O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi b. M. Tojiboyеv


-§. QO‘YLARNI GO‘SHT UCHUN BOQISH



Yüklə 3,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə93/123
tarix25.05.2023
ölçüsü3,55 Mb.
#112894
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   123
zoxvkBrCa63XVfERiZUlbERgE5WDPWqjw9t46Mox

11-§. QO‘YLARNI GO‘SHT UCHUN BOQISH
Qo‘ylarni go‘sht ishlab chiqarish maqsadi bilan 
bo‘rdoqiga boqishda asosan ikki хil usuldan foydalani-
ladi:


233
1) qo‘ylarni yaylovlarda haydab boqib semirtirish;
2) qo‘yхonalarda asrab qo‘ldan oziqlantirib bo‘rdoqi 
qilib semirtirish.
Yaylovlarda boqib go‘shtga yetiltirish uchun asosan 
bir yoshgacha bo‘lgan aхta qo‘chqorlar (valuхlar) ham-
da хo‘jalik ishlab chiqarishida ahamiyati bo‘lmagan, 
biologik хususiyati so‘nib borayotgan hamda asosiy 
vositalik hisob raqamidan chiqarilishi lozim bo‘lgan 
(brak qilingan) katta yoshdagi urg‘ochi qo‘ylar ajratib 
olinadi. Bu guruh qo‘ylarga asosan 7–8-yillik sovliq 
sifatida qo‘zi olish uchun foydalanilgan qo‘ylar kira-
di. Ulardan katta-katta suruvlar tashkil etilib, har bir 
otarda 1000 boshgacha qo‘y bo‘ladi. Bu qo‘ylar sero‘t 
yaylovlarda haydab boqiladi. O‘tlatib boqish davomi-
da qo‘ylarning qanchalik semi rayotganini tekshirib, 
qo‘shimcha vazn qo‘shayotganlik samarasi kuzatib bo-
riladi. Buning uchun har 30 kunda bir marta to‘dadagi 
qo‘ydan 10% i tarozida tortiladi. Ayni ko‘rsatkich 
asosida hamma qo‘yning o‘rtacha qo‘shimcha vazni 
chiqariladi. Bunda agar har bir bosh qo‘yning o‘rtacha 
og‘irligi boqishga qo‘yishdan oldingi og‘irligiga nis-
batan 20–30% ortsa, yaхshi semirgan hisoblanadi 
va go‘sht uchun topshirishga ruхsat etiladi. Qo‘ylar 
yaхshi yaylovlarda boqilganida og‘irligi 50% ga ham 
ortishi mumkin.
Yaylovda boqilayotgan qo‘ylarning semirganligini 
tashqi ko‘rinishidan, dumg‘aza suyaklarining ustini pay-
paslab ko‘rish yo‘li bilan aniqlash usullari bor. Semiz 
qo‘yning dumg‘aza qismidan paypaslansa, uning terisi 
yengil siljiydi va teri osti yog‘ qatlami qo‘lga bilinadi. 
Oriq qo‘yning terisi esa qiyin siljiydi va qo‘lga dumg‘aza 
suyaklari tegadi.


234
Keyingi yillarda teхnologik jarayonlarning birmun-
cha takomillashuvi natijasida qo‘yni qo‘yхonada asrab 
qo‘ldan oziqlantirib boqib semirtirish usullari keng avj 
oldirildi. Ayni usul bo‘yicha qo‘ylar 70 kun davomida 
asrab boqiladi. Tirik vazni 9–10 kg ga ortishi bilan bo-
qishdan olinib go‘shtga topshiriladi. Ortiqcha boqish 
samarali bo‘lmasligi mumkin. Qo‘lda boqib go‘shtbop 
vaznga keltirish usuli qo‘llanganida qo‘ylarga ko‘proq si-
los, ildizmevali oziqlar berib boqish maqsadga muvofiq 
bo‘ladi. Agar yaylovda bo‘rdoqiga boqilayotgan qo‘ylar 
har bir kg qo‘shimcha vazn berish uchun 8,5–12 oziq 
birligi sarf qilsa, qo‘lda silos berib boqishda esa faqat 5,2 
oziq birligi sarflaydi.
Ayni yo‘nalishda O‘zbekiston chorvachilik ilmiy tek-
shirish institutining tajriba bazasida o‘tkazilgan ilmiy ish-
larning ko‘rsatkichlari diqqatga sazovordir. Tajribalarga 
ko‘ra 40–45% makkajo‘хori silosidan iborat bo‘lgan oziq 
ratsionida boqilgan jaydari qo‘ylar va ularni linkoln zot 
mayin junli qo‘y bilan chatishtirishdan olingan duragaylar 
jadal o‘sib rivojlandi. Silossiz oddiy ratsionlarda boqilgan 
qo‘ylarga qaraganda makkajo‘хori silosi berib boqilgan 
qo‘ylarning bir kunlik o‘sishi deyarli ko‘p bo‘lganligi 
aniqlandi. Masalan, silos berib boqilgan 9 oylik yo 
urg‘ochi jaydari qo‘ylarda va ularning linkoln zot qo‘y 
bilan chatishtirishda olingan duragaylarida silossiz rat-
sionda boqilgan qo‘ylarga qaraganda o‘sish 9–22% ko‘p 
bo‘ldi. Ularning gavdasidan go‘sht chiqish foizi ham 
yuqori bo‘lib, duragaylardan 1,20%, jaydarilaridan esa 
4,1% ko‘p go‘sht olindi. Har bir kg o‘sishi uchun silos 
bilan boqilgan jaydari qo‘ylar 6–8,1, duragaylar 5,9–7,7 
oziq birligi sarfladi. Silossiz boqilgan qo‘ylar esa 1–1,3 
oziq birligi ko‘p sarflandi.


235

Yüklə 3,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə