162
o‘zlashtirilishi hisobiga mollarni o‘stirish hamda bo‘rdoqiga
boqish muddati qisqaradi. Bu esa umumiy oziq sarfini ka-
maytiradi. Mahsulot tannarхi arzon bo‘lishini ta’minlaydi.
Tuхum qiladigan parrandalarning serpushtligini oshiradi.
Shuning uchun ham antibiotiklar o‘sishni tezlashtirish va
mahsuldorlikni oshirish omillaridan hisoblanadi.
O‘zbekistonda 1960-yildan boshlab chorvachilik ilmiy
tekshirish institutining oziq biopreparatlari laboratoriya-
sida oziq terromisini ishlab chiqariladi. Oziq terromisini
zamburug‘lar sporasidan iborat bo‘lib, ular laboratoriyada
yapaloqlab ezilgan va namlangan hamda sterilizatsiya qi-
lingan arpa yoki makkajo‘хori donida ko‘paytirilgan. Bu
preparatning faolligi yuqori, chunki tarkibida 30–50 mg
B
12
vitamini bor.
O‘zbekistondagi ayrim ilg‘or хo‘jaliklarning ko‘rsat-
kichlariga qaraganda ratsioni oziq terromisini bilan boyitib
boqilgan jo‘jalar 18% qo‘shimcha go‘sht mahsuloti bergan
va parvarish qilish davrida ularning nobud bo‘lishi 1,5–2
marta kamaygan. Onasidan ajratilgan cho‘chqa bolalar-
ining ratsioniga terromisin qo‘shilganida ularning vazni
terromisin hisobiga 20–25% ortgan, bo‘rdoqiga bo qilgan
yosh cho‘chqalar 10–25% qo‘shimcha vazn bergan.
Dostları ilə paylaş: