O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti sug’urta nazariyasi va amaliyoti



Yüklə 2,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/136
tarix24.12.2023
ölçüsü2,42 Mb.
#160683
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   136
khjfthsgdffgkudxxc

Risklarni saqlash 
zararlarni kompensatsiyalashga yo‘naltirilgan har qanday 
ta’sirlardan voz kechish yoki noqulay holatlar ro‘y berganda zararlarni qoplashga 
mo‘ljallangan maxsus rezerv fondlarini tashkil qilish (o‘z-o‘zini sug‘urtalash). 
Riskka ta’sir etishning oxirgi usuli o‘z-o‘zini sug‘urtalash nomini olgan. Risk 
saqlanishi holatida amalga oshiriladigan chora-tadbirlarga yana zararlarni 
kompensatsiyalash va ishlab chiqarishni tiklash uchun kredit va qarzlar olish, 
davlat dotatsiyalarini olish va b. kiradi. 
Risklarni o‘tkazish 
bo‘yicha choralarga mavjud daraja saqlangan holda u 
uchun javobgarlikni uchinchi shaxslarga o‘tkazish tushuniladi. Ularga ma’lum 
to‘lov asosida riskni sug‘urta kompaniyasiga o‘tkazishni nazarda tutuvchi 
sug‘urtalash
, shuningdek turli xildagi moliyaviy kafolatlar, kafilliklar va b. kiradi. 
Riskni o‘tkazish, shuningdek ko‘zda tutilmagan holatlar ro‘y berganda o‘z 
javobgarligini kamaytiruvchi yoki riskni kontragentga o‘tkazuvchi maxsus 
kelishuvlarni hujjatlar (shartnomalar, savdo bitimlari va b.) matniga kiritib qo‘yish 
bilan ham amalga oshirilishi mumkin. 
Aniq bir risklarga ta’sir qilishning optimal usullari tanlanganidan so‘ng 
korxonaning barcha risklari jamlanmasini boshqarish strategiyasini shakllantirish 
imkoni paydo bo‘ladi. Bu bosqich 
qaror qabul qilish 
hisoblanib, unda talab 
qilinadigan moliyaviy va mehnat resurslari aniqlanadi, menejerlar o‘rtasida 
vazifalarni aniqlash va taqsimlash amalga oshiriladi, tegishli xizmatlar bozori tahlil 
qilinadi, mutaxassislar bilan maslahatlar o‘tkaziladi. 
Risk-menejmentning yakunlovchi bosqichi olingan natijalarni hisobga olgan 
holda va yangi axborotlarning paydo bo‘lishi bilan tanlangan strategiyani amalga 
oshirish 
natijalarini nazorat va tahrir qilish 
hisoblanadi. Nazorat menejerlardan 
ko‘rilgan zararlar, uni kamaytirish bo‘yicha qo‘llangan choralar, ularning amaliy 


64 
samaralari haqida axborot olishdan iborat. Olingan natijalar tahlili va ishlovi 
muntazab o‘tkazilib turilishi lozim. 
Riskni boshqarish ko‘plab rahbarlarda, avvalo, odatiy sug‘urtalash bilan 
bog‘lanadi. Haqiqatdan ham, 

Yüklə 2,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   136




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə