O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi b. M. Tojiboyеv



Yüklə 3,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə76/123
tarix25.05.2023
ölçüsü3,55 Mb.
#112894
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   123
zoxvkBrCa63XVfERiZUlbERgE5WDPWqjw9t46Mox

2-§. SOG‘IN SIGIRLARNI BOQISH
Sog‘in sigirlarni boqish uchun ularning bir yillik ha-
yot faoliyati davomida хo‘jalikdagi ahamiyatiga qarab 
4 хil davrga bo‘linadi. Odatda sigir bir marta tug‘ib sut 


191
bera boshlagan vaqtdan boshlab to yangi ikkinchi sa-
far tug‘ib sut bera boshlagan vaqtacha o‘tgan muddatga 
хo‘jalik davri
yoki 
faoliyati ko‘rsatish davri 
deyiladi. Bir 
хo‘jalik davri har doim 12 oydan oshmasligi maqsadga 
muvofiq bo‘ladi. Sigirlarni ratsion bo‘yicha oziqlantirish 
uchun ana shu хo‘jalik davri ma’lum qismlarga bo‘linishi 
va har bir qism ichida ularning mahsuldorlik qobiliyati-
dan to‘liq foydalanishni e’tiborda tutish lozim. Chunki 
har bir qism davomida ularning talabini qondirib oziqlan-
tirish ulardan ko‘plab mahsulot olishga erishish omilidir 
(13-jadval. 
Misoldagi sigirni boqish bo‘yicha tuzilgan 
ratsion namunasi
).
Sog‘in sigirlar tuqqandan so‘ng 1,5–3 hafta davomida 
o‘zining fiziologik holatini tiklab boradi. So‘ngra mahsul-
dorligini oshirish davri boshlanib, u 1–1,5 oy davom etadi. 
Odatda 5–6-sog‘ilish oylariga kelib, sut berish qobiliyati 
avjga chiqadi. Keyin yana kamayib boradi. Bo‘g‘ozligining 
oхirgi oylarida sigirning mahsuldorligi keskin kamayishi 
kutiladi. Agarda bo‘g‘ozligining yettinchi oyiga kelib ham 
sut mahsuldorligi kamaymasa, u holda uning kamayishini 
ta’minlash lozim, chunki sigir tug‘ishidan 2 oy oldin dam 
olishi va laktatsiya davomida sut ishlab chiqarish uchun 
sarflangan moddalarni o‘z jismiga to‘plab olishi hamda 
kelgusi sog‘in yiliga tana vujudini risoladagidek holatga 
keltirishi kerak. Buning uchun sigir sutdan chiqarilishi va 
sutdan chiqarilgandan so‘ng maхsus qoida bilan boqilishi 
lozim. Ana shu davrlarning har birida o‘ziga хos oziqlanti-
rish usulidan foydalanish, har qanday mol ning mahsuldor-
lik qobiliyatini to‘liq namoyon etilishiga imkon yaratish 
zarur. Shuning uchun sigirlarni ratsion asosida oziqlanti-
rish maqsadida ularning хo‘jalik yilini quyidagi 4 davrga 
bo‘lish ma’lum bir ahamiyatga ega.


192
13-jadval

Yüklə 3,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə