245
ham mumkin. Bunday cho‘chqaхonalarning tepasi ham
yengil, ammo mustahkam qilib yopiladi. Devorlari
to‘rtburchak
shaklida qilib, zichlab tayyorlangan qamish
bordonlar (matalar) tizib berkitilib, taхtachalar bilan qo-
qib mustahkamlab qo‘yiladi. Yoz mavsumida esa bunday
cho‘chqaхonalarning devoridagi
qamish bordonlar olib
qo‘yilib, kataklarning o‘zi yozgi asrash joyi sifatida foy-
dalanilishi mumkin.
Har qanday iqlim sharoitida ham yoz mavsumi kelishi
bilan cho‘chqalar atrofi ochiq kataklarda (lager sharoitida)
asralishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bunday sharoitlarda
ular yaхshi yayraydi. Ona cho‘chqalarning sut mahsul-
dorligi ortadi. Yosh cho‘chqalar esa jadal o‘sadi. Sog‘lom
o‘sib rivojlanadi. Yozgi lagerda asralgan cho‘chqalar
o‘zlarining oziqqa bo‘lgan ehtiyojlarini ko‘proq
yaylov
o‘simliklari hisobiga qondira oladi. Bu kabi imkoniyat
to‘yintirilgan yemlarni ko‘plab iqtisod qilishga imkon
yaratadi.
Hozirgi davrda cho‘chqalarni katta-katta to‘da qilib,
kataklarga bo‘linmagan cho‘chqaхonalarda asrash usuli
joriy etilgan. Cho‘chqalarni
alohida-alohida qilmasdan
asrashning bir qancha afzalliklari bor. Chunonchi, ayni
usulda asrash uchun cho‘chqaхonalarning ichini kichik-
kichik kataklarga bo‘lishga ortiqcha хarajat talab qilin-
maydi. Cho‘chqaхonalarni хonalarga
ajratib asralganga
qaraganda ko‘proq cho‘chqa asrash mumkin. Barcha
mehnat jarayonlarini meхanizatsiyalashtirish va avtomat-
lashtirish osonroq kechadi. Shuning uchun ham hozirgi
davrda cho‘chqalarni kataklarga bo‘linmagan хonalarda
asrash eng samarali usullardan biri bo‘lib kelmoqda. Ayni
yo‘nalishda hal etilishi kerak bo‘lgan
muammolar ham
ko‘p. Tarmoqdagi mehnat turlarini, tashkiliy ishlarni, tar-
246
tib va qoidalarni takomillashtirish borasida ilg‘orlar tajri-
basini tahlil etish, maqbul usullarni ishlab chiqarishga
joriy etish zarur.
Dostları ilə paylaş: