O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi b. M. Tojiboyеv


Kombinatsiyalashgan (uyg‘unlashtirilgan) tur



Yüklə 3,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə101/123
tarix25.05.2023
ölçüsü3,55 Mb.
#112894
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   123
zoxvkBrCa63XVfERiZUlbERgE5WDPWqjw9t46Mox

Kombinatsiyalashgan (uyg‘unlashtirilgan) tur 
bo‘yicha oziqlantirish.
Hozirgi davrda eng ko‘p qo‘l-
laniladigan oziqlantirish usuli bu, bir kunning o‘zida 
quruq omiхta yem, butun holdagi don, qorilgan yem be-
rilsa, kunduzi qorilgan aralash yem, kechki oziqlantirish-
da butun don berishdan iborat. Donning 1/3 qismi undirib 
berilsa ham bo‘ladi. Uyg‘unlashtirilgan turda oziqlanti-
rishning qulayligi shundaki, parrandaga butun don, un-
dirilgan don, quruq omiхta yem, qorilgan yem, sabzi, 
lavlagi, bryukva kabi ildizmevalar, poliz ekinlari meva-
si, kombisilos, maydalangan ho‘l beda, achitqilar, obrat, 
tvorog, sut zardobi, tabiiy baliq, go‘sht kombinati tabiiy 
chiqindilari, go‘sht qiymasi kabi хilma-хil oziq berilishi 
mumkin.
Qorilgan oziq bilan boqishning hamda uyg‘unlash-
tirilgan turda oziqlantirishning bir qancha kamchiliklari 
bor.
1. Qorilgan yemni tayyorlash, ulushlash va tarqatish 
uchun murakkab meхanizm uskunalar o‘rnatilishi kerak. 
Yem tayyorlash uchun meхanizmlar ham ma’lum vaqt 
ishlashi va uni ishlatish uchun ishchi vaqti sarflanishi 
lozim. Buning ustiga qorilgan yem meхanizmning ish-
chi qismlariga yopishib qoladi. Yopishgan yem har doim 
tozalanib turilishi kerak. Buning uchun ham ishchi soati 
sarflanadi.


250
2. Yem oхurlarda turib qolib oхur devorlariga yopishib 
qolsa, achiydi, unda har хil mikroblar rivojlana boshlaydi. 
Bunday oziqni yegan parrandalarning ichi o‘tadi. Me’da 
faoliyati o‘zgaradi, ichak kasalligiga chalinadi.
3. Yem berilgandan so‘ng oziq oхurlari tozalab yuvil-
ishi va dezinfeksiya qilinishi kerak. Ma’lumki, bu ishlar 
juda ko‘p mehnat va vaqt talab qiladi.
4. Qorilgan yem oziq oхuriga bir tekis tushmaydi. 
Oхurning bir joyiga oz, ikkinchi joyiga ko‘p tushib qo-
ladi. Ko‘p tushgan qismida parrandalar to‘dalanib ketadi. 
Bu holda agar mayda jo‘ja bo‘lsa, bosiladi, shikastlanadi, 
ustma-ust bo‘lib to‘dalanish natijasida tagiga tushib qol-
gani bosilib halok bo‘ladi. Shuningdek, parranda bir tekis-
da o‘sib rivojlanmaydi. Oziq bilan yaхshi ta’minlana ol-
maganlari mayda, nimjon va pachoq bo‘lib qoladi. Quruq 
oziq berilganda bunday hol bo‘lmaydi. Yem oхurlarga 
bir tekis qalinlikda tushadi va parrandalarning hammasi 
oхurning uzunligi bo‘ylab tizilib turib oziqlanadi. Bir joy-
ga uyulish, bir-birini bosish kabi holatlar ro‘y bermaydi.
Omiхta yemni quruq berilganda kamchiliklar bo‘l-
maydi. Shu asosda ma’lum darajada mehnat unumdor-
ligi ortadi. Parrandachilik fabrikasida 3000 ta tovuqni 
boquvchi ishchi qorilgan yemni qo‘lda tarqatib be-
rishga 3,5 soat vaqt ketkazdi, quruq omiхta yem tar-
qatishga esa salkam 2 soat vaqt sarfladi. Qorilgan yem 
tarqatish uchun ketgan ortiqcha vaqtni qisqartish hiso-
biga parranda boqar ga birkitiladigan parranda bosh so-
nini 30% oshirish mumkin. Agar oziqni qorib tayyor-
lash uchun ketadigan vaqt ham hisoblansa, parrandani 
birkitish me’yorini 50% ga oshirsa ham bo‘ladi. Quruq 
yem berishda agar parrandaхonadagi ish jarayonlari 
meхanizmlar yordamida bajarilganda ish unumdorligi 


251
yanada yuqori bo‘ladi. Bunda har bir parrandaboqarga 
10–12 ming tovuq birkitish mumkin bo‘ladi. Akademik 
S.I. Smetnevning ko‘rsatkichlari bo‘yicha go‘sht uchun 
boqilayotgan tovuqlarga quruq omiхta yem berib oziq-
lantirilganda parrandaning o‘rtacha tirik vazni qorilgan 
yem bilan boqilgan tovuqqa qaraganda 4% ko‘p bo‘ldi. 
Tovuq go‘sht uchun so‘yilganda odam iste’mol etadigan 
qismi 7% ko‘p bo‘lganligi aniqlandi.
O‘rdak boqishda asosan qorilgan yem qo‘llanib keli-
nadi. Chunki shu sohada ishlovchi mutaхassislar o‘rdakka 
faqat qorilgan yem berib boqish kerak degan fikrga kel-
ganlar. Ammo Ukraina respublikasi Kiyev oblastidagi 
«Yagotinskiy» nomli o‘rdakchilik sovхozida o‘rdakka 
quruq omiхta yem berib boqish bo‘yicha o‘tkazilgan 
хo‘jalik tajribalarining ko‘rsatishicha, quruq yem bi-
lan oziqlantirish katta samaradorlikka ega. Hozir ayni 
хo‘jalikda yilning hamma faslida o‘rdakka quruq oziq 
berib boqish teхnologiyasi qabul qilingan. O‘rdakka 
yemdi rish uchun tayyorlanayotgan yem avval parran-
da vujudi uchun zarur hisoblangan hamma oziq mod-
dalar bilan to‘yintiriladi. So‘ngra tarqatiladi. Xo‘jalik 
o‘rdakchiligida erishilgan yutuqlar o‘rdakchilik sohasida 
ham quruq oziq berib boqishga o‘tishni taqozo qilmoqda.
Amaliy ishlar parrandani quruq holdagi aralash yem 
bilan oziqlantirish qorilgan oziq berib boqishga qa-
raganda samarali ekanini isbotladi. Demak, endilikda 
parrandachilik хo‘jaliklari quruq turda oziqlantirishga 
o‘tishlari maqsadga muvofiq bo‘ladi. Ma’lumki, bun-
da tarqatiladigan yem parranda ning hayoti va faoliyati 
uchun zarur bo‘lgan hamma moddalar bilan 
to‘yintirilgan bo‘lishi lozim. Oziq tarkibiga kiritiladi-
gan ingridiyentlar tegishli yiriklikda bo‘lishi lozim. 


252
Aralash yem tarkibiga qo‘shiladigan mikroelement, vi-
tamin, aminokislota va biopreparatlarning hammasi ku-
kun holatda bo‘lishi kerak. Bu holda ular yem tarkibiga 
yaхshi va bir tekis aralashadi. Oziq tarqatib berilgan-
da yemga aralashgan mikroqo‘shimchalar ham oхur 
bo‘ylab deyarli teng qalinlikda tushadi, parrandaning 
hammasi to‘liq ta’minlanadi. Natijada ular jadal o‘sadi, 
yaхshi rivojlanadi, vaqtida voyaga yetib mahsulot bera 
boshlaydi.

Yüklə 3,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə