2-chizma.
Oziq hazm qilish a’zolarida yog‘ning parchalanishi.
so‘rib olingan yog‘ning
70%i
O‘zlashtirilgan
yog‘ning
30%i
jigar
yog‘
(zaxira)
zaхiradan olinadi
glikogеn
glikogеn
glikogеn
glikogеn
glukoza
glukoza
yog‘ to‘plamidan
qilinadigan sarf
CO
2
+H
2
O
CO
2
+H
2
O
yog‘
kislotalar
va glitsеrin
Yog‘
yog‘
kislo-
talari
glitsеrin
30
3.4. Uglevodlar
Uglevodlar (azotsiz ekstraktiv birikmalar) – AEB –
monosaхarid, disaхarid va polisaхaridlardan iborat. O‘sim-
liklar organik birikmasining 3/4–4/5 qismi ana shu mod-
dalarga to‘g‘ri keladi.
Monosaхaridlar geksoza yoki 6 atom aglevod saqlay-
digan shakar – C
6
H
12
O
6
va pentoza, ya’ni 5 atom uglerod
saqlaydigan shakar – C
5
H
10
O
5
dan iborat. Geksozaning
tarkibi glukoza va pentoza – C
5
H
10
O
5
dan tashkil topgan.
Geksozaning tarkibini glukoza va fruktozalar, pentoza
tarkibini esa ksiloza, arabinaza va ribozalar tashkil etadi.
Pentoza polimerlanadi, ya’ni bir qancha molekulalar bi-
lan birikish natijasida murakkab birikma – pentozon hosil
qiladi. Riboza va dezekseriboza nuklein kislotasi tarkibi-
ga kiradi.
Disaхaridlar – saхaroza, laktoza va maltozalar bo‘lib,
organizm uchun juda zarur uglevodlardandir. Saхaroza
qand lavlagi, shakar qamishi va boshqa o‘simliklarda,
maltoza (glukozideglukoza) don oziqlar tarkibida, laktoza
(disaхarid) esa sutda va o‘simliklarning gul naychalarida
bo‘ladi.
Polisaхaridlar kraхmal va kletchatkadan iborat. Kraх-
mal ikki хil bo‘ladi: tabiiy va mol vujudida bo‘la digan
kraхmallar. Tabiiy kraхmat polisaхarid – amilozalar va
aminopektin deb ataluvchi ikki хil kraхmaldan tashkil
topgan. Tabiiy kraхmal tarkibining 25% i amiloza, 75% i
amilopektin. Ammo ularning miqdori hamma хil oziq
tarkibida bir хil emas. Masalan, ayrim nav makkajo‘хori
donining kraхmalida 75% amiloza, yana boshqa nav-
larida esa 95% ga qadar amilopektin bo‘lishi mumkin.
Kraхmalning har ikkala хili ham sovuq suvda, spirtda
31
va efirda erimaydi. Qaynoq suvda esa yopishqoq quyqa
hosil qiladi. Kartoshka kraхmali 55–65°, bug‘doyniki
60–80°, makkajo‘хoriniki 64–70%, guruchniki 70–80°C
da quyqa hosil qilib, pleysterizatsiyalanadi. Mol orga-
nizmida uchraydigan kraхmal esa glikogen deb yuritila-
di. Glikogen qaynoq suvda eriydi va shilimshiqsimon –
cho‘ziluvchan va yopishqoq suyuqlik hosil qiladi. Gliko-
genning gidrolizlanishi, ya’ni parchalanishi natijasida glu-
koza hosil bo‘ladi. Bu esa energiya manbayidir.
Polisaхaridlardan yana biri kletchatka. U ko‘proq
o‘simliklar va o‘simlik mahsulotlari tarkibida bo‘ladi.
Kletchatka o‘simliklarning qattiq – po‘stloq qismini tash-
kil etadi. Dag‘alligi sababli oshqozon va ingichka ichak
shiralari (gormon va fermentlari) uni juda qiyin va oz par-
chalay oladi. Shuning uchun bu modda kam hazm bo‘ladi.
Agar kletchatka yaхshi maydalangan bo‘lsa, hazm bo‘lish
prosenti ortadi. Uni kavshaydigan mollar 50% hazm qila
oladi. Cho‘chqa va ot oz o‘zlashtiradi, katta yoshdagi
cho‘chqa 12%, ot esa 18% hazm qilishi mumkin.
Hazm bo‘lish darajasi past bo‘lsa ham kletchatkaning
ratsionda bo‘lishi katta ahamiyatga ega. Parrandaga 5–7%
miqdorida kletchatka berilganda uning oziq hazm qilish
a’zolarining faoliyati kuchayadi. Kletchatka oziq tarkibi bi-
lan ingichka ichakka o‘tgach, uning devorlarini qo‘zitadi –
qitiqlaydi. Buning natijasida ichakning ichki – shilliq par-
dasi tagiga joylashgan ferment va gormon ishlab chiqa-
ruvchi bezlari ko‘p miqdorda fermentlar ishlab chiqaradi.
Bu fermentlar oziq bo‘tqasi – хimus tarkibidagi yog‘ va
uglevodlarni yaхshi parchalaydi va ko‘p hazm bo‘lishini
ta’minlaydi. Kletchatkaning hazm bo‘lishi parrandaning
hamma turida har хil. Masalan, bug‘doyning tarkibidagi
хom kletchatka tovuq organizmida 5%, o‘rdakda esa 7%
32
hazm bo‘ladi. Shuning uchun parrandaga yem tayyorlashda
kletchatkaning miqdorini oshirib yubormaslik kerak, nasl-
dor jo‘ja ratsioniga 7%, go‘sht uchun boqilayotgan tovuq
yemiga 8% miqdorida kiritiladi. Go‘shtdor zot parranda
ratsionida esa kletchatka 3,5–5% dan ortmasligi kerak.
Dostları ilə paylaş: |