagi muammoli ta‟lim metodlarini keltirish mumkin:
-
tushuntirish, namoyish etish;
-
muammoli bayon qilish;
-
reproduktiv;
-
ilmiy izlanish.
Yuqoridagilar asosida shunday
xulosa chiqarish mumkinki, ta‟lim sifati va
samaradorligini oshirishda muammoli o„qitish metodlari juda muhim rol o„ynaydi.
Chunki muammoli ta‟lim o„quvchini izlanishga, ijodkorlikka, erkin fikr yuritishga
o„rgatadi. O„quvchida bunday sifatlarning shakllanishi, o„quv – biluv mas‟uliyatini
oshiradi, mustaqil bilim olish, izlanish uning kundalik odatiy ishiga aylanadi. Bu
esa o„z
navbatida, ta‟lim mazmunini, takomillashgan standartlar, moderinizatsiya
qilingan dasturlarni to„la o„zlashtirib olishga kafolat bo„ladi.
Agar o„qituvchi o„quvchilarning fikrlash, ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirishni
bosh
maqsad qilib olsa, unda o„quvchilarning muammoli ta‟lim asosida faoliyat
yuritish ko„nikma va malakalarini shakllantirishi zarur. O„quv tarbiyaviy ishlarni