47
qaror qabul qilish bilan bog‘liq, sug‘urta kompaniyasi tomonidan ko‘riladigan
chora-tadbirlar yig‘indisi.
Adendum
. Sug‘urta shartnomalariga tomonlarning
kelishuviga asosan
o‘zgartirishlar yoki qo‘shimchalar kiritish.
Yashil karta-
Xalqaro darajada tan olingan avtomobil haydovchilarning
uchinchi shaxs oldidagi mas’uliyatni majburiy sug‘urtalanganligi xaqidagi sug‘urta
polisi, «Yashil karta» tizimiga a’zo
mamlakatlar kelishuviga asosan, avtomobil
haydovchisi mazkur hududlarda qaytadan uchinchi shaxs oldidagi mas’uliyatni
sug‘urtalamasdan yurishi mumkin.
Sug‘urta brokeri-
Sug‘urtalovchi va sug‘urtalanuvchi o‘rtasida vositachini
vazifasini bajaruvchi yuridik shaxs. O‘zining statusi bo‘yicha
broker
sug‘urtalanuvchining manfaatlari himoya qiladi, uning vakili bo‘ladi
va uning
obektlarini moliyaviy jihatdan barqaror bo‘lgan kompaniyalarda sug‘urtalanishni
ta’minlaydi. Shu bilan bir qatorda, ko‘rsatilgan
xizmatlar uchun broker,
sug‘urtalanuvchidan emas, balki sug‘urtalovchidan tegishli komissiya summasini
oladi.
Pul
-Yirik va xavfli risklarni birgalikda sug‘urtalash
uchun bir nechta
sug‘urta kompaniyalarini birlashuvi. Riskni qabul qilib oluvchi kompaniya, pulga
a’zo sug‘urtalovchilar nomidan yagona polis beradi.
Shomaj-
Sug‘urta hodisalarini ro‘y berishi natijasida ishlab chiqarishning
to‘xtashi tufayli yuzaga keladigan foyda va boshqa moliyaviy yo‘qotishlarni
sug‘urtalash.
Lloyd-
O‘zining moliyaviy imkoniyatidan kelib chiqqan holda sug‘urta
risklarini o‘z zimmasiga oluvchi xususiy shaxslarning birlashmasi, shtab-kvartirasi
Londonda. Lloyd korporatsiyasi sug‘urtalash ishini sug‘urtalanuvchi va
anderrayter o‘rtasida vositachi bo‘lgan brokerlar amalga oshiradi.
Hozirgi paytda
«Lloyd» ga 30 mingdan ortiq obunachi a’zo.
Dostları ilə paylaş: