240
120–140 g, katta yoshdagilarga 130–150 g protein, 7–8 g
kalsiy, 4–5 g fosfor, 10–11 g osh tuzi va 10–15 mg karo-
tin belgilanishi ma’qul bo‘ladi.
Nasl olishda foydalaniladigan erkak cho‘chqalarning
oziq ratsionidagi oziqlar хilma-хil bo‘lishi kerak. Ular-
ga qishda kuniga 1–1,5
kg sifatli beda pichani, yozda
esa 5–6 kg ko‘k o‘t, 3 kg qand lavlagi, 0,5 kg kunjara,
2,5 kg to‘yintirilgan yem, 50 g osh tuzi va 40 g bo‘r be-
rish kerak. Shuningdek, 200–300 g miqdorida baliq yoki
go‘sht va suyak uni beriladi. Agar bular bo‘lmasa, 2–4 l
qaymog‘i olingan sut berish mumkin. Erkak cho‘chqalar
belgilangan soatda kuniga 2–3 marta oziqlantiriladi. Oziq
quyuq bo‘tqaga o‘хshatib qorib be rilishi maqsadga muvo-
fiq bo‘ladi.
Bo‘g‘oz cho‘chqalar boqish.
Qochiriladigan urg‘ochi
cho‘chqalar o‘rtacha semizlikda bo‘lishi kerak. Oziq ra-
tsionida protein,
mineral moddalar, vitaminlar va mikro-
elementlar talabga javob beradigan miqdorda bo‘lishi
lozim. Ratsion tarkibida yuqori sifatli beda pichani yoki
pichan uni, qand, nimqand yoki хashaki lavlagi, topinam-
bur,
kartoshka, silos va to‘liq to‘yimli sifatga keltirilgan
aralash yem, mineral moddalar,
mikroelementlar va vita-
minlar bo‘lgani ma’qul. Ratsionning 20–30% i beda pi-
chani, 30–40% i shirali oziqlar, qolgan 30–40% i to‘liq
to‘yimli yemlar majmuidan tashkil topishi maqsadga mu-
vofiqdir.
Bo‘g‘ozlikning birinchi yarmida tirik vazni 100 kg
bo‘lgan ona cho‘chqaga 3,3 oziq birligi belgilanadi.
Keyin 100 kg dan yuqori har 20 kg jussa og‘irligiga 0,3
oziq birligi hisobidan qo‘shib boriladi. Masalan,
tirik
vazni 100 kg bo‘lgan bo‘g‘oz ona cho‘chqaga 3,3 oziq
birligi berilsa, 120 kg ligiga 3,6, 140 kg li cho‘chqaga 3,9
241
oziq birligi beriladi. Protein esa har oziq birligi hisobiga
110–115 g dan, osh tuzi 9–10 g, kalsiy 6–7 g, fosfor 4 g,
karotin 10–15 mg dan beriladi.
Bo‘g‘ozlikning ikkinchi yarmida og‘irligi 120 kg
bo‘lgan yosh ona cho‘chqaga 4 oziq birligi belgilanadi.
Undan ortiq har 20 kg vazniga 0,2 oziq birligi qo‘shiladi.
Shuningdek, oqsilni har bir oziq birligi hisobiga 120 g,
osh tuzi 10 g, kalsiy 8 g, fosfor 6 g, karotin 10–15 mg
dan beriladi.
Tug‘ishiga yaqin qolgan ona cho‘chqaning oziq
me’yori 1,5–2 marta kamaytiriladi.
Bo‘g‘ozlik davrining birinchi ikki oyi davomida har
bir katakka 20–30 tadan,
uchinchi oyida har katakka
ikkitadan, to‘rtinchi oyidan boshlab bir katakka bittadan
qo‘yib boqiladi.
Dostları ilə paylaş: