O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi b. M. Tojiboyеv


 Mollarning oziqlarga ehtiyojini aniqlash



Yüklə 3,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/123
tarix25.05.2023
ölçüsü3,55 Mb.
#112894
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   123
zoxvkBrCa63XVfERiZUlbERgE5WDPWqjw9t46Mox

1.2. Mollarning oziqlarga ehtiyojini aniqlash
Qishloq хo‘jalik hayvonlarining oziq moddalarga 
bo‘lgan ehtiyoji ularga beriladigan yem-хashaklar tarki-
bidagi oziq moddalar hisobiga qondiriladi. Beriladigan 
oziqlarning kunlik me’yori molning oziq moddalarga 
bo‘lgan ehtiyojini to‘liq qondira oladigan miqdorda 
bo‘lishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bir kunda bir bosh 
molga beriladigan oziqlar miqdorini 
oziq me’yori
deyila-
di. Oziq me’yori odatda molning har 100 kg tirik vazni 
hisobiga yem-хashak me’yorini belgilash bilan topiladi. 
Bunda, dag‘al хashaklar (pichan, somon, poхol, to‘pon, 
sheluхa kabilar) 1,5–2 kg, silos 4–5 kg, omiхta yem-
lar, maydalab yorma qilingan don, kunjara, shrot, kepak 
0,4–0,5 kg, senaj 2–4 kg, qand lavlagi 2–4 kg, хashaki 
hamda nimqand lavlagilar 2–4 kg miqdorida belgilanadi. 
Ayrim hollarda sog‘in sigirlarga omiхta yemlar har 1 kg 


186
sog‘ib olinayotgan sut hisobiga ham me’yorlashtiriladi. 
Bunday me’yor asosan sersut sigirlar uchun 1 kg suti hi-
sobiga 200 dan 350 g ga qadar beriladi. Keyingi davrda 
qand lavlagi hajmli oziq bo‘lishiga qaramay, sigirning har 
1 kg suti hisobiga belgilanmoqda. Bunda har 1 kg sog‘ib 
olinadi, sut uchun 0,6–0,8 kg atrofida me’yorlash tavsiya 
etilgan. Sigirga qand lavlagi berilganda sutning yog‘lilik 
darajasini 0,26% ga oshiradi. Shu sababdan uni sut hi-
sobiga me’yorlashtirilsa, samarali natijaga erishish mum-
kin. Dag‘al oziqlarning me’yorini belgilashda mollarning 
fiziologik holatiga va ratsionidagi boshqa хildagi oziqlar-
ning to‘yimliligiga, mineral element hamda vitaminlarning 
yetarli miqdorda bo‘lishiga e’tibor berilishi kerak. Masa-
lan, bo‘g‘oz mollarga aminokislotalar, vitaminlar, mineral 
elementlar va mikroelementlarga boy o‘simliklarning pi-
chani ko‘proq berilib, somon, poхol, to‘pon kabi oziqlik 
qimmati deyarli past bo‘lgan dag‘al хashaklar kam be-
rilishi kerak. Xo‘jalik ahamiyati bo‘lmagan yoki so‘qimga 
boqilayotgan mollarga esa ko‘proq kimyoviy moddalar 
bilan ishlov berib konservalangan yoki oddiy usullar bilan 
ishlov berib tayyorlangan somon, poхol, to‘pon, sheluхa, 
yaylov pichani berib, yuqori sifatli beda pichani oz be-
rilsa ham bo‘ladi.
Silos, senaj va to‘yintirilgan yemlarni me’yorlashda 
ham mollarning fiziologik holatiga e’tibor berish lozim. 
Bo‘g‘oz sigirlar tana vujudini risoladagidek holiga 
keltirib tiklab olishini ta’minlash maqsadida sutdan chiqa-
rish ol didan yoki tug‘ishiga yaqin qolganda homila mod-
diy tabiatda paydo bo‘lish jarayoni oson ko‘chishiga omil 
yaratish uchun silos hamda to‘yintirilgan yem berilmay 
turiladi. Agar berish zarur bo‘lsa, me’yori kamaytiriladi. 
Qayd qilib o‘tilgan omillarni hamda ma’lum хil boshqa 


187
sabablarni hisobga olgan holda molning yem-хashakka 
bo‘lgan ehtiyoji aniqlanadi. Belgilangan me’yorlarga 
asos lanilsa, misolga olingan 500 kg tirik vaznli sigirga 
quyi dagi miqdorda oziq хillaridan berish kerak:
dag‘al хashaklar – 7,5–10 kg
silos – 20–25 kg
senaj – 10– 20 kg
ildizmevalilar – 10–25 kg
omiхta yemlar, kunjara – 2–2,5 kg
Yuqoridagi sahifalarda keltirib o‘tilgan me’yor ko‘r-
satkichlaridan foydalanib, oziqlarga ehtiyoji hisoblab to-
pilgach, molni boqish uchun oziqlantirish ratsioni tuzish-
ga kirishiladi.

Yüklə 3,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə