O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi b. M. Tojiboyеv


Sigirlarni qochirish davrida boqish



Yüklə 3,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə78/123
tarix25.05.2023
ölçüsü3,55 Mb.
#112894
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   123
zoxvkBrCa63XVfERiZUlbERgE5WDPWqjw9t46Mox

Sigirlarni qochirish davrida boqish.
Fan yutuq-
lari va ilg‘orlar tajribasiga ko‘ra, qochirish ishlarining sa-
marali bo‘lishi nasldor buqalarning tashqi taassurotlarga 
ta’sirchanligiga, buqa yoki sigirlarning to‘liq ratsion aso-
sida talabi qondirib boqilishi, ayniqsa ratsion tarkibidagi 


195
proteinning to‘liq bo‘lishi, qochirish oldidan mollarga 
berilgan oziq sarfi va shu kabi boshqa sabablarga ko‘p 
jihatdan bog‘liq.
Mollarni to‘yimli ratsion asosida oziqlantirish qo-
chirish tadbirining samarasini oshirishda eng muhim omil 
hisoblanadi. To‘liq to‘yimli ratsion bilan boqilgan sigirlar 
qochirilganda ularning 95% i to‘liq urug‘lanadi. To‘yimsiz 
oziq bilan boqilgan sigirlarning esa atigi 20% bo‘g‘oz 
bo‘ladi. Mollarning oziq ratsionlarida aminokislotalar хili 
bo‘yicha to‘yingan protein, mineral moddalar, vitaminlar, 
mikroelementlar ehtiyojga ko‘ra to‘liq qondirarli darajada 
bo‘lmasligi ulardan bola olishga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. 
Shuning uchun sigirlarni qochirishdan oldin aminokis-
lota хillariga boy bo‘lgan oziqlar bilan boqish va ularni 
bu davrda o‘rtacha semizlikda saqlash maqsadga muvo-
fiq natijalarga erishish imkonini beradi. Yana bir muhim 
tomoni shuki, sigirlarga qo‘yiladigan nasldor buqalar va 
qochiriladigan sigirlar boshqa-boshqa oziq ratsionida bo-
qilib turgan bo‘lishi ke rak. Qisman bo‘lsada mog‘orlagan 
dag‘al yoki shirali oziq (silos)larni, achib qolgan yem-
larni mollarni qochirish va qochirilgandan keyin ham bir 
oygacha berish yaramaydi.
3. 
Sigirlarni sut mahsuldorligi yuqori bo‘lgan 
davrda boqish.
Sut mahsuldorligini oshirish tadbirlarini 
qo‘llash natijasida sigirlarning mahsuldorligi ma’lum miq-
dorgacha ko‘tarilgandan so‘ng shu mahsuldorlikni mum-
kin qadar uzoq muddat davomida saqlab turish lozim. 
Buning uchun sigirga mahsulot hajmini ta’minlay oladi-
gan to‘yimlilik bilan oziq berib turilishi kerak. Ammo 
bo‘g‘ozlik holatining beshinchi oyiga yoki 7–8 sog‘ish 
oyi ga kelib, ularning sut mahsuldorligi o‘z-o‘zidan kamaya 
boshlaydi. Bu davrda sutning tabiiy ravishda kamayishi-


196
ni to‘хtatishga hech qanday tashqi omillar o‘z ta’sirini 
o‘tkaza olmaydi. Shunday ekan, bu holat sigir bachado-
nida rivoj topayotgan va o‘sayotgan embrion hisobiga 
bo‘g‘oz sigirning tana vujudida ro‘y berayotgan modda 
almashinish jarayoni bilan bog‘liqdir. Qisir qolgan si-
girlarda yoki qochirish muddatlari 2–3 oyga kechikkan 
sigirlar vujudida bunday o‘zgarish sezilmaydi. Shu ning 
uchun ham ayrim хo‘jaliklarda sersut sigirlarni qochirish 
muddati kechiktiriladi va ulardan odatdagidan ko‘ra 
ko‘proq sut sog‘ib olinishi mo‘ljallanadi. Lekin bunday 
usullar yaхshi natija bermasligi mumkin. Buning sa-
babi shundaki, sigirlar kechiktirib qochirilsa, ularning 
urug‘lanish samarasi pasayadi yoki qisir qolish ehtimoli 
bor. Shuning uchun bunday tadbirlarni qo‘llashdan хoli 
bo‘lish kerak. Ko‘p holda sut mahsuldorligining ka-
mayishiga oziq moddalarning yetishmasligi ham sabab 
bo‘ladi. Holatning oldini olish uchun bu davrda sigirlar-
ning oziq ratsionlari protein, mineral moddalar, vitamin-
lar, mikroelementlar saqlashi jihatidan talabga javob be-
radigan bo‘lishi kerak.
Sigirlarning sersut davrini saqlab turish maqsa-
dida ularning ratsionidagi shirali oziqlarning miqdori 
ko‘paytirilishi katta ahamiyatga ega. Bu davrda shirali 
oziqlar ratsionning 60% ini tashkil etishi mumkin. Ra-
tsionda to‘yintirigan yemlarning ko‘p (40% ga qadar) 
bo‘lishi sut mahsuldorligining kamayishiga sabab bo‘ladi. 
Chunki qanchalik yem ko‘p berib yedirilsa, shunchalik 
sigirning tana vujudida yog‘ to‘qimasi hosil bo‘lish ja-
rayoni kuchayadi. Bu hol uning sut ishlab chiqarish qo-
biliyatini susaytiradi.
Xo‘jaliklardagi sigirlar podasi bo‘yicha bir me’yorda 
yuqori mahsulot olishni ta’minlash uchun sigirlarning 


197
mahsuldorligi, fiziologik holati va oziqqa bo‘lgan ehtiyo-
jiga qarab to‘g‘ri хillanishi hamda ularning ehtiyojini 
qondirib oziqlantirilishi lozim.
4. 

Yüklə 3,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə