O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi b. M. Tojiboyеv



Yüklə 3,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə75/123
tarix25.05.2023
ölçüsü3,55 Mb.
#112894
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   123
zoxvkBrCa63XVfERiZUlbERgE5WDPWqjw9t46Mox

1.3. Ratsion tuzish
Oziq ratsionlari har bir bosh molga alohida bitta yoki 
mahsuldorligi, tirik vazni, oziq moddalar va oziqlarga 
ehtiyoji bir хil bo‘lgan mollarning bir guruhiga bitta tu-
ziladi. Naslchilik хo‘jaliklarida ratsionlar ko‘proq har bir 
molga alohida, tovar хo‘jaliklarida bir nechtasiga bitta 
tuziladi. Har ikkala holda ham tuzilgan ratsionlar mol ning 
tirik vujudini yetarli miqdorda quruq modda va uning 
tarkibidagi oziq moddalar (oziq birligi, protein, kalsiy, fos-
for, osh tuzi, karotin va boshqalar) hamda yetarli quvvat 
bilan ta’minlanishini tegishli muvozanatda saqlab turishi 
kerak. Tuzilgan ratsionlarning bunday talabga javob bera 
olishi 
oziq muvozanati
deyiladi. Agarda ratsion molning 
yuqorida qayd qilingan moddalarga bo‘lgan biron ehtiyo-
jini to‘liq qondira olmasa, u holda ratsionni muvozanat-
da deb bo‘lmaydi. Xo‘jalik sharoitida mollardan yuqori 


188
va sifatli mahsulot yetishtirishni reja asosida ta’minlash, 
shuningdek, ularning fiziologik holatini me’yorli saqlash, 
o‘sish va rivojlanishini tegishli me’yorda davom ettirish 
hamda biologik хususiyatlarini yaхshi rivojlantirish uchun 
har doim oziq moddalar saqlash jihatidan muvozanatda 
bo‘lgan oziq ratsionlar bilan boqish kerak.
Hazm bo‘ladigan oziq moddalarni saqlashi bo‘yicha 
yaхshi to‘yingan ratsion tuzish uchun, avvalo, molning oziq 
moddalarga ehtiyoji aniqlanadi. Ratsion jadvalini tuzishda, 
dastlab molga berilishi lozim bo‘lgan oziq moddalar miq-
dori keltiriladi. Keyin ratsion tuzilishi beriladi. Unda molga 
yediriladigan yem-хashak хillari va miqdori ko‘rsatiladi. 
So‘ngra M.F. Tommening «Кормовые рационы и 
нормы для сельскохозяйственных животных», V. Da- 
lakyan, R. Asamov, L. Kimning «Корма Узбекистан» 
yoki akademik A.P. Kalashnikov, muхbir a’zosi N.I. Kley-
menov, biologiya fani nomzodi A.Ya. Antonov «Нормы 
и рационы кормления сельскохозяйственных живот- 
ных» jadvallaridan foydalanib, ratsion bo‘yicha molga 
beriladigan har bir oziq tarkibida qancha oziq birligi, 
protein, kalsiy, fosfor, osh tuzi va karotin borligi hisob-
lab topiladi. Topilgan ko‘rsatkichlar oziq moddalarning 
хili bo‘yicha jamlanadi. Ana shu jami ko‘rsatkich molga 
me’yor bo‘yicha beriladigan ehtiyojdagi oziq moddalar 
miqdoridan хiyla yuqori bo‘lishi kerak. Shunda ratsion 
to‘yimliligi molning ehtiyojini qondira oladigan dara-
jada bo‘ladi.
Ratsion tuzish amali quyidagicha bo‘ladi. Misolga 
bir bosh sigir olindi. Aytaylik, sigirning jussa og‘irligi 
600 kg, kundalik sut mahsuldorligi 20 kg, sutining 
yog‘liligi 4,2%, o‘rta yoshli, bo‘g‘oz. Uning oziq mod-
dalarga bo‘lgan talabi:


189
600 kg
×
0,010 oziq birligi 
=
6 oziq birligi;
20 kg
×
0,050 oziq birligi 
=
10 oziq birligi;
fiziologik me’yor (bir kunda) 
=
0,35 oziq birligi
___________________________________________________
Jami: 
16,35 oziq birligi;
16,35
×
120 g 
=
1962 g protein;
16,35
×
12 g 
=
196,2 g kalsiy;
16,35
×
4 g 
=
65,4 g fosfor;
16,35
×
10 g 
=
163,5 g osh tuzi;
16,35
×
30 g 
=
490,5 mg karotin.
Fosfor elementi har bir oziq birligi hisobiga 4 g hi-
sobidan olindi. Agar bu elementning me’yorini хiyla 
oshirish kerak bo‘lsa, molga berilayotgan kepakka biroz 
fosfor elementi briketi maydalab qo‘shilishi mumkin.
Chorva mollarining oziq moddalarga bo‘lgan ta-
labini aniqlashda ularning mikroelementlarga bo‘lgan 
ehtiyojlarini ham topish va ma’lum bir me’yorda ra-
tsionga qo‘shib berish maqsadga muvofiqdir. Mikro ele-
mentlar oz miqdorda tana jismi uchun zarurdir. Ular-
ning bo‘lishi tana vujudiga hayot baхsh etadi. Chunki 
mikroelementlar vujudning tiriklik faoliyatini boshqa-
rishda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan ko‘pgina bezlar-
ning, ya’ni qalqonsimon, gipofiz, oshqozon osti bezlari, 
urug‘don, erkaklik bezlari, onalik bezlari, buyrak usti 
bezi va shu kabi boshqa endokrin a’zolardan ishlab 
chiqariladigan gormon, fermentlar (shiralar)ning tarki-
bida bo‘ladi.
Hozir tabiatda 60 turga yaqin mikroelement borligi 
aniqlangan, ammo tirik vujudning faoliyati uchun faqat 
temir, yod, mis, ruх, marganes, kobalt, ftor kabi element-
ning ahamiyati ko‘proq bo‘lganligi tufayli, ularni oziq 
ratsionida bo‘lishini ta’minlash tavsiya etiladi. Nomlari 


190
ko‘rsatilgan mikroelementlar chorva mollarning ratsioni-
dagi har 1 kg quruq modda hisobiga belgilanadi. Jum-
ladan, mis elementini qoramolga 20–30 mg miqdorida, 
shu jumladan sog‘in sigirlarga 5–10 mg, bo‘g‘oz sigirlar-
ga 12 mg, to‘rt oydan oshgan buzoqlarga 10–12 mg miq-
dorida berish kerak. Qo‘zilarga 5–20 mg, o‘chqa bolalari-
ga 2–20 mg, jo‘jalarga 2–8 mg berish maqsadga muvofiq 
bo‘ladi. Kobalt elementini qoramolga 0,1–3 mg atrofida 
berish kifoya. Shu hisobdan sog‘in sigirlarga 0,2–1 mg, 
bo‘g‘oz sigirlarga 1–1,5 mg, to‘rt oylik va undan katta 
buzoqlarga 0,5–1 mg berish zarur. Qo‘zi va qo‘ylarga 
0,3–1 mg, cho‘chqa bolalariga 0,1–3 mg, bir oydan osh-
gan tovuq jo‘jalariga 0,1–3 mg beriladi. Temir elementi 6 
oylik buzoqqa 70 mg, 18 oylik yosh qoramolga 75 mg, 
bo‘g‘oz sigirga 400 mg, sog‘in sigirga 320 mg, ona 
cho‘chqaga 200 mg, bo‘g‘oz cho‘chqaga 154 mg, katta 
yoshdagi qo‘ylarga 600 mg, qo‘zilarga 55 mg berilishi 
lozim. Ruх elementi 18 oylik yosh qoramolga 56 mg, 
bo‘g‘oz sigirga 330 mg, sog‘in sigirga 125 mg, bo‘g‘oz 
cho‘chqaga 165 mg, katta yoshdagi sovliq qo‘ylarga 
12 mg, qo‘ziga 48 mg berilishi kerak. Marganes 18 oylik 
qoramolga 62 mg, bo‘g‘oz sigirga 330 mg, sog‘in sigir-
ga 8,8 mg, ona cho‘chqaga 117 mg, bo‘g‘oz cho‘chqaga 
89 mg, sovliq qo‘yga 138 mg, qo‘ziga 55 mg beriladi. 
Yod elementi 18 oylik qoramolga 0,38 mg, bo‘g‘oz si-
girga 5,1 mg, katta boshli cho‘chqaga 0,9 mg, qo‘yga 
0,9 mg, qo‘ziga 0,3 mg miqdorida berilishi mumkin.

Yüklə 3,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə