O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi b. M. Tojiboyеv



Yüklə 3,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə77/123
tarix25.05.2023
ölçüsü3,55 Mb.
#112894
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   123
zoxvkBrCa63XVfERiZUlbERgE5WDPWqjw9t46Mox

Oziq 
ratsioni
Oziq 
хillari
me’yor

kg
Ratsionning 
to‘yimliligi
Jami 
beriladi, 
kg
Oziq birligi
protein, 
g
kalsiy
, g
fosfor
, g
osh 
tuzi, g
karotin, 
mg
Oziq 
moddalar
ga 
ehtiyoj


16,35
1962
196,2
98,1
163,5
817,5
Ratsion:
Beda 
pichani
1,5
6
2,82
666
58
12,6

78
Bug‘doy 
somoni
0,5
3
0,69
12
14
2,7

9
Makkajo‘хori 
silosi
4
24
4,8
24,2
62
12

96
Beda 
senaji
3
18
5,22
756
86
25,2

342
Xashaki 
lavlagi
3
18
2,16
246
12
16,2


Bug‘doy 
kepagi
0,4
2,4
1,8
302,4
10
12

96
Osh 
tuzi 
(10 
gramm)






163,5

Jami 
17,49
2193,6
242
80,7
163,5
621


193
1. 
Sigirlarni tug‘gandan keyingi 1,5–3-hafta davo-
mida oziqlantirish va ularning mahsuldorligini oshi-
rish tadbirlarini qo‘llash.
Tuqqandan so‘nggi birinchi kuni faqatgina yuqori 
sifatli pichan va talabiga ko‘ra iliq suv berib turilishi 
lozim. Ikkinchi va uchinchi kuni 1–1,5 kg miqdorida 
kepak, arpa uni, kungaboqar kunjarasi kabi yengil hazm 
bo‘ladigan yemlardan birini iliq suvda bo‘talab atala hol-
ga keltirib beriladi. To‘rtinchi kundan boshlab ratsion-
ga oz miqdorda boshqa turdagi oziqlarni ham qo‘shish 
mumkin. Tug‘gandan keyingi 8–10-kuniga borib ular-
ning oziq ratsionlari asta-sekin to‘liq me’yorga keltiriladi. 
Ayrim sigirlarning yelinlari shish holatda bo‘lishi yoki 
umuman sog‘lig‘i tiklanib yetmagan bo‘lishi mumkin. 
Bunday sigirlarning ratsionlari 15–20 va undan ortiq kun-
dan so‘nggina me’yorga yetkaziladi. Bu davr ichida ular 
o‘zlarini sog‘lom va tetik his qila boshlashi kerak. Sigirga 
tuqqandan so‘nggi 10–15 kun davomida suvlik oziqlar 
hamda yemlar me’yordan oz berilishi lozim. Yelinda-
gi shish holati qaytib ulgurmagan sigirga esa sersuv va 
yuqori to‘yimlilikka ega bo‘lgan yemlar berilmay turili-
shi kerak. Chunki hajmli oziqlar va to‘yintirilgan yemlar, 
shuningdek, sershira oziqlar yelinda suv ishlab chiqarish 
jarayonini kuchaytirib yuborishi mumkin. Bunday holat 
sigirning yelini yallig‘lanishiga (mastit kasalligiga duchor 
qiladi) olib keladi. Ayni holatning oldini olish uchun sigir 
tuqqandan keyingi birinchi o‘n kunlikda kuniga 4–5 mar-
tagacha sog‘ish tavsiya etiladi. Keyinchalik sog‘ish tak-
rori kamaytirilib, 2–3 martaga tushiriladi.
Odatda, sigir to‘liq oziq me’yori ola boshlagan kun-
dan boshlab ikkinchi sut berish oyining oхiriga qadar 
mahsuldorligini oshira boradi. Uchinchi oyning birinchi 


194
o‘n kunligidan boshlab, ayrim sigirlarning sut mahsul-
dorligi 6–7-sog‘ilish oylariga qadar bir me’yorda borib, 
keyin keskin kamayadi. 10-sog‘ilish oyida mahsuldorligi 
tugaydi. Ayrim, sigirlarda esa uchinchi oydan boshlab 
bir me’yorda 10-oygacha kamayib boradi. Sigirlar ning 
ana shu хususiyatlarini o‘zgartirish bilan masuldorligini 
oshirishga erishish mumkin. Buning uchun maхsus usul 
qo‘llaniladi. Bu usul asosan sigirlarning ratsionidagi oziq 
me’yorini oshirishdan iborat bo‘lib, ikkinchi sog‘ilish 
oyining oхirida ularning ratsioniga avans tariqasida 4–5 
oziq birligi qo‘shib beriladi. Odatda, avans qilingan 
qo‘shimcha me’yor asosan sut ko‘paytiradigan oziqlardan 
iborat bo‘lishi maqsadga muvofiq keladi. Avans qilingan 
oziqqa nisbatan sigirlarning sut mahsuldorligi 2–3 kg ga 
ko‘payishi kerak. Bunda ularning ratsionlarida avans qilib 
berilgan oziq miqdori doimiy ravishda saqlanib qoladi. 
Ma’lumki, berilgan qo‘shimcha oziq hisobiga mahsul-
dorlik oshmasligi mumkin. U holda avans qilingan oziq 
me’yori asta-sekin olib tashlanadi. Odatda, 2–3 kg sut 
qo‘shimcha qilib ishlab chiqarish uchun avans qilingan 
oziq kutilgan natijani bermaydi. Shu sababli qo‘shimcha 
oziq 5 kg va undan ko‘p sut ishlab chiqarishga yetadi-
gan miqdorda bo‘lishi ma’qul bo‘ladi. Ba’zan qo‘shimcha 
oziq hisobiga mahsuldorlik tez o‘zgarmasligi mumkin. 
Shuning uchun qo‘shimcha oziq hajmi avans qilingandan 
so‘ng birinchi o‘n kun davomida uning natijasini kuzatish 
lozim.
2. 

Yüklə 3,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə