46
Shaxsiy sug‘urtada shikastlangan shaxsga to‘lanadigan pul mablag‘lari sug‘urta
miqdori (summasi) deb ataladi.
Sug‘urta
rentasi-
Qo‘shimcha
pensiyani
sug‘urtalash
asosida
sug‘urtalanuvchiga oy yoki yil davomida to‘lanadigan muntazam daromad.
Qo‘shimcha pensiya agar sug‘urta badallarini o‘z vaqtida to‘lab borilgan bo‘lsa,
pensiya yoshiga chiqqan oydan boshlab to‘lanadi.
Sug‘urta qoplamasi-
Sug‘urta hodisasi sodir bo‘lganligi tufayli yetkazilgan
zarar miqdorini qoplash uchun ajratilgan mablag‘.
4.4. Amaliyotda qo‘llaniladigan xorijiy atamalar.
Mamlakatimizda bozor iqtisodiyoti sharoitida sug‘urta
tadbirlarini
kengaytirish, xorijiy mamlakatlar bilan sug‘urta hamkorligini mustahkamlash va
ularning tajribalaridan samarali foydalanishni taqazo qiladi.
Bu tadbirni amalga
oshirishning dastlabki shartlaridan biri- xalqaro sug‘urta atamalarini o‘rganish va
ularning mazmuni bilan yaqindan tanishishdir. Mamlakatiimizda qo‘llanilayotgan
xalqaro atamalarning soni kun sayin ortib bormoqda. Lekin ularning ko‘plari
o‘zbek tilida o‘z ekvivalentlariga ega emaslar. Shu munosabat bilan xorijiy atama
tanlashda birinchi navbatda hozirda amaliyotda qo‘llanilayotgan va qo‘llanishi
kutilgan atamaga izoh berishga harakat qilamiz.
Abandon
-Sug‘urtalovchidan to‘liq sug‘urta summasini olish maqsadida
sug‘urtalanuvchining mulkiga nisbatan voz kechish. Bu ibora ko‘p
xolatlarda
dengizda suzib yuruvchi kemalarni yo‘qolib qolishida yohud ularni qaroqchilar
tomonidan qo‘lga tushirishida ishlatiladi.
Anderrayter-
Sug‘urta kompaniyasining mas’ul
bir vakolatiga ega va
tegishli riskni o‘z zimmasiga oladigan shaxs. Sug‘urta kompaniyasini portfeli
uchun javob beradi. Sug‘urta shartlarini
va tarif stavkalarini, hamda risk
darajalarini aniqlay olish qobiliyatiga ega bo‘lishi zarur.
Dostları ilə paylaş: