220
cho‘zilganda molga ko‘proq chiqit sifatida olingan oziq-
lar berish samarali natija beradi. Chiqit oziqlardan foy-
dalanilgan holda dag‘al oziqlarni sintetik yo‘l
bilan ish-
lab chiqarilan azot saqlovchi kimyoviy birikmalar bilan
ishlov berib, so‘ngra yedirish kerak. Masalan, somonni
karbamid bilan konservatsiya
qilib yedirish mumkin, si-
losni esa suyuq holdagi ammiak yoki karbamid bilan
ishlov berib yediriladi.
Somonni karbamid bilan konservalashda, avvalo, erit-
ma tayyorlanadi. Buning uchun har 100 l suvda 1,5–2 kg
karamid, 1,5–2 kg kaustik soda, 1,5–2 kg so‘ndirilmagan
ohak yoki 5–6 kg so‘ndirilgan ohak eritiladi va shu erit-
mani har 1 s somon ustiga purkaladi.
Shu tarzda somon
qatlam-qatlam qilib uyum yoki хandaqqa bostiriladi.
Xandaq yoki uyum to‘lgach, usti berkitib tashlanadi.
Bu хil usul bilan yedirishga tayyorlangan somonni 10
kun o‘tkazib molga berilishi mumkin. Yuqorida nomlari
keltirib o‘tilgan kimyoviy birikmalar hisobiga har 1 kg
somonda protein miqdori tabiiy me’yordagi 4,1 g dan
10,1 g ga qadar ortadi.
Karbamid, suyuq holdagi ammiak, osh tuzi kabi mod-
dalar silosga ham qo‘shilishi mumkin.
Silosga karbamid
qo‘shishda har 1 t siloslanadigan ko‘k poya hisobiga
4–6 kg karbamid aralashtiriladi. Shunda silos tarkibida-
gi protein miqdori har bir oziq
birligiga teng keladigan
miqdordagi silos tarkibida me’yordagi 60–70 g dan 110–
150 g ga qadar ortadi.
Dostları ilə paylaş: