217
masi ham samarali usullardan bo‘lib, kam va arzon
narхli oziq sarflab, yuqori quvvatli go‘sht mahsuloti
yetishtirish imkonini beradi. Yaylov sharoitida yayra-
tib boqish usuli esa boqish
usullari ichida eng yuqori
samara keltira oladi.
Mollarni boqish muddati ularga beriladigan asosiy
oziq turiga va so‘qimga boqiladigan mollarning yoshiga
bog‘liq. Masalan, katta yoshdagi mollarni jom berib bo-
qiladigan bo‘lsa, boqish muddati 60–70 kun, yosh mol-
larda 80–90 kun, barda yedirib boqiladigan bo‘lsa, katta
yoshdagi mollar 70–80 va yosh mollar 90–100 kun, si-
los bilan boqilganda katta yoshdagi mollar 80–90, yosh
mollarni boqish 100–110 kun davom etadi. Ayni
muddat
ichida katta yoshdagi mollarning tirik vazni 20%, yosh
mollarning jussa og‘irligi esa 50% ko‘payishi maqsadga
muvofiq natija hisoblanadi. Albatta ko‘rsatkichlar qat’iy
emas. Sharoit taqozosiga qarab o‘zgarish ehtimoldan хoli
emas.
Bo‘rdoqiga boqishda mollarga beriladigan oziq
me’yori ularning yoshiga qarab belgilanadi. Masalan, bit-
ta katta yoshdagi molga kuniga 70–80 kg, yosh mollarga
45–50 kg jom, katta yoshdagi molga 80–90 l, yosh molga
60–65 l barda beriladi. Bunda katta yoshdagi mollarga
5–6 kg, yosh mollarga esa 3 kg dag‘al хashak qo‘shib
borish kerak bo‘ladi. Bundan tashqari, bo‘rdoqiga bo qish
davrida jami bo‘lib yosh mollarga 100 kg, katta yosh-
dagilarga 130 kg atrofida yem berish lozim. Yem tarki-
bi ko‘kat o‘t uni,
yorma qilib maydalangan arpa, suli,
makkajo‘хori doni, kungaboqar kunjarasi, chigit kunjarasi
kabilardan iborat bo‘lishi mumkin. Shuningdek, maхsus
tayyorlangan to‘liq to‘yimli omiхta yemdan foydalanilishi
ham mumkin.
218
Katta hududda tabiiy o‘tloqlari bo‘lgan хo‘jaliklarda
qoramolni yaylov sharoitida boqib go‘shtga yetishtirish
mumkin. Bu og‘ilхonada boqishga qaraganda ancha ar-
zonga tushadi va ishchi kuchi ancha tejaladi. Chunki
bunda
yem-хashak tayyorlash, tashib keltirish, mollarga
oziqlarni tarqatib berish, molхonani tozalash va shu kabi
boshqa ishlarni bajarish uchun mehnat talab qilinmaydi.
Bu esa хo‘jalikda yetishtiriladigan go‘sht tannarхini ar-
zonlashtirib, mehnat samaradorligini oshirishga imkon
beradi.
Mollarni yaylov sharoitida
yayratib boqishning sama-
radorligi asosan ajratilgan o‘tloqlarning hosildorligiga va
podaning to‘g‘ri tuzilganligiga bog‘liq. Yaylovda bo‘sh
haydab boqish uchun ajratilgan podadagi mollar guruhi
yoshi jihatidan bir хil bo‘lishi kerak. Bunda ko‘proq
13–15 oylik mollar ajratilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Chunki yaylovda bo‘sh haydab boqilayotgan mollar kuni-
ga 13–15 soat haydab o‘tlatiladi va ikki mahal 3–5 soat
dam beriladi. Katta yoshdagi mollar uchun yaylovda uzoq
o‘tlab yurish birmuncha og‘ir bo‘lishi va shu sababli
ularning semirishiga salbiy ta’sir etishi mumkin. Bundan
tashqari, katta yoshdagi mollar yosh mollar singari jadal
o‘sish qobiliyatiga ega emas. Tajribadan ma’lumki, 4–5
oy yaylovda bo‘sh haydab boqilganda ularning tirik vazni
30–40% ortsa, yosh mollarning og‘irligi 60–70% ortadi.
Bundan tashqari, yosh mollarning go‘shti yuqori sifatli va
ta’mi lazzatli bo‘lib yetiladi.
Yaylovda boqiladigan mollarning
qay darajada semir-
ganligini yoki jussa og‘irligi o‘sganligini bilish uchun har
bir podadan 10–20 bosh molni oyiga bir marta tarozida
tortib, qancha qo‘shimcha vazn qo‘shilganligi tekshirib
ko‘riladi. Yaylov sharoitida tarozida tortishning imkoni-
219
yati bo‘lmasa, jussa og‘irligi tana qismlarini o‘lchash
yo‘li bilan aniqlanadi. Shu tariqa mollar berayotgan
qo‘shimcha vazn miqdori nazorat qilib boriladi.
Dostları ilə paylaş: