|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti sug’urta nazariyasi va amaliyotikhjfthsgdffgkudxxcSug‘urta xavf-xatari
Sug‘urta hodisasi
Sug‘urta dalolatnomasi
Sug‘urta zarari
Sug‘urta rentasi
Sug‘urta qoplamasi
Sug‘urta xavf-xatari-
Xavf-xatar so‘zidan bir qancha mazmun va ma’no
kasb etadi. Bularning hammasi xavf-xatar va unga nisbatan javobgarlikni ifoda
qiladi. Shu munosabat bilan uni xavf-xatarlarning to‘plami, deb tushuntirish
maqsadga muvofiqdir. Bu tushuncha sug‘urtalangan mulk, sug‘urta hodisasi,
sug‘urta xavfi va boshqa tushunchalarni o‘zida mujassamlashtiradi.
Sug‘urta hodisasi-
Sug‘urta xavf-xatarida ko‘zda tutilgan favqulotda
tasodiflardan birortasi sodir bo‘lishi. Bunday hodisalarga mulk sug‘urtasida tabiy
ofatlar, yong‘in, falokat, portlash va boshqalar. Shaxsiy sug‘urtada ma’lum yoshga
yetish, baxtsiz hodisalarning sodir bo‘lishi, vafot hodisalari kiradi. Baxtsiz hodisasi
deganda sug‘urtalanganning sog‘ligiga va hayotiga zarar keltiruvchi favqulotda
hodisalar ko‘zda tutiladi. Sug‘urta hodisasi natijasida ko‘rilgan zarar belgilangan
miqdorda sug‘urta fondi hisobidan qoplanadi.
Sug‘urta dalolatnomasi-
Sug‘urta hodisasining sodir bo‘lganligini va uning
sabablarini tasdiqlab beruvchi rasmiy hujjat. Mulk sug‘urtasida dalolatnoma
asosida zarar miqdori va unga to‘lanadigan qoplama miqdori aniqlanadi. Hujjat
qoplama olishga asos bo‘ladi. Shaxsiy sug‘urtada dalolatnoma baxtsiz hodisani
tasdiqlash, uning sug‘urtalanuvchining bu hodisa xizmat vazifalarini bajarishda
yoki yo‘lda bo‘lganida sodir bo‘lganini aniqlashga, korxona hisobidan sug‘urta
qilinganda yoki yo‘lovchilar majburiy sug‘urtasi shartnoma yo‘li bilan qoplama
olishga asos bo‘ladi. Sug‘urtaning boshqa xillari bo‘yicha dalolatnoma talab
qilinmaydi, tibbiyot muassasasining ma’lumotnomasi kifoya qiladi.
Dostları ilə paylaş: |
|
|